Loyiha bosqichlari
|
Baholash turi
|
Baholash maqsadi
|
Xatolik, %
|
Loyiha konsepsiyasi
|
Loyihaning hayotiyligini dastlabki baholash
|
Loyihaning moliyaviy imkoniyatlari/yashovchanligini baholash
|
25-40
|
Investitsiyalarni asoslash
|
Qiymatning omilli hisob-kitobi/ Dastlabki smeta
|
Dastlabki byudjetlashtirish uchun asos bo‘luvchi rejalashtirilgan xarajatlarni byudjet bilan taqqoslash
|
20-30
|
Texnik-iqtisodiy asoslash (TIA)
|
Aniqlashgan smeta-moliya hisob-kitobi
|
YAkuniy investitsion qarorni qabul qilish, loyihani moliyalashtirish. Byudjetni aniqlashtirish uchun asos bo‘ladigan kelishuvlar va tenderlarni o‘tkazish
|
15-20
|
Tenderlar, kelishuvlar va shartnomalar
|
Ishchi xujjatlarni ishlab chiqish
|
Smeta xujjatlarini yakunlash
|
Loyiha qiymatini hisob-kitob qilish va boshqarish uchun asos
|
3-5
|
Loyihani amalga oshirish
|
Aniq amalga oshirilgan ishlar
|
Bajarib bo‘lingan ishlarni baholash
|
0
|
Kelgusi ishlarni bashoratlash
|
Kelgusi amalga oshiriladigan ishlar qiymatini baholash
|
3-5
|
Foydalanishga topshirish
|
Aniy
|
|
0
|
Prognoz
|
|
3-5
|
Ekspluatatsiya
|
Aniq
|
|
0
|
Prognoz
|
|
3-5
|
Loyihani yakunlash
|
Aniq
|
Loyiha qiymatini to‘liq baholash
|
0
|
Barcha xarajatlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
-To‘g‘ri va ustama xarajatlar;
-Qaytariladigan va bir martalik. Masalan, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish uchun oylik to‘lovlar –qaytariladigan xarajatlar, yangi jihozlar komplektini xarid qilish- bir martalik sarflardir;
-Ish xajmiga bog‘liq xolda o‘zgarmas va o‘zgaruvchan;
-Ish vaqtidan tashqari vaqtda ishlar uchun to‘lovlar.
Xarajatlar moddalari bo`yicha kesimida loyiha qiymati tuzilishi odatda lyihaning eng yuqori pog`onasi qiymatidan tortib quyidagi har bir resurs qiymatini ajratib beruvchi loyihaning hisoblar rejasi tuzilmasiga asoslanadi.
Loyiha xarajatlarini baholash texnikasi 13 bosqichdan iborat. Ular lyiha turiga qarab farqlanishi mumkin va umumiy holda, quyidagilarni o`z ichiga oladi:
Ishlarning resurslarga extiyojini aniqlash.
Tarmoq modelini ishlab chiqish.
Ishlarni taqsimlash strukturasini ishlab chiqish.
Ishlarni taqsimlash strukturasi doirasida xarajatlarni baholash.
Ishlarni taqsimlash strukturasini (ITS) har bir funksional boshqaruvchi bilan muhokama qilish.
Harakatlarning asosiy yo`nalishlarini ishlab chiqish.
ITS ning har bir elementi uchun xarajatlarni baholash.
Bazaviy xarajatlarni boshqaruvning yuqori pog`onasi bilan kelishish .
Funksional boshqaruvchilar bilan xodimlarga bo`lgan extiyojni muhokama qilish.
Chiziqli mas’uliyat sxemasini ishlab chiqish.
Alohida grafiklar ishlab chiqish.
Xarajatlar bo`yicha umumlashgan hisobotni shakllantirish.
Xarajatlarni baholash natijalarini loyiha xujjatlariga qo`shish.
Loyiha qiymatini baholash o`z mohiyatiga ko`ra, loyihani to`liq va muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo`lgan barcha xarajatlarni baholashdan iborat. Bu xarajatlar turli iqtisodiy mazmunga ega turli ko`rsatkichlar ko`rinishida bo`lishi mumkin. Bunda tushunchalar orasidagi farq juda nozik bo`lishi mumkin.
Xarajatlaning uch xil turi farqlanadi:
- byudjet xarajatlari (vaqt bo`yicha taqsimlangan ishlarning smeta qiymati);
- haqiqiy xarajatlar (chiqib ketuvchi pul oqimlari).
Majburiyatlar mahsulot yki xizmatlarni ular loyihada foydalangunga qadar oldindan buyurtma berganda yuzaga kelishi mumkin.
Byudjet xarajatlari ishlarni bajarishda rejalashtirilgan xarajatlarni ifodalaydi.
Haqiqiy xarajatlar loyiha ishlarini bajarishda yoki pul mablag`larini to`lashda yuzaga keladigan xarajatlardir.
Bu xarajat turlarining haqiqiy o`zaro nisbati quyidagilarni o`z ichiga oluvchi bir necha omillarga bog`liq:
Loyihada mehnat resurslari, materiallar va subpudratlarning nisbati;
Tashkiltdagi hisoblarni to`lash siyosati;
Asosiy uskunalarni yetkazib berish davri;
Subpudratlar bo`yicha ishlarning bajarilish jadvali;
Ishlarni bajarish grafigining uskunalarni yetkazib berishda ishchilarning xarajatlari qachon va qay tartibda hisoblanishiga ta’siri.
Ushbu tushunchalar o`rtasidagi farqni bilish loyihaning umumiy xarajatlarini samarali boshqarish imkonini beradi.
Loyiha xayot davrining har bir bosqichi o`z qiymatiga ega. Bular:
Ilmiy izlanishlar va ishlanmalar qiymati;
Ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlar;
Qurilishga sarflanadigan xarajatlar;
Joriy xarajatlar: ish haqi, material va yarim fabrikatlar, tashish, axbortlarni boshqarish, sifat nazrati va h.k.;
Mahsulotning ishlab chiqarishdan olinishi (tugatilishi): i/ch quvvatlarini qayta jixozlash, qoldiqlarni tugatish.
7.3.Loyiha byudjeti.
Loyihani byudjetlashtirish deyilganda umumiy loyihaning yoki loyiha doirasida bajariladigan ishlarning qiymat ko`rsatkichlarini aniqlash, ishlar turi, xarajatlar moddalari, ishlarni bajarish muddatlari va boshqa struktura bo`yicha tasdiqlangan xarajatlar taqsimotini o`z ichiga olgan loyiha byudjetini shakllantirish jarayni tushuniladi. Byudjet an’anaviy buxgalteriya hisob rejasi asosida yoki maxsus ishlab chiqilgan boshqaruv hisobi hisob rejasi yrdamida shakllantirilishi mumkin.
7.2-jadvalidan k`rinib turganidek, loyihaning turli bosqichlarida turli xil byudjetlar tuziladi.
Byudjetlashtirish - qiymatni rejalashtirishdir, ya’ni xarajatlarni rejalashtirish: pul mablag`lari qachon, qancha va nima uchun to`lanishini aniqlashdir.
Byudjet quyidagi ko`rinishda tuzilishi mumkin:
Xarajatlarning kalendar reja-jadvallari (grafiklari) (7.3-jadval),
Xarajatlarni taqsimlash matritsasi,
Xarajatlarning ustunli diagrammalari,
Kumulyativ (o`sib boruvchi yakun bilan) xarajatlarning ustunli diagrammalari ,
Vaqt b`yicha taqsimlangan kumulyativ xarajatlarning chiziqli diagrammalari ,
Xarajatlar strukturasining aylanali diagrammalari va h.k.
7.2- jadval1
Byudjet turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |