1-mavzu. O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. O’zbek xalqining etnik shakllanishi. Ajdodlarimizning ja’on tsivilizatsiyasiga qo’shgan xissasi


IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda fan va madaniyatning ravnaqiga sabab bo‘lgan tarixiy shart-sharoitlar



Download 219,6 Kb.
bet25/30
Sana24.03.2023
Hajmi219,6 Kb.
#921124
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
1 мавзу сиртқи

1. IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda fan va madaniyatning ravnaqiga sabab bo‘lgan tarixiy shart-sharoitlar
IX-XII asrlarda yurtimizda ilm-fan, madaniyat shunchalik darajada yuksaldiki, bu yuksalish nafaqat yurtimiz taraqqiyotiga, hatto dunyo taraqqiyotiga ham o‘z ulushini qo‘sha oldi. Bu yuksalish davrini insoniyat uyg‘onish (renessans) deb tan olganligi bejiz emas, albatta. Bu yuksalishning sodir bo‘lishini aynan shu davrda yurtimizda qudratli markazlashgan davlatlar tashkil topib, o‘lkamizda tinchlik va osoyishtalik qaror topganligi, bu holatlar ilm-fan, madaniyat rivojiga imkon yaratganligi va bundan tashqari bu davrda hukmdorlik qilgan amir va podshohlarning aksariyati ilmli va ma’naviyatli bo‘lganligi, ularning o‘zlari ilm-fan, madaniyat rivojiga homiylik qilganligi bilan bog‘laydilar. Uyg‘onish sodir bo‘lishiga turtki bergan yana bir muhim omil islom ma’naviyati hamdir.
Yurtimizda uyg‘onish sodir bo‘lishiga turtki bergan islom ma’naviyati ta’siri tufayli Movarounnahr va Xorazmdan buyuk bir zotlar chiqdiki, ular dunyo ilm-fani rivojiga ham ulkan hissalarini qo‘sha oldilar.
IX-XII asrlarda nafaqat ilm-fan, madaniyat, moddiy ishlab chiqarish ham rivoj topdi. Hunarmandchilik va savdo ham taraqqiy etdi. Ayniqsa, bu holatlar yurtimiz rivojiga qadimdan o‘z hissasini qo‘shib kelgan Buyuk Ipak yo‘lining o‘rni va ahamiyatini yana ham oshirdi. Bu savdo yo‘li tufayli yurtimizda obod va go‘zal shaharlar soni ko‘payib bordi.


2. IX-XII asrlarda yashab ijod qilgan Markaziy Osiyolik buyuk allomalar va islomshunos mutafakkirlarning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiydir. U Marvdagi madrasada o‘qigan, arab, fors, hind va yunon tillarini egallagan. Arab xalifaligi taxtiga Xorun ar-Rashidning o‘g‘li Ma’mun chiqqach (813 yil), bu alloma Bag‘dodda ijod qilishni boshlaydi va u yerda tashkil etilgan “Bayt-ul-hikma” (Donishmandlar uyi)ning rahbarlaridan biri etib tayinlanadi. Bu holatni butun islom dunyosidagi olimlar orasida yurtimizdan chiqqan allomaning ilmiy jihatdan ustun ekanligini tan olinishi, deb tushunmoq lozim.
Muhammad ibn muso al-Xorazmiy o‘z ijodiy, ilmiy ishlarida birinchi o‘ringa xalq manfaatlarini qo‘yadi. U geografiya, tarix ilmi va ayniqsa matematika, geometriya, astronomiya fanlari sohasida barakali ijod qilgan.
Bu buyuk allomaning ilmiy ijodi orasida “Al-Jabr va al-Muqobala” asari alohida o‘rin tutadi. U o‘zining bu asarida muhim e’tiborni xalq manfaatlariga qaratib, shunday yozgan edi: “Men arifmetikaning sodda va murakkab masalalarini o‘z ichiga oluvchi “Al-Jabr va al-Muqobala” hisobi haqida qisqacha kitob yozdim. Chunki u odamlarga meros taqsimlash, vasiyatnoma yozish, boylik bo‘lish va adliya ishlari, savdo-sotiq, kanal qazish, geometrik hisoblashlar, shuningdek, boshqa munosabatlarda juda ham zarur”1.Xorazmiy bu asari bilan matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos soldi. “Algebra” atamasining o‘zi ham ushbu kitobning qisqacha “aljabr” deb ataluvchi qisqartirilgan nomining aynan ifodasi hisoblanadi. Bu kitob lotin imlosi bilan tarjima qilinganda G‘arbiy Yevropada “aljabr” so‘zi “Algebra” tarzida qabul qilingan.
“Al-Jabr va al-Muqobala” deb nomlangan bu asar o‘zbek tilida “To‘ldirish va qarama-qarshi qo‘yish” ma’nosini beradi.

Download 219,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish