1-mavzu: pedagogika fani, uning predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari


Pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Ijtimoiy tarbiya va uning pivojlanish bosqichlari



Download 246 Kb.
bet3/23
Sana28.02.2022
Hajmi246 Kb.
#474218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
1-Ma'ruza

2.Pedagogika fanining predmeti va vazifalari. Ijtimoiy tarbiya va uning pivojlanish bosqichlari
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paidagogos («bola» va «etaklayman») tushunchasi asosida shakllangan) shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan muayyan tizimli faoliyat, shuningdek, ta’lim-tarbiya mazmuni, umumiy qonuniyatlari, shakli va metodlari haqidagi fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni tarbiyalash haqida bahs yuritadi.
Pedagogika tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirishda tarbiyaning rolini yoritib beradi,tarbiyaning maqsadi, mazmuni, metodlari, uni tashkil etishdagi shakllar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ko‘rsatadi.Shuningdek, pedagogika o‘z taraqqiyoti davomida ta’lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi,tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari, yo‘llarini yoritib beradi,tarbiyaviy ishning shakllarini ko‘rsatadi.Pedagogika tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va bolaning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini o‘rgatish bilan birga tarbiyaning tarkibiy qismlari,ular o‘rtasidagi mustahkam aloqa va bog‘lanishlarni ochib beradi.Pedagogika fani tarbiyalovchilar va tarbiyalanuvchilarning faoliyatini ham o‘rganadi.Shuningdek, u tarbiyaviy muassasalardagi xodimlarga, ota-onalarga yoshlarni tarbiya qilish, o‘qitishdagi mahoratini yanada takomillashtrish yo‘lida amaliy tavsiyalar beradi.
Pedagogikaning fan sifatida taraqiy etish jarayoniga turli pedagog olimlar tomonidan turlicha fikrlar beriladi.
Pedagogika kontekstlik ma’nosiga ega bo‘lib o‘rganuvchining turli xil faoliyatlarida o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Amerikalik pedagog olim Bernstein fikriga ko‘ra pedagogika bir insonning ongli faoliyati boshqa bir insonni o‘rganishini ta’minlaydi. Uning fikricha pedagogika shaxsning yangi jihatlarini kashf qilish, fikrlarni bog‘lash, bilim, amaliyot va shaxs fikrini ta’minlovchi vosita hisoblanadi.Shu bilan birga u o‘qituvchining tashkilotchiligi,boshqaruvchanligi, talaba fikrini tahlil qila olishi va talabaga nisbatan o‘qituvchi masuliyatini ko‘rsatuvchi hisoblanadi.1
Alexander’s fikriga ko‘ra pedagogika ham faoliyat ham tahlil turi xisoblanadi. Pedagogika o‘qituvchilarning fikrlashi, ularning e’tiqodi, munosabati, bilimi, talabalarni o‘qitish va o‘rganish jarayonida dars rejasini tushunishi, shuningdek ularni o‘qitish jarayonidagi ta’siridir va pedagogika ijtimoiy, madaniy, siyosiy jarayonlar bilan bog‘langan2.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois ta’lim nazariyasi (didaktika) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Ta’lim nazariyasi (didaktika) – shaxsni intellektual jihatdan rivojlantirish, ta’lim jarayonining mohiyati, bosqichlari, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati birligi, o‘qitishning mazmuni, shakl, metod va vositalari, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq etadi.
Ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni berishga yo‘naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida o‘zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bo‘ladi. Maxsus ta’lim – o‘zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ta’lim, shuningdek, darajasi hamda hajmiga ko‘ra boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta’lim kabi turlarga ham bo‘linadi. Kasb ta’limi (kasbiy ta’lim O‘zbekiston Respublikasida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’limning muhim bo‘lagi sanaladi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning asosiy, muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u jamiyat va oilaning barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash muammolarini o‘rganadi.
Tarbiya - barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash yo‘lida amalga oshirilayotgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ushbu tushuncha negizida odatda aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etilgan pedagogik faoliyat mohiyati, shaxsda tarbiyalangan muayyan sifatlar hamda shakllangan dunyoharash aks etadi.
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirish borasidagi ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyatini muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun o‘quv jarayonini birinchi Prezident I.A.Karimovning ushbu fikrlari bilan ko‘rsatib o‘tamiz «… o‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatadigan o‘qituvchi va domlalarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor».

Download 246 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish