Abul-Qosim Mahmud Ibn Umar Az-Zamaxshariy (1075-1144) jahon ilm-
fani va madaniyatiga salmoqli hissa qo‗shgan mashhur olim va adibdir. U o‗z
asarlarida halollik va pokizalikni, ilmga muxabbatni, mardlik va olijanoblikni
ulug‗laydi. Ulug‗ mutafakkir ―Navobig‗ ul-kalim‖ (―Nozik iboralar‖) asarida
kishilar ilmli bo‗lish, o‗qitish, yozish bilan hosilu mukammal bo‗ladi, olim kishi
oqil, bilimdon va chiroyli xushxat yozuvga ega bo‗lsa, bu uning kamolotga
etganligidan dalolatdir, deydi. Asarda mudarrislar to‗g‗risida noyob fikrlar
bildirilgan: “Murabbiy o„qib tursagina murabbiy bo„la oladi, agar o„qishni
to„xtatib qo„yar ekan, unda murabbiylik o„ladi”
6
.
Do'stlaringiz bilan baham: |