Iste’mol savatchasi tarkibiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
Xullas, ichki iste’mol savatchasini ishlab chiqishda quyidagilarni inobatga olish zarur:
demografik omillar: oilalar katta-kichikligi va tuzilishi, aholining tarkibi va jins-yosh tuzilmasi va boshqalar;
ijtimoiy-iqtisodiy omillar: oilalarda oziq-ovqt mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarning haqiqatda iste’mol qilinishi; barcha guruhdagi aholining ehtiyojlari, ularning daromadi darajasi va boshqalar;
inson salomatligini saqlash va hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan eng kam iste’mol hajmlari hamda tovarlar va xizmatlar ro‘yxati bo‘yicha ilmiy tavsiyalar;
aholining ijtimoiy himoyalanishini ta’minlashga doir davlatning moliyaviy imkoniyatlari;
tovarlar va xizmatlarning real bozor narxlari;
boshqa mamlakatlarning tajribasi va boshqalar.
Fikrimizcha, yuqorida sanab o‘tilgan barcha omillar, xorij tajribasining tahlil natijalari bilan birga, iste’mol savatchasini ishlab chiqish aholi daromadlari va aholi turmush farovonligiga ta’sir etuvich asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |