1-Mavzu O’zbekistonda mustaqillikdan so’ng musiqa madaniyati faniga kirish


– Mavzu: Mustaqillikdan so’ng sozandalik qo’shiqchilik maktablarining shakllanishi



Download 52,01 Kb.
bet10/13
Sana01.07.2022
Hajmi52,01 Kb.
#727915
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
MOM maruza

8 – Mavzu: Mustaqillikdan so’ng sozandalik qo’shiqchilik maktablarining shakllanishi


Maruza matni

  1. Bugungi kun musiqasi va milliy ma’naviyat.

  2. Milliy musiqa merosi bo’lmish, folklor jamoalari, mumtoz

musiqa, baxshichilik va dostonchilik san’atining rivojlanishi
va ahamiyati.

  1. Xalq musiqa ijodiyotini ilmiy tahlil qilish va zamonaviy

kompozitorlik.

  1. O’zbekistonda vokal-simfonik va xor jamoalarining

rivojlanishi.
5. Xulosa

O’zbek xalqi jahon tarixi taraqqiyotiga o’zining qadimiy ilm-fani, adabiyoti, san’ati va madaniyati bilan ulkan hissa qo’shgan buyuk millatdir.


Mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov “Biz uchun mustaqillik eng avvalo, o’z qadriyatlarini qo’limizga olish, o’zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarimizni tiklash, hammamiz uchun mo’tabar shu zaminda har bir xonadonda tinchlik, osoyishtalik, barqarorlikni saqlashdir” - degan edilar.
Milliy tiklanish juda keng, chuqur, va murakkab tarixiy jarayon bo’lib, u millatimiz hayotining hamma sohalarini iqtisodiyotni, siyosatni, ma’naviyatni, san’atni, ilm-fan, til, tarix, urf-odatlar, hunarmandchilik, me’morchilikni va boshqa inson kamoloti bilan bevosita dahldor barcha masalalarni qamrab oladi.
Respublikamiz mustaqillkni qo’lga kiritgandan boshlab ta’lim-tarbiya tizimida o’zgarishlar amalga oshirildi.
Ta’lim tizimini isloh qilish, har tomonlama yetuk, boy, aqliy poklik va jismoniy barqarorlikni mujassamlashtirgan komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsad qilib qo’yildi.
Mustaqillikdan so’ng milliy musiqa madaniyatini har qachongidan chuqurroq va atroflicha o’rganish uchun keng imoniyatlar ochildi. Uni o’sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish va targ’ibot qilish, milliy tarbiyani shakllantirish hozirgi kunda ijodkorlar va o’qituvchi-pedagoglarning dolzarb vazifalariga aylandi.
Istiqlol yillarida xalq mumtoz qo’shiqchiligi, xalq baxshichilik san’atini rivojlantirish borasida talay ishlar qilindi. Millatimizning ma’naviy yuksalishi ko’p jihatdan milliy qadriyatlarimizni qayta tiklanishi asrab-avaylanishiga bog’liq. Bu borada musiqiy qadriyatlarimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, o’zbek xalq musiqasiga mansub turfa shaklli kuy-qo’shiqlari-yu, ustoz san’atkorlar ijodining nodir namunalari bo’lmish maqomlar xalqimizning chinakkam bebaho ma’naviy boyliklarini tashkil etadi.
Xalqimizning bunday musiqiy nodir namunalarida avlod ajdodlarimizning qalb qo’rida saqlangan ezgu-niyatlari, orzu-umidlari, nozik hissiy kechinmalari va umuman borliq haqidagi falsafiy mushohadalari o’zining yorqin ifodasini topgan. Shu bois, milliy kuy-taronalarni tinglar ekansiz, ularda tarannum etilgan “asrlar ovozi”, dilrabo ohanglarida mujassam etilgan nozik va yuksak insoniy his tuyg’ular qalbimizni hayajonga soladi va ayni vaqtda ota-bobolarimizdan meros qolib kelayotgan badiy an’analarimizni qadrlashga undaydi.
Mustaqillikni qo’lga kiritilgandan so’ng Prezidetimiz I. Karimovning farmoni bilan “O’zbekiston Respublikasi xalq hofizi”, “O’zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvonini tasis etilishi ushbu sohaga bo’lgan e’tibordan dalolatdir.
Hozirgi kunda folklor ijrochiligida, xalqimizni barcha vohalarning urf-odatlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tabiy ijroviy ko’rinishi, kiyimlari va o’ziga xos musiqa sozlaridagi milliy ohangi va ko’rinishi saqlanib, yanada rivojlanmoqda. Yangilik sifatida xalq folklor ijrochiligining milliy estrada yo’nalishiga uyg’unlashgan holda yangi ijroviy na’munalari ham namoyon bo’lmoqda. Bu ko’rinishlar xalq musiqiy folklor ijodiyotini yangilanish bosqichiga ko’tarilganidan dalolat beradi. Respublikamizda ushbu janrda ijod qilayotgan “Besh qarsak”, “Boysun”, “Gulyor”, “Gulchehralar”, “Doston”, “Besperde”, “Orzu”, “Yor-yor”, “Chavgi”, “Mohi sitora” singari ko’plab ansambllar o’zlarinig yorqin ijodlari bilan namuna bo’lmoqdalar.
Yana bir xalqona musiqiy yo’nalish mumtoz ananaviy musiqa ijrochiligi sohasida ham e’tiborli ishlar amalga oshirildi. Asarlar qahridan ajdodlarimizdan bizga meros bo’lib kelgan xalq mumtoz kasbiy musiqamiz yangi-yangi boy ananalarni davom ettirmoqda. Bu borada Turg’un Alimatov, Orifxon Hotamov (marhum), Fattohxon Mamadaliyev (marhum), G’ulomjon Hojiqulov, Abduhoshim Ismoilov, O’lmas Rasulov, Mamasiddiq Madaliyev singari mashhur bastakorlar, xonanda sozandalarning ijodiy faoliyatlari yorqin misol bo’la oladi.
Ushbu maqom va an’anaviy yo’llarni xalqqa yetkazishda hofiz va xonandalarning ham xizmatari beqiyosdir. Hofizlik ijrochiligining yangi-yangi avlodlari yetishib chiqmoqda. Musiqiy va dostonchilik san’ati ham jadal suratlar bilan rivojlanmoqda. “Alpomish” dostonining 1000 yilligini bayram qilinishi bu sohada yangi qo’yilgan qadam bo’ldi.
Xalq musiqa ijodiyotini ilmiy tahlil qilish, musiqa ilmini amaliyot bilan bog’lash borasida o’zbek musiqashunos olimlarining xizmatlari ham beqiyos bo’lmoqda. Natijada qator o’quv uslubiy qo’llanmalar, monagrafiyalar, ilmiy maqolalar chop etilmoqda Ilmiy izlanishlar natijasida yangi-yangi ilmiy-tadqiqot ishlari yuzaga kelmoqda. Bularning barchasi xalq musiqiy ijodiyotining mumtoz kasbiy musiqasini ilmiy asoslangan yo’nalishida o’rganish va ijro etishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.
Istiqlol yillarida musiqa madaniyatining barcha yo’nalishlari qatori zamonaviy kompozitorlik yo’nalishi ham bir qadar rivojlandi. Bu sohada krnsert – ijrochilik, musiqali teatr hayoti, an’anaviy va akademik ijrochilik, musiqa ta’limi, kompozitorlik ijodiyotining umumiy yuksalishi bilan bog’liq holda taqqoslash mumkin. Bu davrlarda sahnaviy musiqa janrida ijod etgan kompozitorlarning ijodlarini alohida ta’kidlash o’rinlidir.
Mustafo Bafoyevning”Buyuk ipak yo’li” teatrlashgan musiqiy asari (rejissor Bohodir Yo’ldoshev) Parijda YuNESKO qarorgohida, Samarqandda 1 xalqaro “Sharq taronalari” musiqiy festivalining ochilishida qo’yilib, zo’r muvofaqqiyatga erishildi. Yana shu kompozitorning “Zardushtiylar marosimi” balet oratoriyasi, “Buxorai Sharif” opera dostoni, I. Akbarovning “Ibtido xatosi” opera oratoriyasi diqqatga sazovordir.
Musiqiy sahnaviy janrlarda ijod etgan kompozitorlar orasida Farhod Alimov, Habibullo Rahimov, Avaz Mansurov, Nurilla Zokirov, Anvar Ergashev, Baxrilla Lutfullayev, F. Yanov-Yanovskiy, Mirhalil Mahmudov, To’lqin Qurbonov, Alisher Rasulov ijodlarini alohida ko’rsatish mumkin. Bu borada istedodli kompozitor F. Alimov o’ndan ortiq asar yaratdi. Jumladan; “Nodirabegim”, “Fotima va Zuhra”, “Soyibxo’ja operasi” asarlari muvofarqqiyatli sahnalashtirildi.
Dramatik spektakllar va kinofilmlarga musiqa yaratish borasida ham ijodiy va ijobiy yutuqlarga erishildi. “Mehrobdan chayon” videofilmi (F. Alimov musiqasi 1998), “O’tgan kunlar” kinofilmi (M. Mahmudov musiqasi, 1998), “Amir Temur” kinofilmi (F. Yano-Yanovskiy musaqasi 1995), “Quyoshi botmaydigan yurt” ko’p serialli telefilm (A. Ergashev musiqasi 1999) va boshqa qator asarlarni ko’rsatish mumkin.
1990- yillarda o’zbek xalqlarinig mumtoz operalari bo’lmish (T. Sodiqov va R. Gliyerning “Layli va Majnun 1995, M. Ashrafiyning “Dilorom”, 2001) qayta ishlanib, yangicha talqinda namoyish etildi.
A. Ikromovning “Buyuk Temur”, M. Bafoyevning “Al – Farg’oniy” operalari A. Navoiy nomidagi opera va balet tayetri sahnasida o’z aksini topdi. H. Rahimovning “Ona qalbi” kamer operasi, N. Muhammedovning “Qirq qiz” Qaraqalpoq operasi va “Ayjamal” baleti ham muvofaqqiyat bilan namoyish etildi.
Opera qo’shiqchiligida O’zbekiston xalq artisti Muyassar Razzoqova va qator yoshlarning ijrolari tahsinga sazovordir.
Simfonik musiqa janrida ham kompozitorlarimiz ijodi barakali bo’ldi. Ushbu janrda I. Akbarov, M. Tojiyev, M. Bafoyev, R. Abdullayev, X. Raximov, A. Latifzoda, F. Yanov-Yanovskiy kabi kompozitorlarimiz simfonik asarlar xorijiy davlatlarda o’tkazilgan festivallarda ham munosib baholandi.
Ayniqsa 1998- yildan buyon Toshkentda o’tkazilayotgan festivallarda Respublikamizni hamdo’stlik mamlakatlari orasida yirik simfonik musiqa markazi darajasiga ko’tarilganligi fikrimiz dalilidir. Mustaqillik yillarida yaratilgan qator simfonik asarlarda g’oyaviy – mazmun chuqurlashdi, shakl va uslub mukammallashdi, milliy an’analar mushtarakligida zamonaviy simfonik uslublar yuzaga keldi.
Mirsodiq Tojiyevning g’oyaviy-falsafiy mavzuni aks ettiruvchi uchta katta simfoniyadan iborat “Samon yo’li” turkumi alohida ahamiyatga egadir. Umumbashariy qadriyatlarni, tarixiy voqyea va jarayonlarni, haqiqat va insonparvarlik g’oyalarni o’zida aks ettirgan bu simfonik trilogiya hozirgi zamon o’zbek simfonik musiqasining nodir ko’rinishlaridandir.
M. Tojiyevning umrining so’ngida yaratilgan 19 - simfoniyasi (1995) “Qahramonlik” deb nom olgan bo’lib, u mustaqil O’zbekistonga bag’ishlanadi. Rustam Abdullayevning “Tay ohanglari” konserti (1993, o’zbek va tay ohanglari mutonosibligida yaratilgan bo’lib, 1999 yili Bankokda ushbu konsertning lazer diski nashr etildi), 4- va 5- fortepiano konsertlari: I. Akbarovning simfonik epitafiyasi, M. Bafayevning 4 – “Movarounnahr” (1991), 5- “Holati Alisher” Navoiy (1991), N. G’iyosovning 11- “Adashganlar” va 12- “Porlamoq” simfoniyalari, fortepiano va simfonik orkestr uchun 8- konsert-maqomi, simfonik orkestr uchun 9- konsert maqomi, Habibulla Rahimovning simfonik asarlari O’zbekiston simfonik musiqasining ravnaq topishiga muhim hissa bo’lib qo’shildi.
Bu borada 1992 yili “So’g’diyona” O’zbek xalq cholg’ulari kamer orkestrining tashkil etilishi (badiy rahbari va bosh dirijor F. Abdurahimova) jahonning qator davlatlari sahnalaridagi muvoffaqqiyatli chiqishlari ahamiyatga molik voqiyadir. O’zbekistonda istiqlol yillaridagi kompozitorlik ijodiyotining rivoji va yuksalishi kompozitorlar bastakorlar uyushmasining ijodiy faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir. Uyushma Respublikamizda turli tanlovlar va festivallar o’tlazilishiga bosh-qosh bo’lmoqda.
1996 yildan boshlab respublikamizda “O’zbekiston – Vatanim manim” qo’shiq tanlovi va 1997 – yildan boshlab qo’shiq bayramlarining o’tkazilishi natijasida yangi-yangi qo’shiqlar va ularning ijrochilari kashf etilmoqda. Bu borada R. Abdullayev, A. Mansurov, X. Rahimov, A. Nazarov, N. Norho’jayev singari kompozitorlar barakali ijod qildilar. Ayniqsa, Estrada qo’shiqchilik san’ati keng ko’lamda rivoj topa boshladi.



Download 52,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish