1-mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi reja


yil 9 yanvarda «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF 5618 sonli Prezident



Download 2,15 Mb.
bet130/151
Sana31.12.2021
Hajmi2,15 Mb.
#207920
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   151
Bog'liq
Ma`ruza matni strategiya 1

2019 yil 9 yanvarda «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF 5618 sonli Prezident Farmoni e’lon qilindi. Sal oldinroq Prezidentimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida shunday degan edi: “jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllanishi, avvalambor, tarbiya va muhit bilan bevosita bog‘liqdir....Biz jamiyatimizda huquqiy madaniyatni lozim darajada shakllantirmas ekanmiz, huquqbuzarlikka chek qo‘ymas ekanmiz, qonunni buzish holatlari davom etaveradi.Qonunlarga hurmat odamlarimizning huquqiy ongi va madaniyati asosida shakllanadi. YA’ni, ayrim kishilar jazodan qo‘rqib qonunga itoat etsa, boshqalar bolalikda olgan tarbiyasiga ko‘ra qonunni hurmat qiladi. SHu bois birinchi navbatda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqiy tarbiyani keng yo‘lga qo‘yishimiz lozim”304.

Huquqiy tarbiya, huquqiy savodxonlik, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, qonun ustuvorligi, huquqiy davlat kabi tushunchalar ko‘pchilikka tanish, ammo ularning asl ma’nosini qay darajada idrok etamiz.

Nega bu tushunchalar yillar davomida barchaga tushuntiriladi-yu, lekin kun tartibidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda? Umuman bu tushunchalar nimani anglatadi?

Taniqli blogger SHahnoza To‘raxo‘jaeva yaqinda o‘zining “Taraqqiyot qonunga hurmatdan boshlanadi” nomli maqolasida yuqoridagi tushunchalarga aniq va barchaga tushunarli izoh bergan edi.

“Siz ma’lum bir manzilga bormoqchisiz, ammo qanday borishni bilmaysiz. Biladiganlardan so‘raysiz, ma’lumot beradilar. Bu shunchaki ma’lumot olish bosqichi, ammo hali bilim emas – huquqiy ma’lumot.

Ma’lumotingiz bilimga aylanishi uchun siz o‘sha ma’lumot asosida manzilni topib borishingiz kerak. Bir marta borsangiz, keyin esdan chiqarmaysiz va doim topib kela olasiz – huquqiy bilim, savodxonlik.

So‘ng siz manzilga borishning qulayroq usullarini izlay boshlaysiz, xaritani olasiz, tahlil qilasiz, yo‘nalishlarni o‘rganasiz. Mana bu yo‘ldan yurish mumkin emas, taqiqlangan, bunisi ochiq ekan, shu yo‘ldan borsam, yaqinrog‘u, ammo yo‘l harakati qoidalarini buzar ekanman deysiz. Buzsangiz, qanday javobgarlikka duchor bo‘lishingizni ham bilasiz va javobgarlikni his qilib, qing‘ir yo‘lni tanlamaysiz. YA’ni siz bilimdan ongli ravishda foydalana boshlaysiz – bu huquqiy ong.

Faqat javobgarlikdan qo‘rqib emas, taqiqlangan yo‘ldan yurish yomonligini tushunib o‘sha yo‘ldan yurmasligingiz, qoidalar sizning va ommaning foydasigaishlashini anglab, ularni hurmat qilishingiz, qonunlarni hurmat qilganingiz tufayli ularni buzmasligingiz – huquqiy madaniyatdir.

Huquqiy madaniyat bo‘lmasa, biz faqat qonunlarni o‘rgatish yoki javobgarlik bilan qo‘rqitish orqali huquqiy nigilizmga barham bera olmaymiz, qonun ustuvorligiga erisha olmaymiz, demak, taraqqiy eta olmaymiz. SHu sababli ham yuksak huquqiy madaniyat milliy g‘oya darajasiga ko‘tarilyapti”305.

Biz sobiq bosh prokurorlari qonunni buzgani uchun sudlanayotgan, xavfsizlik generallari va tergovchilari zolimligi uchun 16 yilga qamalgan, ichki ishlar xodimlari ayollarni echintirgan jamiyatda yashayapmiz. Vaholanki, aynan ular yoshlarda fuqaroviylik va vatanparvarlikni shakllanishiga xizmat qiluvchi, qonunlarning mukammal ishlashi uchun javobgar rahbarlar edilar.

Vatanparvarlik va fuqaroviylik ortiqcha illatga aylanib qolgan davrda haydovchilarimiz yo‘l qoidalariga o‘zi va piyodalar havfsizligini o‘ylab emas, faqat kameradan va u orqali kattagina jarimadan qo‘rqib rioya qiladigan, bajarilishi majburiy davlat xizmati sanalgan ba’zi holatlarning ham bajarilmasligiga ishongan fuqarolar pul bermasang hech qaerda ishing bitmaydi deb fikrlaydigan, qonunlar o‘z ishini bajarmagach, qasam bilan halol ishlash mumkin deb o‘ylaydigan, bank kreditlarin olish korrupsiyasiz bitmasligiga ishonib, sudho‘rlardan katta foizli qarz olib bir soatlik orzu-havas uchun yillab qarz to‘laydigan, ta’lim olishdagi korrupsiya natijasida butun tizim ishdan chiqqan, millionlab vatandoshlarimiz o‘zga ellarda mardikorlik qilayotgan jamiyatga aylandik. Bugun biz huquqiy madaniyatimiz darajasini tanqidiy baholab, hamma joyda yig‘ilishlar o‘tkazib rasmga olib ijimoiy tarmoqlarga joylashtirmasdan, muammolarimiz sababi aslida huquqiy savodsizlik ekanini anglashimiz kerak.

Jamiyatimizda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan mexanizmlardan biri ta’lim tizmidagi huquqiy fanlarning o‘qitilishi etib belgilangan. Maktablarda «Davlat va huquq asoslari» hamda «Konstitutsiyaviy huquq asoslari» kabi fanlar o‘qitiladi. Litsey-kollejlarda esa «huquqshunoslik» degan kurs ham bor edi. Lekin biz kundalik hayotimizda duch keladigan huquqiy muammolarga echim topishda yuqoridagi qaysi fanlar yordam beradi?

YOshlarga huquq to‘g‘risida umumiy tushuncha berish emas, aniq muammolarga aniq echimlar berish, huquqiy ko‘nikmalarini shakllantirish, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy huquqlarning nima ekanligini tushuntirish, huquqlarimiz buzilsa, kimga va qancha vaqtda, qaerga murojaat qilishni o‘rgatish lozim.

Farmon bilan maktablarda huquq darslari uchun yangi avlod darsliklarini yaratish va huquqiy ta’lim dasturini qayta ko‘rib chiqish vazifasi qo‘yildi. Qonunlar ishlaganda samara beradi. Qonunlarni esa savodxonlik yuqori jamiyatlarda ishlashga majbur qilishadi.

Qonunlar, tartiblar oxir oqibat o‘zi va kelajagi uchun foydali ekanini anglagan har bir bosqichda fuqarolar madaniy rivojlananish pillapoyalaridan ko‘tarilaverdi. Ularning vatanga muhabbati oshadi. Fuqaroviylik shakllanadi.

Agar yirik amaldorlardan tortib, oddiy xodimgacha – kim bo‘lishidan qat’i nazar, qonunga hurmat bilan qarasa, aholida vatanni sevish ko‘nikmasi shakllanadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz jamiyatimizda shunday huquqiy madaniyatni shakllantirishimiz kerakki, unga muvofiq Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish, boshqalarning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish majburiyat emas, balki kundalik qoida va odatga aylanishi shart”306.

Mamlakatimizda demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan, xorijiy investitsiyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelishi, milliy investorlar tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan mablag‘lar ko‘lamining oshishi o‘z navbatda korrupsiyaning ham qandaydir yangi yo‘llar bilan rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki, korrupsiya demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib keladi, iqtisodiyotni izdan chiqaradi, jamiyat va davlat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi. Agar davlat organlari tizimli ishlarni amalga oshirimasa va unga qarshi yangi mexanizmlar asosida jamoatchilik nazoratini amalga oshirmas ekan bu sohadagi ishlar yaxshi natija bermaydi.

Bugungi kunda jahon hamjamiyati shunga amin bo‘lmoqdaki, korrupsiya illati, odam savdosi, terrorizm, giyohvandlik vositalari savdosi, qurol- yarog‘ savdosi kabi xalqaro jinoyatlar bilan bevosita bog‘liq. Umuman olganda, korrupsiya ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan qaraganda huquqni himoya qilish organlarining faoliyatiga jiddiy putur etkazadi.


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish