3-vaziyat. Biz ko‘pincha onalarning o‘z bolalari bilan muloqotda ularning imkoniyatlarini turlicha baholashlarining guvohi bo‘lamiz. Ba’zi onalar: “Sen men qilolmagan ishlarni bajara olasan! Sen to‘g‘ri aytayapsan, barakalla!” kabi jumlalardan foydalanadilar. Boshqa onalar esa: “Sen hali yoshsan, kattalar aytganlariga quloq sol! Sen nimani ham bilar eding, o‘rganib olgandan keyin tushunasan!” kabi jumlalardan foydalanadilar.
Muammo: Turli onalarning o‘z bolalari bilan muloqotidagi tubdan farqi nimada?
Do'stlaringiz bilan baham: |