1-mavzu: Pedagogika fanining mohiyati



Download 21,69 Kb.
bet3/4
Sana15.12.2020
Hajmi21,69 Kb.
#53297
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

Fanning ob’ekti - shu fan tadqiq etadigan voqe’lik qismi ya’ni, o’rganish sathi, maydoni hisoblanadi.

Shu nuqtai nazardan, pedagogika fanining ob’ekti- pedagogik jarayonda kechadigan tarbiyalash, ta’lim berish, rivojlantirish asosida shakllanadigan inson hisoblanadi.

Pedagogika o’zining ob’ektini – rivojlanayotgan, doimiy yuksalish sharoitidagi insonda anglaydi. Bu inson doimiy ravishda tabiat hamda jamiyat qonuniyatlariga bo’ysunib, ular bilan uyg’unlikda faoliyat ko’rsatadi.

Fanning predmeti- ob’ektdagi bevosita o’rganiladigan aniq soha bo’lib, u o’z xususiyatlari, sifatlari va jihatlariga ega.

Predmet – bu tadqiqotchi (sub’ekt) tomonidan mazkur ob’ektda qo’yilgan vazifani o’rganish sohasi hisoblanadi.

Pedagogika fanining predmeti- bir butun yaxlitlikdagi pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mohiyati hisoblanib, shaxsning shakllanishi va rivojlanishi ushbu jarayonda kechadi.

Lo’nda qilib aytganda pedagogikaning predmeti - inson rivojlanishini ta’minlaydigan pedagogik jarayondir.

Zamonaviy pedagogik jarayon bir qator o’zaro bog’liqlikdagi jarayonlar: o’qitish, tarbiyalash, o’z-o’zini tarbiyalash, rivojlanish, ta’lim, psixologik tayyorgarlikni o’zida qamrab oladi.

Zamonaviy talqinda pedagogikaning ob’ekti bo’lib-pedagogik jarayon ishtirokchilarining o’zaro ta’siri hisoblansa, predmeti esa- o’zaro ta’sirning maqsadi, mazmuni, yo’llari hamda pedagogik texnologiyalarda o’z aksini topadi.

Pedagogikaning predmeti yanada yaqqolroq holda pedagogik kategoriyalarda namoyon bo’ladi. Ularning eng ahamiyatlilari: pedagogik jarayon, o’qitish, tarbiyalash, o’z-o’zini tarbiyalash, pedagogik printsiplar, ta’lim va tarbiyaning shakl hamda metodlari hisoblanadi.



Pedagogika-insonning butun hayoti davomida rivojlanish vositasi va faktori sifatidagi pedagogik jarayonni tashkil etish va amalga oshirishning qonuniyatlari, printsiplari, metodlari, vositalari, shakllarini o’rganuvchi fan hisoblanadi.

Pedagogik nazariyalar poydevorida inson tabiati, uning etilishi, o’sishi, rivojlanishi haqidagi g’oyalar yotadi.

Umuman olganda, Pedagogika fani ham boshqa fanlar qatorida o’zi o’rganadigan faoliyat sohasidagi hodisalarni tasvirlash, tushuntirish, bashorat qilish funktsiyalarini amalga oshiradi. Ammo pedagogika ilmi ijtimoiy-gumanitar sohani o’rganish asnosida o’z alohida xususiyatlariga ham ega.U o’rganilayotgan sohani faqatgina obektiv namoyon qilish bilan chegaralanib qolmaydi. Undan pedagogik voqe’likka ta’sir ko’rsatish, uni o’zgartirish, takomillashtirish talab qilinadi. Shu sababli, pedagogika ilmida ikkita funktsiya birlashadi. Ya’ni ilmiy-nazariy (pedagogik voqe’likni o’z boricha qabul qilish), hamda konstruktiv-texnik(pedagogik voqe’lik aslida qanday bo’lishi kerak).


Download 21,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish