Byudjet tizimi byudjetlari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari.
Byudjet tashkiloti – Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan saqlab turiladigan, davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan notijorat tashkilotdir.
Byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar – O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlaridan byudjet tashkilotlari hamda byudjetdan mablag‘ oluvchilar uchun nazarda tutiladigan pul mablag‘laridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |