-mahalliy NNT. Ularga tumanlar, shaharlar, shaharcha va boshqa kichik hudularda farliyat yurituvchi NNT kiradi.
O‘zbekistondagi NNTni xalqaro tashkilotlar ekspertlari quyidagicha tasniflaydi:
1.Aholining yirik qatlamlari ijtimoiy manfaatlari uchun xizmat qiladigan umummilliy tuzilmalar («Mahalla» xayriya jamg‘armasi, «Kamolot» YOIH, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Nogironlar jamiyati, «Nuroniy» jamg‘armasi va boshq.).
2.Ekologiya, madaniyat va sog‘liqni saqlash sohaliga ixtisoslashgan milliy-xalqaro jamharmalar («Ekosan», «Ibn Sino», «Sog‘lom avlod», Orolni qutqarish, Amir Temur va boshq. halqaro jamg‘armalar).
3.Kasbiy va ma’naviy manfaatlar bo‘yicha tuzilgan ijtimoiy tashkilotlar (Respublika «Ma’naviyat targ‘ibot» markazi, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi va boshq.).
4.Umum milliy hayriya jamiyatlari va jamg‘armalari (Bolalar jamg‘armasi, «Mehr nuri» jamg‘armasi va boshq).
5.Huquqni himoya qilish nohukumat tashkilotlari (O‘zbekiston sudlar uyushmasi, Advokatlar palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va boshq.).
6.Ijodiy ziyolilarning milliy jamoat tashkilotlari (YOzuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi, Kompozitorlar uyushmasi, Arxitektorlar uyushmasi, Kinematografistlar uyushmasi va boshq.)
7.Milliy-madaniy markazlar (ular O‘zbekistonda yashayotgan milliy jamoalar (ozchilik) vakillarini milliy va etnik belgilariga qarab birlashtiradi, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyatlari va boshq.).
8.Ijtimoiy ahamiyatli qatlamlar va ijodiy manfaatlar bo‘yicha birlashmalar (Veteran jangchilar birlashmasi, Avtomoto havaskorlarining ko‘ngilli jamiyati, Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati, Turistlar klubi, Havaskor qo‘shiqchilar klubi va boshq.).
Bundan tashqari, NNTlar qatoriga turli shakllarga mansub bo‘lgan tashkilotlarni kiritish mumkin:
Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar;
Kasaba uyushmalari;
Diniy tashkilotlar;
Turli sport federatsiyalari va uyushmalari251.
Mamlakatimizda 1991 yili jamoat birlashmalarining soni 200 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2000 yilda ularning soni 2300 taga, 2010 yilda – 5100 taga etdi. Bugungi kunda jamiyat hayotining turli sohalarida 8 ming 100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu degani 2010 yilga nisbatan 1,6 marta ko‘p demakdir252.
Mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlarining 39 foizi hukumat va uning quyi organlari tashabbusi bilan tuzildi. Mavjud nodavlat notijorat tashkilotlarining 16,1 foizini sport, 10,4 foizini yoshlar, 10 foizini huquqiy va demokratik institutlarni mustahkamlash, 9 foizini siyosiy partiya tashkilotlari, 8,4 foizini nogiron va imkoniyati cheklanganlar huquq va manfaatini himoya qilish, 6,4 foizini madaniyat-ma’rifat va tarix yo‘nalishi, 6,3 foizini kasaba uyushmalari, 5 foizini xotin-qizlar, 4,4 foizini favqulodda vaziyatlar, 4,2 foizini faxriylar, 3,8 foizini sog‘liqni saqlash, 3,4 foizini tadbirkorlar va fermerlar hamda qolgan 12,6 foizini boshqa sohalar tashkil etadi253.
Mamlakatda milliy mustaqillikning dastlabki davrlarida O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamg‘armasi tashkil topdi. O‘tgan davr ichida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro nohukumat xayriya jamg‘armasi, «Ekosan» xalqaro ekologiya va salomatlik jamg‘armasi, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi, Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi, Xalqaro Imom Buxoriy jamg‘armasi, «Oltin meros» jamg‘armasi, respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, «Xalq birligi» harakati, O‘zbekiston faxriylarini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar Palatasi, Milliy matbuot markazi, Baynalmilal madaniy markaz, respublika «Iste’dod» jamg‘armasi kabi nodavlat tashkilotlar tuzildi. O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi esa demokratik prinsiplar asosida butunlay qaytadan tashkil etildi. SHu bilan birga, O‘zbekiston «Tadbirkor ayol», O‘zbekiston Bolalar jamg‘armasi, «Ayol va salomatlik», «Mehr», «Ayollar resurs markazi», «Ayol va jamiyat» instituti kabi xotin-qizlar muammolarini hal etishga qaratilgan va ular manfaatlarini ifodalaydigan nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Keyingi o‘n yilliklarga kelib O‘zbekiston ijtimoiy hayoti uchun butunlay yangi bo‘lgan nodavlat tashkilotlar tuzila boshlandi. XXI asrda texnologik jarayonlarning ko‘payishi, avtomobil harakatlarini keskin oshishi, plastik mahsulotlarning maishiy turmushga kirib kelishi natijasida ekologik xavf kuchaydi. Ana shu xavf oqibatlariga qarshi kurash maqsadida mamlakatdagi ekologiyaga oid tashkilotlar tashabbusi bilan 2008 yil 2 avgustda O‘zbekiston Ekologik harakati tashkil etildi. Bu harakat fuqarolik jamiyati instituti sifatida faoliyat yurita boshladi. Uning asosiy shiori - “Atrof muhit ozodaligi – salomatlik garovi” aholi o‘rtasida tezlik bilan yoyilib ketdi. Bu harakatning faol harakati bilan aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirishga oid turli tadbirlarni amalga oshirish an’anaga aylan boshladi.
O‘zbekiston ekologik harakati faollarining ona tabiatni asrash, inson salomatligini himoya qilish, shaharlarda daraxtlar va turli o‘simliklarni ko‘paytirishga doir faoliyati o‘z samarasini bera boshladi. SHuningdek, ekoharakatning «Sog‘lom muhit - inson salomatligi» g‘oyasi ham o‘z atrofiga aholining turli ijtimoiy qatlamlarini birlashtira boshladi. Ekoharakat quyidagi dasturiy vazifalarni ilgari surdi:
Ekoharakatning asosiy e’tibori atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish mamlakatimiz har bir fuqarosining umumiy vazifasi bo‘lib qolishiga yo‘naltiriladi. Ushbu maqsadlarda Ekoharakat o‘z sa’y-harakatlarini:
-o‘z ishtirokchilari va tashkilotlarida, hamkorlarida mintaqaviy, milliy va mahalliy ekologik hamda aholi salomatligi muhofazasi yaxlit dasturlarini ishlab chiqish va bajarishdagi amaliy ishtiroklarini faollashtirishga qaratilgan sa’y harakatlarni shakllantirish;
-Ekoharakat ishtirokchilari va hamkorlarining davlat organlari va jamoat tuzilmalari tomonidan mavjud ekologik muammolarini hal etish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish sohasidagi qonun huj¬jatlari ijrosi borasidagi mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan faoliyatini muvofiqlashtirish;
-jamoat birlashmalari, jamoat fondlari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining muayyan ekologik muammolarni hal etishdagi hamkorliklari samaradorligini oshirish va rivojlantirishga yo‘naltiradi.
Xususan Ekoharakat:
-fuqarolarning qulay atrof tabiiy muhitga bo‘lgan huquqini himoyalashga hamda tabiatdan foydalanish sohasida iqtisodiy mexanizmlarni joriy etishga qaratilgan ekologik xavfsizlikni kompleks tarzda ta’minlash bo‘yicha qonun hujjatlarini qabul qilish va ularni amalga oshirishga;
-mamlakatda ekologik huquq buzarliklar va tabiatga boshqacha tarzda zarar etkazganlik uchun korxona va tashkilotlarning, mansabdor shaxslar va alohida fuqarolarning javobgarligini kuchaytirishga qaratilgan chora tadbirlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga;
-ekologik huquqbuzarliklar va tabiatga zararli bo‘lgan boshqa ta’sirlar oqibatlarini bartaraf etish, shu jumladan transchegaraviy ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarda ham, ular tomonidan atrof-muhitga va inson salomatligiga etkazilgan zararni qoplashni huquqiy jihatdan tartibga solish hamda huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga intiladi254.
O‘zbekiston ekologik harakatning parlamentda o‘zining vakillari bo‘lishi tarixiy zarurat sifatida paydo bo‘ldi. Parlamentda tabiatni asrash va ekologiyani yaxshilashga qonunchilikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 150 ta deputatdan 15 tasining O‘zbekiston ekologik harakati tomonidan saylanishiga doir huquqiy asos yaratildi. Buning natijasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 15 deputatdan iborat fraksiyasi faoliyat yuritishi qonuniy tarzda rasmiylashdi. 2009 yil va 2014 yil dekabrda Ekoharakat konferensiyasida saylangan mazkur deputatlar guruxi atrof muhit muhofazasiga oid ko‘plab qonunlar loyihalarini ishlab chiqishda va ularni qabul qilishda bevosita ishtirok etib kelmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat. O‘zbekistonda YUrtimizda fuqarolik jamiyati instituti sifatida shakllangan va tobora rivojlanib borayotgan turli millatlarning milliy-madaniy markazlari turli millatlar vakillarini madaniyati, tili va ma’naviy dunyosini rivojlantirishga xizmat qila boshladi. Milliy-madaniy markazlar mamlakatda o‘zaro tenglik asosida yashayotgan 130 ta turli millat va elatlarning manfaatlarini ifodalash, o‘zlari mansub bo‘lgan madaniyat, o‘z milliy qadriyatlari va urf-odatlarini yo‘qolib ketmasdan yashashi uchun ko‘mak berib kelmoqda.
Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markazlar, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 ta do‘stlik jamiyatlari muvafaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 14 tasi respublika ahamiyatiga molik tashkilot maqomiga egadir. Ularning 31 tasi koreys, 23 tasi rus, 10 tasi tojik, 9 tasi qozoq, 9 tasi tatar millatiga mansub faollar tomonidan tashkil etilgan. SHuningdek, mamlakatda 8 ta ozarbayjon, 7 ta turkman, 6 ta ukrain va qirg‘iz, 5 ta turk va Evropa yahudiylar millatiga mansub bo‘lgan milliy-madaniy markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. SHuningdek, nemis, polyak va arman, uyg‘ur, arab, bolgar, boshqird, grek, gruzin va boshqa millat vakillari ham o‘zlarining milliy-madaniy tashkilotlari tarkibida turli madaniy tadbirlar va anjumanlar vositasida faol ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlantirishda 2005 yilning 10 iyunida «O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy Assotsiatsiyasi»ning tashkil topishi muhim ahamiyat kasb etdi. Uning asosiy maqsadlari sifatida qo‘yidagi faoliyat yo‘nalishlari belgilandi:
-ixtiyoriy ravishda a’zo bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotini yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilish, demokratik qadriyatlarni mustahkamlashdagi ishtirokini, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotdagi faolligini, huquqiy davlat asoslarini mustahkamlash va inson haq-huquqlarini himoya qilishdagi o‘rnini yanada kengaytirish;
-davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan muvozanatda o‘zaro va ikki tomonlama manfaatli muzokaralar orqali jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlari manfaatlarini ifoda
etishda nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtirokini ta’minlash255.
Hozirgi davrga kelib «O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy Assotsiatsiyasi»ga 400 dan ortiq turli respublika miqyosidagi va viloyatlarda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar a’zo bo‘lib kirdilar.
Mamlakatda mustaqil, barqaror, aholining turli qatlamlari qo‘llab-quvvatlaydigan fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishga, ijtimoiy ahamiyatli muammolarni hal etishdagi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy va ish faolligini oshirishdagi rolini kuchaytirish maqsadlarida 2005 yil 26 iyulda «O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash fondi» tashkil topdi. Uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
-zarur moddiy vositalar va moliyaviy mablag‘larni yig‘ish, jumladan fuqarolik jamiyati institutlarining, eng avvalo, aholi qo‘llab-quvvatlaydigan, mustaqil respublika fuqarolarining u yoki bu manfaatlarini qondirish va himoya qilish bo‘yicha ularning oldida turgan vazifalarni mustaqil hal etuvchi nodavlat notijorat tashkilotlarining rivojlanishini rag‘batlantirish uchun mo‘ljallangan mahalliy, chet el, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlarning grantlarini jalb etish;
-eng muhim gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa ijtimoiy ahamiyatli muammolarni hal etishdagi fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga, fuqarolik jamiyatining institutlarini rivojlantirishga qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlar loyihalari va dasturlarini moliyalash256.
O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyati davlat tomonidan subsidiya, grant, ijtimoiy buyurtmalar berish shaklida qo‘llab-quvvatlanmoqda. 2008 yildan hozirga qadar Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi ko‘magida NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari assotsiatsiyalari va birlashmalarining 600 ga yaqin ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha, dastur, ustav vazifalari amalga oshirildi257. Faoliyati davomida ishlab topilgan barcha mablag‘larni NNT o‘zlarining dasturlarini kengaytirish va moliyalashtirishga yo‘naltiradi. Albatta, o‘z o‘rnida, NNT ijtimoiy muammolarni hal qilish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat va san’atni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarni jamiyatni boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish kabi faoliyati bilan fuqarolik jamiyatini rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Ўзбекистонда ННТни молиялаштириш манбалари
Ташқи манбалар
Ички манбалар
(таъсисчилар маблағлари, аъзолик бадаллари, тижорат фаолияти даромадлари ва бошқ.)
Ўзбекистон юридик ва жисмоний шахсларидан олинадиган маблағлар (ҳадялар, хайрия ва бошқ.)
Давлат томонидан молиялаштириш (субсидиялар,грантлар – асосан Олий Мажлис ҳузуридаги Ижтимоий фонд томонидан)
Хорижий донорлар маблағлари (грантлар)
SHuningdek, O‘zbekistonda BMTning Rivojlanish Dasturlari asosida o‘nlab xorijiy nodavlat tashkilotlar o‘z vakolatxonalari va boshqa vakillik idoralarini tashkil etdi. Jumladan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakolatxonasi, BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) vakolatxonasi, Xalqaro rivojlanish bo‘yicha AQSH agentligi vakolatxonasi, «Britaniya Kengashi» («British Council»), Konrad Adenuer jamg‘armasining Markaziy Osiyo va Qozog‘iston mamlakatlari bo‘yicha vakolatxonasi, Fridrix Ebert jamg‘armasi vakolatxonasi, Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi («ACCELS»), Markaziy Osiyoga beg‘araz yordam tashkiloti («CAFE»), Germaniya Agroaksiya tashkiloti, YUNESKO vakolatxonasi, «Global Involment» nomli ta’limga doir tashkilot, Osiyo madaniyati va rivojlanish instituti, AQSHning «Mehr-muruvvat korpusi» va ekologiyaga oid «KOFUTIS» tashkiloti, fuqarolik jamiyati qurishga ko‘maklashuvchi «Krosslink Development Interneshnl» xalqaro tashkiloti, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Buyuk Britaniyaning «Rivojlanish uchun hamkorlik» tashkiloti, AQSHning Xalqaro tadqiqotlar va o‘zaro almashishlar kengashi (IREX), Evroosiyo jamg‘armasi, Germaniyaning «Gyote instituti», Fransiyaning «Alyans Franse» tashkiloti, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Koreys agentligi, Rivojlanish va hamkorlik bo‘yicha Turkiya agentligi, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha YAponiya agentligi, kabi yuzdan ortiq xorijiy mamlakatlar nodavlat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallari turli sohalarida keng faoliyat yuritmoqda258. Hozirgi davrda mamlakatda 50 ga yaqin xorijiy mamlakatlar NNT va ularning vakolaxonalari faoliyat olib bormoqda.
Mamlakatda XXI asr boshlarida «Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» konseptual siyosiy dasturni amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, markaziy davlat organlarining ayrim vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarga bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlari boshlandi. Bu sohada quyidagi yo‘nalishlarda islohotlar bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilmoqda:
-birinchidan, jamiyat a’zolarining ongi, irodasi, madaniyati, ma’naviyati va bilimi yuksak darajada bo‘lishiga erishish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiga alohida e’tibor berish;
-ikkinchidan, jamiyat a’zolarining manfaatlari uyg‘unlashuvi jarayonlarini shakllantirish, jamiyat manfaatlarining shaxsiy manfaatlar bilan mushtarakligiga erishish;
-uchinchidan, jamiyatning takomillashuvi va yangilanishi uchun kuchli va real siyosiy, iqtisodiy, madaniy imkoniyatlarni shakllantirish;
-to‘rtinchidan, jamiyat a’zolari va tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik asosida jamiyatning umumiy manfaatlarini uyg‘unlashtirish;
-beshinchidan, jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar ta’sirini kuchaytirish, ularga ongli ravishda bo‘ysunish amaliyotini vujudga keltirish;
-oltinchidan, siyosiy hokimiyatning o‘z vazifalarini to‘liq bajarishiga kengroq va qulayroq imkoniyatlar yaratish, siyosiy hokimiyatga nisbatan jamiyat a’zolari ishonchini kuchaytirish, uning aholi tomonidan keng va faol qo‘llab-quvvatlanishiga erishish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi islohotlarni yanada chuqurlashtirish davrida «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini hayotga tatbiq etish jarayonlaridagi muammolardan biri, bu - turli ijtimoiy qatlamlar shakllanishining sekin kechishi natijasida ularning turli manfaatlari nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida ifodalanishi qiyin kechmoqda. CHunki, «uchinchi sektor» tashkilotlari u yoki bu ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini ifodalay olish qobiliyatiga ega bo‘lgandagina fuqarolar ular faoliyatida ishtirok etishga moyil bo‘ladilar. Aks holda esa fuqarolar nodavlat notijorat tashkilotlariga befarqlik bilan qaraydilar.
Mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlarining aksariyat qismi hali o‘zlari tayanadigan ijtimoiy qatlamlarni aniqlashtirib olmaganliklari yoki o‘zlarini biron-bir ijtimoiy qatlam manfaatlarini ifodalovchi tashkilot darajasiga etkaza olmaganliklari uchun ham ular faoliyatiga fuqarolarni jalb etish muammolari o‘z echimini topganicha yo‘q. Ayniqsa, hali ham aksariyat jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlarning rahbarlari va faollarining eski byurokratik nomenklatura tizimida orttirgan ruhiyati va ish uslublaridagi tajribalari, xuddi davlat organlariga xos rahbarlik kabi faoliyati hamon saqlanib qolayotganligi achinarli holdir. Ularning ba’zilari esa hali ham davlat hokimiyati organlarini o‘zlarining bevosita rahbarlari-nazoratchilari deb bilmoqdalar.
Mamlakatdagi kasaba uyushmalarini fuqarolik jamiyati instituti sifatida demokratlashtirishdagi muhim vazifalardan biri – bu xalqaro tajribalardan kelib chiqib, mehnat jamoalaridagi boshlang‘ich kasaba uyushmalarining tashkiliy va ijtimoiy himoyaga taalluqli faoliyatini yuksaltirish, ijtimoiy sherikchilikda ham ularning hal qiluvchilik rolini ko‘tarish, ularni mustaqil tashkilot sifatidagi maqomini ta’minlash, shuningdek, tarmoqlar kasaba uyushmalari atrofiga jipslashtirish fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga muhim e’tibor berishdir.
Mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishdagi yana bir muhim muammolardan biri, bu - fuqarolar siyosiy madaniyati va huquqiy madaniyatlari demokratik asoslarda shakllanishiga erishishdir. SHuningdek, fuqarolarning ijtimoiylashuv jarayonlarini amalga oshirishda nodavlat tashkilotlarning o‘rnini oshirish ham hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |