1-MAVZU. PEDAGOGIK TADQIQOTLARNING MAZMUNI VA MOHIYaTI
Reja:
Ijtimoiy-gumanitar izlanish sifatida pedagogik tadqiqotlarning o’ziga xosliklari.
Pedagogika fani metodologiyasi bilim va faoliyat tizimi sifatida.
Pedagogik tadqiqotlarning metodologik ta’minoti va pedagogik refleksiyaga doir manbalari.
Tayanch iboralar va atamalar: fan, texnika, texnologiya, ilm-fan, axborotlashtirilgan asr, ta’lim, tarbiya, aqliy faoliyat, ilmiy tadqiqot, muammo, maqsad, vazifa, bo’lajak mutaxassislar, zamonaviy axborot tizimlari, ratsional usullar, interaktiv, avtomatlashtirish, kompьyuterda modellashtirish, dissertatsiya, optimal yechimlar.
Kishilik jamiyati taraqqiyoti bosqichlariga bir nazar tashlaylik. Dastlab olovning paydo bo’lishi, toshlardan ish qurollarining yasalishi, metallarning paydo qilinishi orqali metallarga ishlov berish texnologiyasining yaratilishi, yozuvning paydo bo’lishi orqali kitobning vujudga kelishini, bu orqali esa ma’lumotlarni axborotlarga aylantirish muammosining hal bo’lishi, shuningdek, elektrning bir turdan ikkinchi turga aylanish muammosining ilmiy asoslanishi, “Uchar gilam” (aviatsiya) va “Oynai jahon” (televidenie) larning kishilarning turmush zaruriyati uchun foydalanishga keng yo’l ochilishi, nisbiylik nazariyasining yaratilishi va h.k. Umuman olganda “XXI asr – intellektual asr” ya’ni “Aql – zakovat asri” yoki “Axborotlashgan jamiyat sari asri” ning yuzaga kelishlarining barchasi, kishilik jamiyati taraqqiyotiga mos, unda yashovchi ilg’or ijodkor insonlar aqliy – ijodiy faoliyati natijasi tufayli yuzaga chiqqanligi guvohi bo’lamiz.
Bugungi kunda jamiyatimizda har bir odam, alohida olinganda fan va texnika yutuqlarining tobora rivojlanib borayotgani ta’siri ostida yashamoqda. Bu yana shunisi bilan ham xarakterliki, unda texnika va texnologiyalar kun sayin, soat sayin takomillashib, rivojlanib bormoqda va natijada shunga mos yetuk mutaxassislar tayyorlash zarurati ham tug’ilmoqda.
Bunda ilm-fan, umuman olganda ijodiyot, ilmiy tadqiqot ishlarining tadqiqiy va texnikaviy yechimlaridan boshlab, olingan natijalarni amaliyotda (ishlab chiqarishda, ta’limda, tarbiyada, san’atda va h.k.) qo’llashgacha bo’lgan barcha bosqichlarni samarali amalga oshirishga erishsa, o’z vazifasini muvafaqqiyatli bajargan bo’ladi.
Axborotlashtirilgan asrda axborotlar oqimi muntazam ravishda ortib boradi va tabiiy ularga mos muammo hamda ularning yechimlari ham tez o’zgarib boradi. Demak, ushbu jamiyatga mos va unda faol qatnashuvchi bo’laman degan, xodim (a’zo, shaxs) ya’ni mutaxassis ham ilmiy axborotlarni izlash, to’plash va undan foydalanish uchun olingan axborotlarni tizimlarga ajratish, muammoga xos fikr va texnikaviy (texnologik) yechimlarning optimal variantlarini tanlash usullarini bilishlari zarur.
Ma’lumki, bunday aqliy faoliyat bevosita ijod bilan bog’liq bo’lib, u insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyatidir. O’z navbatida tadqiqot va ijodiy mulohazalar ham zamonaviy mutaxassisdan ilm-fan yutuqlaridan ijodiy foydalanish orqali istiqbolli yangi vazifalarni mustaqil qo’yish, uni optimal yechimini tanlay bilish va o’zining amaliy faoliyatida turli ko’rinishlardagi tadqiqotlar va tajriba – sinov ishlarini o’tkazishini talab qiladi. Ana shunday zamonaviy mutaxassislar tayyorlash davr talabi ekanligini e’tiborga olib “Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi” fanini o’rganishga quyidagi maqsadni qo’ydik:
Maqsad: Oliy o’quv yurtlarida magistraturani bitirib chiqayotgan mutaxassisni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o’quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalana oladigan qilib hamda o’zidagi pedagogik faoliyat mahoratini va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish ustidagi faoliyatni ilmiy tashkil qilaoladigan qilib shuningdek, ularni mustaqil ilmiy – tadqiqot, ilmiy – pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyatiga tayyorlash.
Bunday muhim muammoni (maqsadni) – amalga oshirish uchun mazkur fanni o’qitish davomida quyidagi vazifalar yechimlari izlanadi:
bo’lajak mutaxassislarni ilm-fanning mohiyati, uni tashkil qilish va ularning jamiyatdagi o’rni bilan tanishtirish;
bo’lajak mutaxassislarga ilmiy xodim va ilmiy tadqiqot hamda ularning mazmun – mohiyati haqida tushuncha berish;
ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, o’tkazish va ularning tajriba – sinov ishlari hamda ularning tahlili haqida tushuncha berish;
bo’lajak mutaxassislarni tanlangan mutaxassisligi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarnini bajarishga, shuningdek, fan – texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlarini amaliyotda joriy etishga yo’naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega qilish;
bo’lajak mutaxassislarning kasb vazifalarini avtomatlashtirish va kompьyuterda modellashtirish metodlarini, optimal yechimlar topishning ratsional usullarini topishni o’rgatish;
ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanadigan innovatsion ta’lim texnologiyalar va interaktiv ta’lim usullaridan foydalanishni o’rgatish;
dissertatsiya tayyorlash va uni rasmiylashtirish hamda himoya qilish haqidagi ma’lumotlarni yetkazish.
“Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi” fanining maqsadi: Oliy o’quv yurtlarida magistraturani bitirib chiqayotgan mutaxassisni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o’quv – tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalana oladigan qilib hamda o’zidagi pedagogik faoliyat mahoratini va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish ustidagi faoliyatini ilmiy tashkil qila oladigan, shuningdek, ularni mustaqil ilmiy – tadqiqot, ilmiy – pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyatiga tayyorlash;
“Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi” fanining vazifalari: bo’lajak mutaxassislarni ilm-fanning mohiyati, uni tashkil etish asoslari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati bilan qurollantirish asosida ularga ilmiy xodim, ilmiy tadqiqot va ular faoliyati mazmun – mohiyati haqida tushuncha berish; Ilmiy tadqiqot ishlari (ITI)ni rivojlantirish, tashkil etish, uyushtirish va ularning tajriba-sinov ishlari hamda ularning tahlili haqida tushuncha berish; bo’lajak mutaxassislarni tanlangan mutaxassisligi bo’yicha ITI ni bajarishga, shuningdek, ilm-fan va texnika-texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini amaliyotda joriy etishga yo’naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega qilish; bo’lajak mutaxassislarning kasb vazifalarini avtomatlashtirish va kompьyuterda modellashtirish metodlarini, optimal yechimlar topishning ratsional usullarini topishni o’rgatish; ITI olib borishda zamonaviy axborot tizimlaridan foydalaniladigan innovatsion ta’lim texnologiyalari va interaktiv ta’lim usullaridan foydalanishga o’rgatish; dissertatsiya tayyorlash va uni rasmiylashtirish hamda himoya qilish haqidagi ma’lumotlarni yetkazish.
«Ijod – insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati» [3].
«Ijod (arabcha) – kishining yaratuvchilik mahorati: badiiy, ilmiy asar yoki moddiy boylik yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik, ijodiyot» [1].
Demak, ijod – aqliy faoliyat bo’lib, u insonni fikri, bilimi, g’oyasi, qarashlari, ya’ni tafakkurini ishga solib yaratuvchilik faoliyatini shakllantiradi. Bunda insonning tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqat–e’tibori, irodasi muhim rol o’ynaydi va bu jarayonda insonni bilimliligi, tajribaliligi, iste’dodliligi va xullas ijodkorligi namoyon bo’ladi.
Ijod dastavval inson tasavvurida fikr shaklida yuzaga keladi, keyin ular rivojlanib, takomillashib g’oya, qarash ko’rinishiga o’tadi va ularga taalluqli masalalar yuzasidan izlanishlar boshlanadi.
Izlanishlar olib borishda o’rganilayotgan tadqiqot ishigacha bo’lgan ishlanmalar (predmet, buyum, qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya, algoritm, modelь va h.k.) tahliliy ko’rib chiqiladi, ya’ni tahlil va sintez, umumlashtirish va xulosalash, tajribada sinab ko’rish, kuzatishlar o’tkazish, mantiqiy xulosalar chiqarish, ichki farazlarni ifodalab olish kabi ishlarni amalga oshiradi. Natijada izlanish davomida noto’g’ri bo’lib qolgan ishlanmalar muammo maqsadiga mos qilib to’g’rilanadi yoki yangisi ishlab chiqiladi.
Ma’lumki, izlanish, ijodiy faoliyat yuritish natijasida biror yangilikka erishish demakdir. Natijalar ijod xususiyatiga qarab turli shakllarda bo’lishi mumkin, ya’ni referat, tezis, maqola, kitob, avtoreferat, dissertatsiya, monografiya yoki shakllangan fikr, g’oya, qarashlar (kontseptsiya), ta’limot yoki qurilma, mexanizm, mashina, ixtiro, patent, kashfiyot yoki modelь, algoritm, tamoyil, mezon va h.k.
Demak, ijod, ilm -fan, texnika – texnologiya, madaniyat va shu kabilarni rivojlantirib, ularning hozirgi holatini yangi sifat bosqichiga ko’taradi.
«Ijodni shartli ravishda 2ga: ilmiy ijod va badiiy ijodga bo’lish mumkin. Olimlar faoliyati ilmiy ijodga, san’atkorlar, yozuvchilar faoliyati badiiy ijodga qaratilgan. Ba’zi kishilarda har ikki ijod rivojlangan bo’lishi mumkin. Ilmiy ijodda tabiat va jamiyat hayotining ob’ektiv qonuniyatlari aks etsa, badiiy ijodda ma’naviy hayot muammolariga san’atkorning sub’ektiv, o’ziga xos qarashlari, his-tuyg’ulari aks etadi» [4].
Yuqoridagi ijod tushunchasiga berilgan ikkala ta’rifda ham yaratuvchilik faoliyati, ya’ni yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratilishining qayd etilishi, ushbu faoliyatning (jarayonning) muammo yechimlarini izlashlik xususiyati bilan chambarchas bog’liqligini ko’rsatadi. Demak, ijodning o’zi ham qator muammolar yechimini izlovchi bosh muammolardan hisoblanar ekan.
Kishi ijod qilishi uchun, unda quyidagi ko’rsatkichlar (omillar) shakllangan bo’lishi kerak: aql, ong, fikr, ilm, bilim, xotira, tasavvur, diqqat, eksperiment, tajriba, dunyoqarash, tasavvur, iroda, idrok, iste’dod va h.k.
Endi ularning qisqacha mazmunini qayd etib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |