VIII. TABIATNI MUHOFAZA QILIShNI TA’MINLAShNING IQTISODIY ChORA-TADBIRLARI
33-modda. Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy tartiboti
Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy tartiboti:
tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik (shu jumladan chiqindilarni joylashtirganlik) va atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirishni;
Keyingi tahrirga qarang.
kamchiqitli va resurslarni tejaydigan texnologiyalar joriy etilganida, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni qayta tiklashda samara beruvchi faoliyat amalga oshirilganida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek ayrim shaxslarga soliq, kredit imtiyozlari va o‘zga imtiyozlar berishni;
ekologiya nuqtai nazaridan xavfli texnologiyalarni qo‘llanganlik va o‘zga faoliyatni amalga oshirganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan maxsus soliqlar joriy etishni;
atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, oqizish yoxud ekologiya nuqtai nazaridan o‘zga zararli faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar (ruxsatnomalar) olishni;
tabiiy muhitning qulay holatini buzgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar zimmasiga uni tiklash vazifasini yuklashni;
tabiat obyektlarini buzish yoki yo‘q qilib yuborish oqibatida yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda tovon puli undirishni;
tabiatni muhofaza qilish borasidagi rejalar va chora-tadbirlar bajarilmagan, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarning normativ-texnik va boshqa talablari buzilgan hollarda mansabdor shaxslar yoki boshqa xodimlarni asosiy ishlab chiqarish faoliyatida erishilgan natijalar bo‘yicha beriladigan pul mukofotlari yoki boshqa mukofotlardan to‘liq yoki qisman mahrum etishni;
Keyingi tahrirga qarang.
ekologik sof mahsulot chiqarganlik uchun rag‘batlantiruvchi narxlar va ustama haqlar belgilashni;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik, me’yorda belgilanganidan ortiqcha foydalanganlik uchun tabiatdan foydalanuvchilarga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini hamda tabiiy resurslardan tejab-tergab va oqilona foydalanganlik uchun iqtisodiy rag‘batlantirishni qo‘llanishni;
tabiiy muhitni saqlash sohasida va ekologik sof mahsulot ishlab chiqarishda hammadan yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan davlat, kooperativ, jamoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarning jamoalarini va ayrim xodimlarini, shuningdek ayrim shaxslarni moddiy rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy rag‘batlantirishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy rag‘batlantirish tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |