1-mavzu: pеdagogika fani prеdmеti va vazifalari. Pеdagogikaning mеtodologiyasi va tadqiqot mеtodlari


Tarbiya ko‘rganlikni aniqlash (diagnostika)



Download 1,36 Mb.
bet145/220
Sana28.03.2022
Hajmi1,36 Mb.
#514323
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   220
Bog'liq
new MARUZA MASHG`ULOTLAR

Tarbiya ko‘rganlikni aniqlash (diagnostika)


O‘quvchining tarbiya ko‘rganligini aniqlash (diagnostika) — bu o‘qituvchi tomonidan shaxslararo munosabatlar tizimida amalga oshiri­ladigan o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari va sifatlarining shakllanganlik darajasini belgilovchi jarayondir. Uning natijalarini tahlil qilish asosida tarbiyalash texnologiyasi asosiy unsurlarining yo‘naltirilganligi va maz­munini aniqlashtirish yoki tuzatish amalga oshiriladi.
Ta’kidlash joizki, hozirgi vaqtda tarbiya ko‘rganlikni aniqlash (diag­nostika) muammosi pedagogik aniqlashning (diagnostika) yangi yo‘na­lishlaridan biri sifatida pedagog olimlarimiz tomonidan nazariy jihatdan ishlab chiqiladigan tadqiqot bosqichi hisoblanadi. Tarbiya ko‘rganlikni aniqlash, pedagogik ilmiy adabiyotlarda mukammal darajada o‘z aksini topmagan, bu esa uning tarbiyaviy texnologiyalarda ilmiy asoslangan holda amalga oshirilishini murakkablashtiradi. Bir vaqtning o‘zida ota-onalar kabi o‘qituvchilar va turli toifadagi tarbiyachilar ham, har doim uning natijalariga etarlicha subyektiv baho berolmaydilar. Buning natijasida aynan bir xil xarakterdagi o‘quvchilarning tarbiya ko‘rganlik darajasi har xil o‘qituvchilar va tarbiyachilar tomonidan turlicha baholan­moqda. Hozirgi vaqtda ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy holatlarga tayan­masdan turib, ushbu kamchilikni hal etib bo‘lmaydi.
Eng avvalo, “tarbiya ko‘rganlik” tushunchasining mohiyatini anglab yetish zarur. Afsuski, hech bir lug‘atda ushbu daraja bevosita muammo sifatida qo‘yilib ilmiy ta’rif berilmagan. Shu bilan bir vaqtda bir qator pedagogik tadqiqotlarda, shaxsni o‘rab turgan ijtimoiy, biologik va geografik muhit, kishilar bilan o‘zaro munosabatida namoyon bo‘ladigan eng olijanob shaxsiy xususiyatlar tarbiya ko‘rganlikni belgilab berishi ta’kidlanadi. Tarbiya ko‘rganlikni aniqlash asosida shaxslararo munosa­batlar tizimida amalga oshiriladigan o‘quvchining shaxsiy xususiyatlari va sifatlarining shakllanganlik (rivojlanganlik) darajasini ham o‘rga­nishga imkoniyat yaratiladi.
Tarbiya ko‘rganlik darajasini aniqlash jarayonining asosiy xusu­siyatlari pedagogika va psixologiyada, shuningdek, boshqa fanlarda ish­lab chiqiladigan maxsus metodlar tizimini qo‘llash natijasida belgilanadi. Ya.S.Turbovskiy, N.V.Kuzmina, I.P.Rachenko, V.P.Simonov, A.V.Xris­teva kabi pedagog olimlar ularni uch guruhga birlashtiradilar: ommaviy, an’anaviy va diagnostik metodlar.

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish