1-mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi reja



Download 2,15 Mb.
bet113/151
Sana31.12.2021
Hajmi2,15 Mb.
#207920
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   151
Bog'liq
Ma`ruza matni strategiya 1

1.Saylov tushunchasi, mohiyati va tiplari.

Jamiyat a’zolari tomonidan davlat hokimiyatini shakllantirish maqsadlarida o‘tkaziladigan saylovlar faqat demokratiyaning belgisi yoki ko‘rinishi bo‘lmasdan, shu bilan birga, uning zaruriy yashash sharti hamdir. BMT Bosh Assambleyasining 1948 yil 10 dekabrida qabul qilingan «Inson huquqlarining umumjahon Deklaratsiyasi»ning 21-moddasida demokratik prinsiplar asosidagi saylovlarning inson huquqi sifatidagi o‘rni qu­yidagicha ta’riflanadi: «Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali o‘z mamlakati boshqaruv ishida qatnashish huquqiga egadir. Xalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo‘lishi kerak; bu iroda yashirin ovoz berish yoki ovoz berish erkinligini ta’minlovchi boshqa shunga teng ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy va teng saylov huquqi asosida ifodalanishi lozim»186.

BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan xalqaro saylov standartlari bir qator xalqaro hujjatlarda o‘z ifodasini topdi. Ular asosan quyidagilardan iboratdir:

1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan);

2. 1950 yildagi Insn huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Evropa konvensiyasi (unga 1-bayonnoma ilova qilinadi);

3. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (BMT, 1966 yil 16 dekabr).

4. Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (EXHT) insoniylik mezonlari bo‘yicha konferensiyasi Kopengagen Kengashining hujjati (Kopengagen, 1990 yil 29 iyun).

5. 1994 yilda qabul qilingan “Erkin va adolatli saylovlar mezonlari to‘g‘risida”gi Parij deklaratsiyasi.

BMT tomonidan saylov standartlariga yangi xalqaro me’yoriy norma 2005 yil 27 oktyabrda kiritildi. U BMTning «Saylovlarni xalqaro kuzatish prinsiplari Deklaratsiyasi» deyiladi. Mazkur Deklaratsiyada haqiy demokratik saylovlar – bu mamlakat aholisining suveren huquqlarining ifodasi, hukumat vakolatlari va qonuniyligining asosi bo‘lmish erkin xohish-irodasining bildirilishi, degan qoida bilan mustahkamlab qo‘yildi. EXHTning saylov prinsiplari eng muhim ettita: universallik, tenglik, erkinlik, adolatlilik, yashirinlik, shaffoflik va hisobot berish so‘zlarida o‘z ifodasini topgan. Bu har bir ovoz hisobga olinishini va har bir fuqaro davlat hokimiyatining vakolatli organlarini shakllantirishga ko‘maklashishi mumkinligini anglatadi.

EXHTning Kopengagen hujjatida ko‘zda tutilgan majburiyatlar 1990 yilda Parij xartiyasiga muvofiq tashkil etilgan va dastavval EXHTning «Erkin saylovlar bo‘yicha byuro» deb ataladigan Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) uchun saylovlar bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha qo‘llanma hisoblanadi. DIIHB o‘z faoliyatini 1991 yilning may oyida boshladi va EXHTga a’zo davlatlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha EXHTning asosiy instituti hisoblanadi. U, jumladan, «inson huquqlari va asosiy erkinliklarining to‘la hurmat qilinishini ta’minlash, qonuniylik asosida ish ko‘rish, demokratiya prinsiplarini hayotga joriy etish va ... demokratik institutlarni tashkil etish, mustahkamlash va himoya qilish, shuningdek butun jamiyat ko‘lamida murosaga kelish prinsiplarini rivojlantirish»187ga da’vat etilgan.

DIIHB – Evropada saylovlarni kuzatish sohasida etakchi institutdir. U EXHT mintaqasida o‘tkaziladigan saylovlarni muvofiqlashtiradi hamda ularning milliy qonunchilikka va xalqaro standartlarga muvofiqligini baholash uchun har yili minglab kuzatuvchilardan iborat guruhlarni tashkil etadi. DIIHB saylov jarayonining barcha bosqichlari monitoringi uslubiyotini ishlab chiqqan. DIIHB o‘z-o‘ziga ko‘maklashish loyihalari vositasida EXHTga a’zo davlatlarga ularning saylov tizimlarini

yaxshilashda yordam ko‘rsatadi188.

Saylovlar tizimi – huquqiy me’yorlarda mustahkamlab qo‘yilgan, shuningdek, davlat va jamiyat institutlari faoliyatlari tajribasida shakllangan vakillik organlari yoki ayrim rahbarlik vakilini saylashni o‘tkazish va tashkil etishga doir tartibotdir. Saylovlar tizimi – siyosiy tizimning tarkibiy qismidir. SHu bilan birga, saylovlar tizimining o‘zi ham boshqa tizimlar kabi tizilmaviy qismlarga bo‘linadi: ularning ichida ikkitasi alohida ajralib turadi: birinchisi, fuqarolarning saylov huquqi – nazariy-huquqiy komponent; ikkinchisi esa saylov jarayonlari – amaliy-tashkiliy komponentdir.

Fuqarolarning saylov huquqi ularning saylovlardagi ishtirokini, saylovchilar va saylanuvchi organlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi, shuningdek, keyinchalik saylovchilar ishonchini oqlamagan vakillarni chaqirib oluvchi tartibotlarning huquqiy me’yorlari majmuasidir. Fuqarolarning saylov huquqi tushunchasi fuqarolarning saylovlarda ishtirok etish huquqi sifatida torroq ma’noda – saylovchi sifatida (faol saylov huquqi) yoki saylanuvchi sifatida (passiv saylov huquqi) qo‘llaniladi.

Jamiyat a’zolarining davlat hokimiyati organlariga bo‘lgan saylovlardagi keng ishtiroki demokratik siyosiy jarayonning tarkibiy qismidir. Demokratik saylovlar davlat va jamiyatni va ularning takomillashgan modellarini shakllantirish maqsadlaridagi tarixiy rivojlanishning ziddiyatli izlanishlari natijasi o‘laroq paydo bo‘lgan institutdir. XX asrga kelib davlat hokimiyati organlarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan demokratik saylovlar jahondagi aksariyat mamlakatlar siyosiy hayotidagi tabiiy bir jarayonga aylandi. SHu bilan birga, har qanday saylovlarni ham demokratik qadriyatlar qatoriga kiritish ham qiyin masaladir. Saylovlarni davlat va fuqarolik jamiyati o‘zaro muvozanatidagi holatlaridan kelib chiqib bir necha turlarga bo‘lish mumkin.

Umume’tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillardan biri quyidagicha ifodalanadi:«Demokratik idora etish erkin va adolatli saylovlar davomida muttasil ifodalanib boradigan xalq irodasiga asoslanad189. Turli mamlakatlarda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanishi darajasini saylov huquqi prinsiplariga muvofiq ravishda, ya’ni ularda o‘tkazilgan saylov tizimini ifoda etuvchi saylovlarini tasniflash asosida belgilash mumkin. Saylovlarga doir quyidagi bir-biriga qarama-qarshi bo‘lingan juftlik asosida qabul qilingan tushunchalar u yoki bu mamlakatning demokratik rivojlanish darajasini aniqlashga yordam beradi. Unga muvofiq saylovlar quyidagicha o‘tkazilishi mumkin: umumiy – chegaralangan (senzli) ; teng – noteng; to‘g‘ri – bilvosita; yashirin – ochiq ovoz berish. Bu saylovlar tasniflangan har bir juftlikning chap tomonidagi tushunchalarga amal qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar asosidagi saylovlar o‘tkazilishini bildiradi.

Fuqarolik jamiyati davlat hokimiyatiga bo‘ysundirilgan mamlakatlarda avtoritar rejimga xos saylovlar amal qiladi. Deputatlar tarkibi va saylovoldi dasturlar mazmuniga doir barcha asosiy qarorlar oldindan mamlakat siyosiy rahbariyati xohishiga mos ravishda shakllanadi. Bu kabi saylovlarda deputatlar nomzodlari oshkor etilmaydi, ularning shaxsi va dasturlari to‘g‘risida saylovchilar yaxshi tasavvurga ega bo‘lmaydi. Deputatlikka nomzodlar saylovchilar vakili sifatida emas, balki idora etuvchi partiyaviy-davlat vakillari sifatida namoyon bo‘ladilar.

Totalitar siyosiy tizim mafkuraviy niqoblar ostida o‘zining haqiqiy mazmunini turli usullar bilan niqoblab, «xalq irodasini», shuningdek «oliy darajadagi demokratiyaga mansub ekanligini» ifodalashga da’vogarlik qiladi. Bu siyosiy tizim demokratiyaning nomuqobil shaklidan foydalanib, umumxalq qo‘llab-quvvatlashi ko‘rinishini shakllantirishga intiladi.

Saylovlarning ikkinchi turi davlat bilan fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi o‘zar muvozanat beqaror bo‘lgan mamlakatlar uchun xosdir. Bu kabi mamlakatlarda saylovlar demokratik rejimlar chuqur ildiz otmagan, davlat etakchilarining demokratik intilishlari antidemokratik kuchlar qarshiligiga uchraydigan mamlakatlarda uchrab turadi. Bu kabi mamlakatlarda ko‘pincha xalq tomonidan saylangan hokimiyatning vakillik organlari turli kuchlar va bosimlar ostida o‘zining yashash qobiliyatini yo‘qotadi.

Jamiyatning avtoritarizmdan demokratiyaga o‘tish muammolari quyidagi ikki noma’lumli tenglamani echish bilan bog‘liqdir: aholi qo‘llab-quvvatlashini yo‘qotish sharoitida oldingi rejimdan o‘tish davrini bosqichma-bosqichlik asosida amalga oshirish. Bu murakkab vazifani hal etish o‘tish davri qator bos­qichlarini siyosiy texnologiyalar, jumladan, takrorlanib turuvchi saylov jarayonlari vositasida qulaylashtirishni talab etadi. Demokratiyaga bosqichma-bosqich o‘tish quyidagi turli darajalardagi davlat hokimiyati organlariga saylovlar bilan bog‘liqdir: o‘zini o‘zi boshqarishning mahalliy tizilmalarini saylash; mintaqaviy darajalarda siyosiy partiyalar va harakatlarni shakllantirish va ularning rahbar organlarini saylash yo‘li bilan saylov oldi kurashlari uchun siyosiy kengliklarni shakllantirish; ijro hokimiyati rahbarlarini saylash;

Ko‘rinib turibdiki, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish demokratik saylovlar vositasida ro‘y beradi. Avtoritarizmdan demokratiyaga o‘tish muddati esa o‘n yilliklar, avlodlar almashinuvi va qator demokratik saylovlar bilan o‘lchanadi. Ko‘ppartiyaviylik amaliyoti tajribasining kamligi o‘zaro siyosiy chidamlilikni (tolerantlikni) shakllanishiga imkon beruvchi ijtimoiy demokratik shart-sharoitlarning noqulay bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Natijada, o‘tish davri muddatlari cho‘zilib boraveradi. SHuningdek, ba’zi mamlakatlarda shoshma-shosharlik bilan demokratiyaga tezlik bilan o‘tishga intilishlar ko‘pincha soxta demokratiya shaklidagi avtoritarizmni qayta tiklaydi190.

SHuningdek, saylovlarga doir takomillashmagan qonunchilik, demokratik an’analar va saylovlarning borishi ustidan xalq nazoratining etishmasligi davlat bilan fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi o‘zaro muvozanati beqaror bo‘lgan mamlakatlar uchun xarakterlidir. Bu kabi holatlar saylovlar natijalarini soxtalashtirishlarga olib kelishi ham muqarrardir. SHuning uchun ham bu mamlakatlar uchun har bir o‘tkazilgan haqiqiy demokratik saylovlar huquqiy davlat qurishning mashaqqatli yo‘lidagi kichik, lekin shu bilan birga, eng zaruriy bo‘lgan muhim qadamdir.

Saylovlarning uchinchi turi - demokratik rejimlardagi, ya’ni davlatlar fuqarolik jamiyatiga bo‘ysungan mamlakatlar uchun xosdir. Fuqarolik jamiyati qurishni rivojlantirishning muhim sharti – davlat, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi o‘zaro muvozanat, tenglik, bir maromdagi rivojlanishning mavjudligidir. Ular o‘rtasida yuz berishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlar qo‘rqitish intizomi va hukmronlik usullari bilan emas, balki qonun oldida mas’ul bo‘lgan davlat hokimiyati, huquqiy va siyosiy vositalar bilan muvofiqlashtiriladi.

Turli mamlakatlardagi saylovlarda o‘zaro siyosiy muxolifatdoshlikka asoslangan demokratiya tabiatiga xos saylovlarning bir qancha umumiy tomonlari mavjuddir. Bular: hokimiyatga da’vogarlik turli siyosiy kuchlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, idora etuvchi elitani erkin demokratik saylovlar vositasida shakllantirishning an’anaviy qoidalarini hurmat qilishdir. Bu kabi rivojlangan mamlakatlardagi saylovchilar va deputatlikka nomzodlar xulqi avtonom va ratsional-maqsadlilik xarakteriga egadir. Bu mamlakatlar jamiyatlarida saylovlar siyosiy elitani shakllantirishning haqiqiy mexanizmi sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda saylovlar aholiga rasmiy siyosat yo‘nalishlariga ta’sir etish uchun imkoniyatlar yaratadi, ularni o‘zining manfaatlariga monandlashtira oladi. Natijada, davlat hokimiyati organlariga bo‘lgan saylovlar rasmiy va norasmiy sub’ektlarning o‘zaro hamkorlik qilishi legitimligini ta’minlaydi, bu jarayonlarda ijtimoiy tartibotning saqlanishiga va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga erishiladi.

Fuqarolik jamiyati fuqarolarning o‘z irodalarini erkin ifodalashlariga, barcha markaziy organlarni xalq tomonidan saylanishi yo‘li bilan davlat hokimiyatida vakillik munosabatlarini shakllanishiga asoslangan liberal-demokratik yoki konstitutsion legitimlikning rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Legitimlikning bu kabi shakli g‘arb jamiyatlarining uzoq davrlar sotsioiqtisodiy va sotsiomadaniy evolyusiyasi natijasi o‘laroq shakllanib, u hozirgi davrda jahon taraqqiyotining etakchi tamoyiliga aylandi191.

Dunyoning ko‘plab demokratik mamlakatlari o‘zlarining Konstitutsiyalari yoki maxsus saylovlarga doir qonunlarida fuqarolarni yashirin ovoz berish orqali umumiy va teng saylovlar huquqlarini e’lon qilgan.

Demokratik jamiyatda saylovlardagi kurashlar siyosiy partiya faoliyatining asosiy kurashlar maydoni hisoblanadi. Har bir partiya o‘z elektoratini ko‘paytirishga intiladi. Elektorat saylovlarda u yoki bu partiyaga ovoz beradigan saylovchilardir. Masalan, sotsial-demokratik partiyalar elektorati asosan ishchilar, ziyolilar, xizmatchilar, mayda mulkdorlardan iboratdir. AQSH demokratik partiyasi elektoratini, odatda, ko‘proq mamlakatning rangli aholisi tashkil etadi. Bir saylovdan ke­yingi saylovgacha u yoki bu partiyaning elektorati soni va sifati jihatlaridan o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, Buyuk Britaniyada Leyboristlar partiyasi Liberallar partiyasini ikkipartiyaviy tizimdan siqib chiqarganidan keyin leyboristlar elektorati liberallar hisobiga sezilarli darajada ko‘paydi.

Hozirgi zamon davlatlarida ovoz berish nafaqat fuqarolik huquqi, balki fuqarolik majburiyati hamdir. Ba’zi mamlakatlarda saylovda qatnashmaganlik uchun ham jazo choralari belgilangan. Masalan, Belgiya, Niderlandiya, Avstraliya kabi mamlakatlarda jarima to‘lanadi. Pokistonda esa hattoki qamoq jazosi ham qo‘llaniladi. Ayrim mamlakatlarda esa «to‘polonlarni oldini olish» maqsadlarida ovoz berish uchun har bir saylov okrugi bo‘yicha mavjud nomzodlar soni ancha chegaralangan.

Ovoz berish yakunlari bo‘yicha saylovlar natijalarini aniqlash asosan ikkita katta saylov tizimi asosida kechadi: majoritar va proporsional tizimlar. Majoritar tizimda nomzod yoki nomzodlar ro‘yxati qonunda belgilanganidek, eng ko‘p ovoz olgandagina u yoki bu saylanadigan vakillik organiga saylangan, deb hisoblanishi bilan tavsiflanadi. Ko‘pchilik ovoz olish ham har xil bo‘ladi. Mutlaq ko‘pchilikni (50%+1 ovoz) talab etuvchi saylov tizimlari ham uchraydi. Bunday tizim, jumladan, Avstraliyada amal qiladi. Majoritar tizimdagi saylovlarda muayyan ko‘pchilikning o‘z raqiblariga nisbatan ko‘proq ovoz olishi ular nomzodining g‘alaba qilganligini bildiradi. Bu kabi holat «marraga birinchi kelganlar tizimi», deb ham ataladi. Hozirgi vaqtda bunday tizim AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, YAngi Zelandiya kabi mamlakatlarda qo‘llanilmoqda. Ba’zan birdaniga majoritar tizimning ikki xil ko‘rinishi ham qo‘llaniladi. Masalan, Fransiyada parlamentga deputatlar saylashning birinchi bosqichida mutlaq ko‘pchilikning ovoz olish tizimiga amal qilinsa, ikkinchi bosqichda esa nisbatan ko‘pchilikning ovoz olish tizimi qo‘llaniladi.

Saylovning proporsional tizimida berilgan ovozlarning miqdoridan kelib chiqib, barcha mandatlarning ana shu berilgan ovozlar o‘rtasida aniq proporsional taqsimlanishi ro‘y beradi. Bu tizim hozirgi zamonda ancha keng tarqalgan. Masalan, G‘arbiy Evropa, YAponiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida saylovlar ko‘pincha proporsional tizimda o‘tkaziladi. SHuningdek, bu tizim Belgiya, SHvetsiya va boshqa ko‘p mamlakatlar uchun ham xosdir192.

Proporsional tizim ikki xil ko‘rinishga ega: birinchisi, umumdavlat darajasidagi proporsional saylov tizimi (saylovchilar butun mamlakat doirasida siyosiy partiyalar uchun ovoz beradilar, unda saylov okruglari belgilanmaydi); ikkinchisi, ko‘p mandatli okruglarga asoslangan proporsional saylov tizimi (deputatlik mandatlari partiyalarning saylov okruglariga nisbatan ta’siri asosida taqsimlanadi).

Majoritar va proporsional tizimlar o‘zining ham yutuq, ham kamchiliklariga egadir. Majoritar tizimning ijobiy xususiyatlari shundaki, unda samarali faoliyat yurituvchi va barqaror hukumatni shakllantirish imkoniyati borligi bilan izohlash mumkin. SHuningdek, u katta va yaxshi uyushtirilgan siyosiy partiya­lar uchun saylovlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish imkoniyatlarini beradi.

Majoritar tizimning asosiy kamchiliklari quyidagilardir: mamlakat saylovchilarning ko‘pchilik qismi (ba’zan 50 % ga yaqin) hokimiyat organlarida o‘z vakillariga ega bo‘lmay qoladi; saylovlarda o‘z raqibiga nisbatan kam ovoz olgan partiya parlament­da ko‘pchilik deputatlik o‘rinlarga ega bo‘lib qolishi mumkin; saylovlarda bir xil yoki bir-biriga yaqin miqdorda ovoz olgan ikkita partiya hokimiyat organida bir xil bo‘lmagan miqdordagi nomzodlarni saylanishiga erishadilar (ba’zan, o‘z raqibiga nisbatan ko‘p ovoz olgan partiya bitta ham mandatga ega bo‘lmasligini kuzatish mumkin) . SHunday qilib, majoritar tizim biron-bir partiya yoki blok uchun vakillik organlarini saylashda ko‘pchilik ovozlarni va mandatlarni olishga yordam beradi.

Proporsional tizimning ustun tomonlari to‘g‘risida quyidagilarni keltirish mumkin: uning yordamida jamiyat siyosiy hayotidagi siyosiy kuchlarni joylashishining haqiqiy va aniq manzaralarini ko‘rish mumkin. U fikrlar xilma-xilligi va ko‘ppartiyaviylikning rivojlanishini, shuningdek, davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni ta’minlab beradi.

Proporsional tizimning asosiy kamchiliklari esa quyidagilardir: hukumatni shakllantirishda murakkabliklar yuzaga keladi (sababi: biron-bir ustunlik qiladigan partiyaning yo‘qligi, har xil maqsad va muddaolardagi partiyalarning ko‘ppartiyaviylik asosidagi koalitsiyani tuzishga majbur bo‘lishi, bu esa hukumat beqarorligini keltirib chiqarishi); ovozlarning aniq nomzodlarga emas, balki partiyalarga berilishi, partiyalar bilan deputatlar o‘rtasidagi aloqaning sustligi; deputatlarning o‘z partiyalariga ancha bog‘liq bo‘lib qolishlari (bu kabi erkinlikning chegaralanishi parlamentda qonunlar va muhim hujjatlar qabul qilish jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin)193.

XX asrning ikkinchi yarmiga kelib saylov tizimi o‘z taraqqiyoti va rivojlanish yo‘lida katta jarayonlarni bosib o‘tib, boy tajribalar to‘pladi. Majoritar va proporsional tizimlarning yaxshi tomonlari bir-biri bilan uyg‘unlasha boshladi. Aralash tizim doirasida ma’lum bir qism deputatlik mandatlari majoritar tamoyillar asosida taqsimlanishi, qolgan qism mandatlar esa proporsional tizim asosida taqsimlanishi rusumga kirdi. Saylov tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishda bu aralash saylov tizimi siyosiy barqarorlikka erishish yo‘lidagi eng samarali yo‘l ekanligini rivojlangan mamlakatlar tajribalari isbotlab bermoqda.



  1. Download 2,15 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish