1-mavzu. O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. O’zbek xalqining etnik shakllanishi. Ajdodlarimizning ja’on tsivilizatsiyasiga qo’shgan xissasi


G‘aznaviylar davlat boshqaruvida mansablar va xizmatlar1



Download 219,6 Kb.
bet22/30
Sana24.03.2023
Hajmi219,6 Kb.
#921124
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
1 мавзу сиртқи

G‘aznaviylar davlat boshqaruvida mansablar va xizmatlar1

Devonlar




Amir




Hojiblik




Vazir (bosh vazir) devoni




Dargoh




Ulug‘ hojib




Harbiy ishlar devoni




Viloyat boshlig‘i - voliy




Saroy hojibi




Rasmiy tadbirlar va hujjatlarni rasmiylashtirish devoni




Viloyat ijroiya boshqaruv ishlari – amid




Navbatchi hojib






Hisob-kitob, moliya devoni




Shahar boshlig‘i – rais




Hojib – jomador




Pochta – xabarchi devoni




Qal’a boshlig‘i – shihna qutvol


Sipohdor
(saroy xizmatchisi)




Sipohsalor
(Bosh qo‘mondrn)


Davotdor (Oliy hukmdor hujjatlari, yozuv-chizuviga mas’ul xizmatkor)




Salor (yuqori
darajadagi harbiy lashkarboshi)




Pardador (sir saqlovchi, yashirin vazifalarni bajaruvchi)




Sarhang (o‘rta
darajadagi harbiy lashkarboshi)




Murtabador (saroydagi o‘rta darajadagi amaldor)




Hayl (bir necha o‘n
otliqlar boshlig‘i)

1040 yilda Dandonikandagi jang tufayli g‘aznaviylar mag‘lub etilib, saljuqiylar sardori Xuroson hukmdori deb e’lon qilingan. Shu davrdan boshlab tariximizda Saljuqiylar nomi bilan qudratli sulola va davlatning hukmronlik yillari boshlangan. Bu sulola va davlat g‘olib o‘g‘izlarning bir paytlar qabila sardori bo‘lgan Saljuq ibn Do‘kakning nomi bilan tariximizga kirgan. Uning nabirasi To‘g‘rulbek (1038-1063) esa Saljuqiylar davlatining asoschisidir.
To‘g‘rulbek 1040 yilda Dandanakon jangida g‘aznaviylarni tor-mor etgach, g‘aznaviylar davlati mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan bir viloyatga aylanib qoldi.
G‘aznaviylardan tortib olingan yerlarni To‘g‘rulbek saljuqiylar xonadonining a’zolariga udel sifatida taqsimlab berdi. Chag‘ribek Davudga Marv va Xurosonning katta qismi, Muso Yobg‘uga (To‘g‘rulbekning amakisi) Tus, Hirot va Seyston viloyatlari berildi. To‘g‘rulbek o‘ziga Eronning shimoliy va shimoliy-g‘arbiy viloyatlarining katta qismini oldi. U hujumni davom ettirib Iroq Ajami (Fors Iroqi), Ozarbayjon, Kurdiston, Ko‘histonni zabt etdi. To‘g‘rulbek 1055 yilda Bag‘dodga kirib bordi va Bag‘dod xalafasini o‘z nomini xutbaga qo‘shib o‘qitishga majbur qildi. Saljuqiylar davlatining poytaxti qilib Ray shahri belgilandi.
1063 yilda To‘g‘rulbek vafot etgach, taxtga uning jiyani, Chag‘ribek Dovudning o‘g‘li Alp Arslon (1063-1072) o‘tirdi. Alp Arslon davrida davlat poytaxti hozirgi Marv shahriga ko‘chiriladi.
1072 yilda Alp Arslon qoraxoniylarga qarshi yurish chog‘ida (o‘z chodirida mahalliy qal’alarning boshliqlaridan biri Yusuf al-Xorazmiy tomonidan) o‘ldirildi.
Alp Arslon o‘rniga taxtga vorislik qilgan Malikshoh (1072-1092) ko‘p vaqt o‘tkazmay Termiz va Balxni qoraxoniylardan qaytarib oldi. Malikshoh 1089 yilda katta lashkar bilan Amudaryodan o‘tdi va Buxoro hamda Samarqand shaharlarini ham egalladi.
1092 yilda Malikshoh ham o‘ldirildi. Saljuqiylar davlatida isyon va g‘alayonlar boshlanib ketdi. Bu isyon va g‘alayonlar 1118 yilda hokimiyat tepasiga Sulton Sanjar (1118-1157) kelgach tinchidi. Uning davrida saljuqiylar Movarounnahrda eng yuksak mavqega erishdilar.
Biroq, Sulton Sanjarning o‘zi ham 1141 yili qoraxitoylar bilan Katvon cho‘lida (Samarqand yaqinida) bo‘lgan jangda qaqshatqich zarbaga uchrab, o‘zini o‘nglab ololmaydi va 1157 yilda vafot etadi. Shu tariqa saljuqiylar davlati ham barham topadi.
Xorazmshoh Muhammad (1200-1221) davrida Samarqand va Buxoro xorazmshohlar davlati tarkibiga kiritilgach, qoraxitoylarning Movarounnahrga bo‘lgan da’volariga chek qo‘yildi
O‘zbek davlatchiligida Xorazmshohlar davlati muhim o‘rinni egallaydi. Xorazmshohlar davlatini IV-X asrlarda afrig‘iylar, 995-1017 yillarda ma’muniylar (Ma’mun I, Abu Xasan Ali Ma’mun II), 1017-1041 yillarda oltintoshiylar (Oltuntosh, Xorun, Xondon) sulolalari idora etganlar.
Ammo Xorazm davlatini mamlakatdan mintaqa darajasiga chiqargan, boshqaruvning saltanat darajasiga erishgan so‘nggi sulola Anushteginiylar sulolasidir. Bu sulola nomi bobosining nomi bilan atalsada, Xorazmni saljuqiylardan mustaqil qilishga harakat boshlagan Otsiz (to‘liq ismi Malik Abu Muzaffar Alouddin Jaloliddin Otsiz) va Xorazmni mustaqil qila olgan uning o‘g‘li El Arslonlar haqiqiy sulolaning boshlovchilaridir. Ularning bobosi Anushtegin saljuqiylar davrida (1077 yil), aniqrog‘i Sulton Malikshoh tomonidan shihnalik (komendant ma’nosida) vazifasiga tayinlangan, o‘g‘li Qutbiddin Muhammad Xorazm valisi (hokimi) lavozimiga erishgan. Yuqorida zikr etilgan nabiralar esa Xorazmni qaram viloyatdan mustaqil davlatga aylantirganlar. Anushteginiylar – Xorazmshohlar tarixida to‘rtinchi suloladir.
Xorazmshohlar davlati Alouddin Muhammad (1200-1220) hukmronligi davrida hududi kengayib, qudrati kuchaydi. 1203 yilda u qoraxoniylar yordamida Xurosonni egalladi. U to‘liq Movarounnahrni egallashga kirishdi.
Qoraxitoylar tor-mor etilib, dovrug‘i oshgach, Xorazmshoh o‘ziga bino qo‘yib, takabburligi tufayli o‘zini “Iskandari Soniy”, “Allohning yerdagi soyasi” deb atashlarini ham buyuradi.
Xorazmshohlar davlati 1217 yilga kelib Ozarbayjon, Eron, Xurosondan Hindistongacha bo‘lgan hududlarni o‘z hukmronligi ostiga birlashtirgan edi. Xorazmshohlardan ota bolalar Takash (1193-1200) va Allouddin Muhammad (1200-1221) lar xalifalik markazi Bag‘dodni egallashni juda orzu qilganlar. Takash 1200 yil yozida Bag‘dodga harbiy yurish chog‘ida yo‘lda vafot etadi.
Xorazmshohlar davlat boshqaruvi ikki tizimdan: dargoh va devonlar majmuasidan iborat bo‘lgan. Dargohdagi Ulug‘ hojib mansabi egasi hatto vazirlar faoliyati ustidan ham nazorat qilgan.
Davlatdagi Tashtdor lavozimidagi kishi sultonning sirdoshi hisoblangan va u bilan doimo birga bo‘lib, faoliyat yuritgan. Shuningdek, saroyda Qissador (arz, va shikoyatlarni yig‘ib, sulton hukmiga havola etuvchi), Jomador, Da’vatdor (kotib), Bayroqdor (amiri a’zam), Maliki havas (xizmatkorlar boshlig‘i) lavozimlari bo‘lgan. Ijroiya ishlari vazirliklar tomonidan amalga oshirilib, Bosh vazir katta mavqega ega bo‘lgan. Bundan tashqari devonlar ham bo‘lib, ular ham o‘z vakolatlari doirasida ish yuritgan.

Download 219,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish