1-mavzu. “O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari


O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoevning  ma’naviy  etuk



Download 394,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana02.01.2022
Hajmi394,75 Kb.
#307290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11111-1

4.O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoevning  ma’naviy  etuk 

shaxsni  tarbiyalashda  tarixiy  xotiraning  o’rni  va  saboqlari  to’g’risidagi 

fikrlari. 

Mustaqillik  yillarida  O’zbekiston  tarixini  xolisona  tatqiq  etishga,  buyuk 

ajdodlarimiz  qoldirgan  boy  merosni  asrab-avaylash  va  o’rganishga  alohida  e’tibor 

qaratildi.  Ziyoratgohlar  va  tarixiy  obidalarni  qaytadan  tiklash,  u  joylarda 

obodonlashtirish  va  rekonstruktsiya  ishlari  amalga  oshirilmoqda.  Bu  sohada  olib 

borilayotgan ishlarga so’ngi yillarda ham katta e’tibor qaratilmoqda. 

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 30 

iyunda “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O’zbekistonning eng 

yangi  tarixi  bo’yicha  Jamoatchilik  kengashi  faoliyatini  tashkil  etish  to’g’risida”gi 

Qarori  qabul  qilindi.  Qarorga  asosan  O’zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi 

huzurida  O’zbekistonning  eng  yangi  tarixi  bo’yicha  Jamoatchilik  kengashi  tuzildi. 

Jamoatchilik kengashi quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilandi: 

O’zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik, fanlararo 

yondashuvlarga,  tarixiylik  va  xolislik  tamoyillariga  asoslangan  holda  tizimli 

o’rganishni  tashkil  etish,  O’zbekistonning  eng  yangi  tarixi  bo’yicha  dolzarb 

muammolarni  ishlab  chiqish,  shuningdek,  buyuk  tarixiy-madaniy  merosga  ega 

bo’lgan  va  jahon  tsivilizatsiyasining  rivojiga  ulkan  hissa  qo’shgan  o’zbek  xalqining 

tarixiy  o’tmishi  va  bugungi  kuniga  baho  berishda  bir  yoqlama  yondashuvlarga, 

aqidaparastlikka yo’l qo’ymaslik ishlarini muvofiqlashtirish; 

demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning «o’zbek 

modeli»  mohiyati  va  mazmunini,  jamiyatda  barqarorlikni,  millatlararo  totuvlik  va 

diniy  bag’rikenglikni  saqlash  bo’yicha  keng  ko’lamli  ishlarni,  hozirgi  dunyoda 

O’zbekistonning roli va o’rnini chuqur o’rganish va yaqqol ochib berish; 

ilmiy,  o’quv,  o’quv-metodik  adabiyotlarning  yangi  avlodini  tayyorlash  va 

chop  etish  ishlarini  muvofiqlashtirish,  ularda  O’zbekistonning  eng  yangi  tarixini 

umumjahon  va  mintaqaviy  jarayonlar  bilan,  shuningdek,  hozirgi  O’zbekiston 

hududida shakllangan xalqlar va davlatlar tsivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi 

bilan  uzviy  bog’liq  holda  ko’rib  chiqishni  ta’minlash;  O’zbekistonning  eng  yangi 

tarixi  bo’yicha  ilmiy,  o’quv  va  o’quv-metodik  adabiyotlar,  o’quv  dasturlari 

monitoringini  olib  borish,  ushbu  sohada  ilmiy-tadqiqot,  o’quv-metodik  ishlarning 

sifatini yaxshilash bo’yicha takliflarni ishlab chiqish va joriy etish; 

fuqarolarda  tarixiy  xotira,  milliy  o’zlikni  anglash,  yuksak  ma’naviyat, 

xalqning  tarixiy  an’analari,  madaniy  merosiga  hurmat,  mamlakatimiz  mustaqillikka 

erishganligining  buyuk  tarixiy  ahamiyatini  anglash  kabi  fazilatlarni  shakllantirishga 




yo’naltirilgan  ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  samaradorligini,  shu  jumladan,  ommaviy 

axborot vositalari orqali oshirib borishga ko’maklashish; 

O’zbekiston  tarixi  bo’yicha  zamonaviy  chet  el  ilmiy  va  o’quv  adabiyotlarini 

o’rganishga  yo’naltirilgan  tizimli  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish,  hozirgi 

O’zbekistonning  tarixiy  o’tmishi,  sotsial-iqtisodiy  va  ijtimoiy-siyosiy  rivojlanishi, 

mamlakatda  olib  borilayotgan  demokratik  islohotlar  to’g’risidagi  xolis  axborotni 

keng xalqaro jamoatchilikka etkazish. 

Belgilangan  vazifalarni  ijorisini  ta’minlash  maqsadida  keyingi  yillarida 

olimlar  tomonidan  “Buyuk  va  muqaddas,  mustaqil  diyor”,  “O’zbekistonning  eng 

yangi  tarixi:  nazariy-metodologik  asoslari,  o’rganish  tajribasi,  manba  va  uslublar”, 

“O’zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida”, “O’zbekistonning eng 

yangi  tarixidan  lavhalar”,  “Farg’ona  vodiysi  shaharlarida  iqtisodiy  transformatsiya 

jarayonlari  (1991-1996  yillar)”  kabi  qator  to’plam  va  monografiyalarning  nashr 

etilishi O’zbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga oshirilgan qator ilmiy-tadqiqot 

loyihalar natijasi, deyish mumkin. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.  Mirziyoev  tomonida  xalq 

manfaatlarini  o’ylab  olib  borilayotgan  siyosatida  tarix  faniga  alohida  e’tibor 

qaratilmoqda.  “Hamma  o’z  tarixini  ulug’laydi.  Lekin  bizning  mamlakatimizdagidek 

boy  tarix,  bobolarimizdek  buyuk  allomalar  hech  qaerda  yo’q.  Bu  merosni  chuqur 

o’rganishimiz,  xalqimizga,  dunyoga  etkaza  bilishimiz  kerak.  Bu  markazga  kelgan 

odam  tariximiz  haqida  to’la  tasavvurga  ega  bo’lishi,  katta  ma’naviyat  olib  ketishi 

zarur,  -  deb  ta’kidlaydi  davlat  rahbari  Shavkat  Mirziyoev  O’zbekiston  Islom 

tsivilizatsiyasi markazi qurilish ishlari bilan tanishish chog’ida. 

“Axsikent  tarixini  ilmiy  asoslangan  holda  chuqur  o’rganish,  ajdodlarimizning 

asl  o’tmishi  haqida  ma’lumotlarni  to’plash  va  yosh  avlodga  singdirish  bo’yicha 

tizimli  ishlarni olib borish kerak. Axsikent – buyuk tariximiz ko’zgusi. Bobolarimiz 

yashagan,  qahramonlik  ko’rsatgan  bu  manzilda  tariximizni  tiklash  uchun  juda  katta 

manba, o’tmish dalillari bor. Biz shu paytgacha faqat mashhur shaharlarimiz tarixini 

o’rgandik,  bunday  joylarga  e’tibor  qilmadik.  Ma’naviyatimizni  yuksaltirmoqchi 

bo’lsak,  yoshlarimizni  ota-bobolarimizning  asl  merosidan  bahramand  etib 

ulg’aytirishimiz,  xalqimizga  etkazishimiz  kerak”  –  deb  ta’kidladi

 

O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoev  2019  yil  28  fevral   kuni  Namangan 

viloyatining  Axsikent  tumaniga  tashrif  chog’ida.  Davlat  rahbari   Axsikent  –  ochiq 

osmon ostidagi muzeyning tashkil qilinishi haqida ko’rsatmalar berdi. 

Shu  o’rinda  Axsikent  yodgorligi  tarixiga  bir  nazar  tashlash  o’rinli  deb 

o’ylaymiz. O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoevning  tashabbusi 

bilan   Namangan  viloyatining  Axsikent  tumanida  joylashgan  Axsikent  yodgorligi 

xududida 2018 yilning ikkinchi yarmidan “Ochiq osmon ostida muzey” tashkil qilish 

ishlari boshlab yuborilgan bo’lib, 2019 yil fevral oyining oxirlarida jahon standartlari 




darajasidagi muzey tashkil etildi. Bu shahriston ichida joylashgan 8 ta ob’ekt bo’lib, 

ular  turar joy, ishlab chiqarish, er osti suvi yo’llari, vodoprovod va 1,5 ming  yillik 

madaniy  qatlamlarni  o’z  ichiga  olgan  majmuadan  iboratdir.  Axsikent  –  Farg’ona 

vodiysidagi  eng  katta  arxeologik  yodgorlik  hisoblanadi.  Ushbu  qadimiy  shahar 

miloddan  avvalgi  III-II  asrlarda  barpo  etilgan  bo’lib,  5,5  metrli  mudofaa  devorlar 

bilan o’ralgan va maydoni 50 gektardan ziyodroq joyni egallagan 1621 yilgi zilzilada 

vayronaga  aylangan.  Xitoy  tarixshunoslarining  manbalarida  Farg’ona  shahri  nomini 

xitoychaga tarjima qilib “Yuan”,  vodiy nomini  esa “Da Yuan” (Katta Farg’ona) deb, 

tilga olinadi. Shahar topografik nuqtai nazardan 3 qismdan iborat bo’lgan: ark, ichki 

va  tashqi  shahar.  Miloddan  avvalgi  128-127  yillarda  iqtidorli  xitoy  diplomati  Chjan 

Tsyan  Farg’ona  davlatida  bo’lib,  yurtni  podsho,  2  ta  maslahatchisi  va  oqsoqollar 

kengashi (parlament) yordamida boshqaradi – deb yozadi. Uning Xitoy imperatoriga 

yo’llagan  maktubida  Farg’onaning  uzumi,  undan  tayyorlangan  ajoyib  ichimligi  va 

samoviy  tulporlari  xaqida  batafsil  ma’lumot  berilgan.  Ushbu  shahar  qadimgi 

Farg’ona  davlatining  poytaxti,  siyosiy,  madaniy,  iqtisodiy  markazi  hamda  Buyuk 

ipak yo’lining asosiy kentlaridan biri bo’lgan. Er osti suv inshootining mavjudligi va 

shahar 

mudofaa 


uchun 

qulay 


geografik 

hududda 


joylashgani 

Axsikent 

shaharsozligidagi  o’ziga  xos  jihatlar  hisoblanadi.  Bu  erda  o’z  davrida  shishasozlik, 

kulolchilik,  temirchilik,  qurolsozlik  kabi  hunarmandlik  turlari  rivojlangan.  Qo’rg’on 

VII-X  va  XV  asrning  ikkinchi  yarmida  Farg’ona  davlatining  poytaxti  vazifasini 

o’tagan.  Shahar  Ark,  ichki  va  tashqi  shahardan  iborat  bo’lgan.  Arxeologlar 

tomonidan  temirchilar  ustaxonasi,  X-XIII  asrlarga  oid  hammom  qoldiqlari,  askarlar 

xonalari,  jome’  masjidi,  mudofaa  devorlari,  er  osti  irrigatsiya  tarmoqlari, 

hunarmandlar mahallasi, hukmdor qarorgohi – Ark qazib o’rganilgan. Prezidentimiz 

topshirig’i asosida 2017 yil oktyabrdan Axsikent tarixiy  yodgorligini asrab-avaylash 

va  tadqiq  etish,  uning  haqqoniy  tarixini  yaratish  bo’yicha  ishlar  boshlandi. 

“Axsikent” arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish direktsiyasi” 

davlat  unitar  korxonasi  tashkil  etildi.  Qisqa  vaqt  mobaynida  Axsikentni  turizm 

manziliga  aylantirish  borasida  qator  ishlar  amalga  oshirildi.  Mazkur  yodgorlik 

Namangan  viloyatining  sayyohlik  salohiyatini  oshirishda  muhim  ahamiyatga  ega. 

Shu  bois  uni  asrab-avaylash,  sayyohlarni  jalb  etishda  undan  samarali  foydalanishga 

alohida  e’tibor  qaratilmoqda.  Yurtimiz  va  xorijdagi  sayyohlik  ko’rgazmalarida 

Axsikent shahri haqida ham taqdimotlar o’tkazilmoqda. Buning samarasida mahalliy 

va  xorijiy  sayyohlar  o’rtasida  tarixiy  yodgorlikka  qiziqish  ortib  bormoqda.  Hozirga 

qadar  Belgiya,  Avstriya,  Yaponiya,  Janubiy  Koreya,  Rossiya,  Eron,  Pokiston, 

Hindiston kabi davlatlardan sayyohlar tashrif buyurdi. Qadamjoni tadqiq etish, uning 

jozibadorligini  va sayyohlar  oqimini  oshirish  maqsadida  maxsus  kontseptsiya  ishlab 

chiqilgan.  Axsikentning  qadimiy  dovrug’ini  tiklash  maqsadida  ramziy  darvoza 

o’rnatiladi.  Bobur  va  Umarshayx  Mirzoning  Kamoliddin  Behzod  tomonidan 




ishlangan asl suratlari nusxalari asosida ularning haykali bunyod etiladi. Shuningdek, 

bu  erda  muzey  ishga  tushiriladi.  Sayyohlar  uchun  Sirdaryo  bo’ylab  qayiqlarda  sayr 

qilish  imkoniyati  yaratiladi.  Shuningdek,  tuyada  ko’hna  shaharni  tomosha  qilish 

yo’lga  qo’yiladi.  Qisqacha  aytganda,  Axsikent  sayyohlik  manziliga  aylanishi  uchun 

barcha sharoitlar, zarur infratuzilma yaratiladi, savdo va xizmat ko’rsatish ob’ektlari 

quriladi. Shavkat Mirziyoev majmuada qadimiy tariximizni tarannum etuvchi festival 

o’tkazish,  Namangan  davlat  universitetida  arxeologiya  ta’lim  yo’nalishlarini  ochish 

bo’yicha  tavsiyalar  berdi.  Tarixni  tarixiy  ob’ektlarda  o’qitish,  maktab  va 

universitetdagi  amaliy  mashg’ulotlar  va  darslarnig  ayrimlarini  shu  erda  o’tish 

zarurligini ta’kidladi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoev  2019  yil  19  mart 

kungi  videoselektorda,  yoshlar  kelajagida  muhim  ahamiyat  kasb  etuvchi  beshta 

tashabbusni  ilgari  surib,    yoshlar  o’rtasida  kitobxonlikni  targ’ib  qilish  masalasiga 

alohida e’tibor qaratdi. Xususan, buyuk mutafakkirlarimizning badiiy, adabiy, tarixiy, 

diniy  va ilmiy  merosini o’rganish, ularning  jahon  tamadduni taraqqiyotiga  qo’shgan 

beqiyos  hissasini  targ’ib  etish  yoshlarning  dunyoqarashining  o’sishiga,  ilm-fanga 

qiziqishini  oshishiga  xizmat  qiladigan  muhim  vazifalardan  biridir.  Innovatsion 

taraqqiyot  yo’lini  tanlagan  davlatimizda  amalga  oshirilayotgan  izchil  islohotlar 

davrida  hali  o’rganilmagan,  uzoq  vaqtlar  davomida  aholi  qo’lida  saqlangan 

qo’lyozmalarni tadqiq etish alohida ahamiyatga ega. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  24  maydagi  PQ-2995-son 

qaroriga  asosan  Innovatsion  rivojlanish  vazirligi  aholida  saqlanayotgan  noyob 

qo’lyozma,  toshbosma  kitoblar  va  tarixiy  hujjatlarni  Innovatsion  rivojlanish  va 

novatorlik  g’oyalarini  qo’llab-quvvatlash  jamg’armasi  mablag’lari  hisobidan  xarid 

qilib,  Abu  Rayhon  Beruniy  nomidagi  Sharqshunoslik  instituti  fondiga  taqdim 

etmoqda. 

–  Jamg’arma  tomonidan  2018  yilda  117  turdagi  158,1  mln.  so’mlik  noyob 

hujjatlar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Fondiga o’tkazildi. 

Joriy 2019 yilda esa 161 turdagi jami 417,6 mln. so’mlik noyob qo’lyozma va tarixiy 

manbalar xarid qilindi hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 

Fondiga taqdim etildi. 

Xarid  qilingan  manbalarning  turi,  fan  sohasiga  ko’ra  tarix,  adabiyot,  tabobat, 

islom  qonunshunosligi,  aqida,  tafsir  va  boshqa  turli  mavzularga  tegishli  bo’lgan 

kitoblar, shuningdek xonlarning buyruqlari, qozilarning yuridik hujjatlarining original 

nusxalar ham mavjud. 

Tarixni bilish va uni o’rganish, ota-bobolarimizdan qolgan boy merosni asrab-

avaylash,  yoshlarda  milliy  g’ururni,  vatanparvarlik  tuyg’ularini  shakllantirishga 

bo’lgan e’tibor Prezident Sh.Mirziyoevning 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim 

ustuvor  vazifalar  haqidagi  Oliy  Majlisga  Murojaatnomasida  ham  o’z  aksini  topgan. 



“Oldimizga  qo’ygan  ulkan  vazifalarni  amalga  oshirishda  biz  uchun  kuch-qudrat 

manbai  bo’ladigan  milliy  g’oyani  rivojlantirishimiz  zarur.  Xususan,  milliy 

o’zligimizni  anglash,  Vatanimizning  qadimiy  va  boy  tarixini  o’rganish,  bu  borada 

ilmiy-tadqiqot  ishlarini  kuchaytirish,  gumanitar  soha  olimlari  faoliyatini  har 

tomonlama  qo’llab-quvvatlashimiz  lozim.  O’tmishga  berilgan baho albatta  xolisona, 

eng  muhimi,  turli  mafkuraviy  qarashlardan  xoli  bo’lishi  zarur.  Afsuski,  yurtimiz 

tarixini  o’rganishda  o’tgan  davrda  arxeologik  tadqiqotlar  etarli  darajada  olib 

borilmadi.  Shuning  uchun  Fanlar  akademiyasining  Arxeologiya  va  San’atshunoslik 

institutlari  faoliyatini,  oliy  o’quv  yurtlari  va  muzeylardagi  arxeologik  izlanishlarni 

chet  ellik  hamkorlar  bilan  birga  tashkil  etish  zarur.  Buyuk  alloma  va  adiblarimiz, 

aziz-avliyolarimizning  bebaho  merosi,  engilmas  sarkarda  va  arboblarimizning 

jasoratini  yoshlar  ongiga  singdirish,  ularda  milliy  g’urur  va  iftixor  tuyg’ularini 

kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak. 

 Shu  maqsadda,  O’zbekiston  Milliy  teleradio  kompaniyasi  tarkibida 

“O’zbekiston  tarixi”  kanalini  tashkil  etib,  ilmiy  jamoatchilik,  ijodkor  ziyolilarimiz 

bilan  birgalikda  uning  dasturlarini  puxta  shakllantirish  kerak.  Mamlakatimiz 

muzeylarida  saqlanayotgan  tarixiy  eksponatlarni  to’liq  xatlovdan  o’tkazish,  har  bir 

muzeyning  katalogini  yaratish  lozim”.  Murojaatnomada  belgilangan  vazifalarni 

amalga  oshirish  natijasida  2019  yilning  sentyabr  oyidan  boshlab  O’zbekiston  tarixi 

telekanali  o’z  faoliyatini  boshladi.  Telekanalda  Vatan  tarixini  o’rgatuvchi  turli  xil 

ko’rsatuvlar efirga o’zatilmoqda. 

XX asrda insoniyat ikkta jahon urushini ishtirokchisi va guvohi bo’ldi. 2-jahon 

urushida  erilishgan  g’alabada  bizning  ota-bobolarimizning  xissasi  katta  bo’lgan.  Bu 

borada davlat rahbari tashabbusi bilan ajdodlarimizning g’alabaga qo’shgan hissasini 

abadiylashtirish  maqsadida  bir  qator  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Davlat  rahbari 

tomonidan  2020  yil  Oliy  Majlisga  yo’llangan  Murojaatnomada  quyidagilarni 

ta’kidladi.  “Bizning  mard,  engilmas  va  olijanob  xalqimiz  buyuk  G’alabani 

ta’minlashga beqiyos hissa qo’shgani bilan barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz. Bu 

qonli urushda  jami  1,5  milliondan  ziyod O’zbekiston  farzandlari tinchlik  va  ozodlik 

uchun  mardona  jang  qilgani,  ularning  har  uch  nafaridan  biri  o’z  yaqinlari  bag’riga 

qaytmagani,  el-yurtimizning  front  ortida  ko’rsatgan  jasoratini  xalqimiz  hech  qachon 

unutmaydi.  Urush  yillarida  xalqimiz  ko’rsatgan  haqiqiy  jasorat  va  matonatni  kino, 

teatr  san’ati,  badiiy-publitsistik  asarlar,  ilmiy  tadqiqotlar  orqali  ko’rsatish,  aholi, 

ayniqsa,  yoshlarimizga  ta’sirchan  tarzda  etkazish  bo’yicha  katta  ishlar  olib 

borilmoqda.  Xususan,  Toshkent  shahrining  Olmazor  tumanida  muhtasham  “G’alaba 

bog’i” bunyod etilmoqda”.  

Albatta,  O’zbekiston  tarixi  fanini  xolis  o’rganish  va  tadqiq  etish  orqali 

yoshlarni vatanparvarlik ro’hida tarbiyalashdagi o’rni va rol beqiyos. Bu esa yurtimiz 




tarixchi  olimlari  zimmasiga  yanada  kattaroq  ma’suliyat  yuklaydi.  Shu  bilan  birga 

yozlarimiz ham O’zbekiston tarixini chuqur o’qib-o’rganishlari lozim. 



 

 

Download 394,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish