Loyihani boshqarishni ixtisoslashtirilgan boshqaruvchi firma tomonidan amalga oshiriladi:
Bunda buyurtmachi loyihani boshqarishni ixtisoslashtirilgan boshqaruvchi firmaga topshiradi, oraliq va oxirgi, ya’ni yakuniy natijaning nazoratini o‘zi amalga oshiradi. Mos ravishda ixtisoslashtirilgan boshqaruvchi firma vakolati va mas’uliyati oshadi
Tashkiliy strukturalar ko‘p sonli tur va shakllarga ega.
1-chizma.
Mexanik struktura
2-chizma.
Organik struktura
CHizma. Tashkiliy strukturalar turlari.
Tashkiliy strukturalar murakkablik, rasmiyatchilik va markazlashtirish darajasi asosida ikkita guruhga bo‘linadi -- Mexanik va Organik strukturalarga. Mexanik tashkiliy struktura ko‘p sonli bo‘linmalar (vertikal bo‘yicha) xisobiga murakkablik, rasmiylikni va markazlashtirishning yuqori darajasi, cheklangan axborot tarmog‘i va aloqalar bilan tavsiflanadi.
Organik struktura – oddiyroq, keng axborot armogiga ega va kamroq rasmiylashgan. Bu tarkibda boshqaruv nomarkazlashgan. Bu struktura boshqaruvning egiluvchan va moslashuvchan shaklidir. Organik strukturadagi munosabatlar shakli va usuli - sherikchilik, munozaralar asosida tashkil etiladi; Mexanik strukturada esa - qaror, farmoyish, tavsifnomalar va me’yoriy xujjatlar asosida munosabatlar tashkil etiladi.
YAqin-yaqinlargacha tashkilotlarda Mexanik (byurokratik) strukturalar keng tarqalgan bo‘lib, ularning asosiy turlari: funksional, muntazam, muntazam-shtabli, divizional strukturalardan iborat edi.
Ammo, so‘nggi vaqtlarda ko‘plab firma va korporatsiyalar kuchayib ketgan raqobat kurashi sharoitida yashash qobiliyatini saqlab qolish uchun strategiyasini va strukturasini o‘zgartirmoqdalar. Bunda ko‘proq diqqat e’tibor Organik strukturalarga qaratilmoqda. Bularga matritsali, dasturli-maqsadli, loyihali strukturalar kiradi.
Vazifaviy (funksional) struktura - uzoq vaqt ishlatilib kelingan struktura bo‘lib, boshqaruvni departamentlashtirish ( taqsimlash) natijasida kelib chiqqandir. Uning bo‘limlarining har biri boshqaruvda o‘zining aniq vazifasiga ega, o‘ziga buyurilgan vazifani bajaradi.
3-chizma
Funksional struktura
|
|
Prezident
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
ishlab chiqarish
|
|
marketing
|
|
Moliya
|
Funksional tarkib kichik va o‘rta hamda nisbatan barqaror tashqi muhitda faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarda qo‘llanilishi mumkin. Katta tashkilotlarda ularning faoliyat yo‘nalishlari (yoki mahsulot turlari) ko‘p bo‘lgan xollarda divizional struktura ko‘proq samara beradi. Bunda tashkilot asosan 3 ta omil asosida, bo‘limlarga bo‘linadi, ya’ni mahsulot, haridorlar guruhi yoki geografik joylashuv bo‘yichadir. Bu bo‘limlar guyoki mustaqil tashkilotlar kabi harakat qiladi va faqatgina markiziy boshqaruv idoraga (bosh firmaga) bo‘ysinadilar.
4-chizma.
Divizional struktura
(mahsulot bo‘yicha)
|
|
Prezident
|
|
|
|
Bo‘limlar
|
Vitse-prezidentlari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
“A” mahsulot bo‘yicha
|
|
“B” mahsulot bo‘yicha
|
|
“S” mahsulot bo‘yicha
|
Muntazam strukturada boshqaruvning barcha bo‘g‘inlari vertikal bo‘ysinish bo‘ylab joylagan, ya’ni eng yuqori darajadan to quyigacha. Har bir boshqaruv pog‘onasi yuqoriroqda turganiga bo‘ysinadi. Muntazam struktura yassi va ko‘p pog‘onali shakllarga bo‘linadi. Strukturaning shakli biz yuqorida aytib o‘tgan boshqarilish me’yoriga bog‘liq.
5-chizma
Muntazam tashkiliy struktura.
Muntazam struktura tashkilot uncha katta bo‘lmaganda qo‘llanishi yaxshi samara beradi. Tashkilotlarning o‘sishi va vazifalarining murakkablashishi muntazam rahbarlar qoshida mahsus ekspertlardan iborat shtablar tuzishga zaruriyat tug‘diradi. SHtabli bo‘linmalar xodimlari tashkilotning muntazam (chiziqli) faoliyatiga aralashmaydilar, faqat muntazam rahbarlarga ular o‘z ishlarini muvoffaqiyatli bajarishlari uchun yordam va maslaxatlar beradilar.
6-chizma
Muntazam - shtabli struktura
|
Prezident
|
|
shtab
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Izlanishlar
|
|
ishlab chiqarish
|
|
marketing
|
|
Moliya
|
Muntazam - shtabli strukturalarda muntazam va shtabli bo‘linmalar orasidagi munosabatlarni muvoffiqlashtirish ba’zida juda katta qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu kabi ahvoldan chiqishda boshqaruv strukturasini qayta ko‘rish va shtabli bo‘linmalar sonini yoki ulardagi xizmatchilarni qisqartirish yo‘lidan foydalanish mumkin.
YUqorida ko‘rib chiqilgan tarkiblar byurokratik tarkiblarga kiradi. Organik tarkiblar xisoblanuvchi strukturalarning shakllanishi zaruriyati tashkilotlarda ko‘p resurslar va mablag‘ sarfi talab etuvchi murakkab loyihalar yoki dasturlar amalga oshirilishidan, hamda bularga mahsus boshqaruv strukturasi talab qilinishi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |