Mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar
Asqarov A. O‘zbek xalqining kelib chiqishi. -T.: O‘zbekiston, 2015.
Q.Ergashev, X.Xamidov. O‘zbekiston tarixi. O‘quv qo‘llanma. –T.: G‘afur G‘ulom, 2015.
Eshov B. O‘zbekiston tarixi. 1-kitob. -T.: Universiteti, 2015
Murtazaeva R.X. va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. O‘quv qo‘llanma. – T.:Akademiya, 2010
Oblomurodov N. Va boshq. O‘zbekiston tarixi. O‘quv qo‘llanma. –T.: Yangi asr avlodi, 2011.
Eshov B.J. O‘zbekiston davlatchiligi tarixi. O‘quv qo‘llanma–T.: Ma’rifat. 2009.
Usmonov Q. Va boshq. O‘zbekiston tarixi. Darslik. –T.: Sharq, 2007.
Murtazaeva R.X. va boshqalar. O‘zbekiston tarixi. Darslik.-T.: 2005
1.4-mavzu. V-XII asrlarda o‘zbek davlatchiligi: ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy va madaniy hayot.
4.1 Xioniylar va kidariylar. Markaziy Osiyo hududlariga ko‘chmanchi qabilalarning yurishlari.
4.2. Eftalitlar davlati va Turk hoqonligi davrida Markaziy Osiyo
4.3. O‘rta Osiyoning Arab xalifaligi tomonidan fath etilishi va uning oqibatlari. Markaziy Osiyo xalqlarining arablarga qarshi kurashi.
4.4. IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo hududidagi markazlashgan davlatlar. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayot.
Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: insert texnikasi, jamoada ishlash, baliq skeleti, keys stadi.
Tayanch so‘z va iboralar: Feodal munosabatlar. Yerga egalik. Kadivarlar. Kazovarzlar. Choqarlar. Termizshohlar. Chag‘oniyon. Sug‘diyona, Ipak yo‘li. Sosoniylar. Kidariylar. Eftaliylar. Eftaliylar davlati. Turk hoqonligi. Istami va Bumin. Shad. Ixshid. Ixrid. Jabg‘u. Chag‘onxudot. Arab xalifaligi. Islom dini. Ubaydulloh Ziyod. Qutayba ibn Muslim. Abu Muslim. Islom dinining yoyilishi. Soliqlar. G‘o‘rak. Divashtich. Muqanna. Oq kiyimlilar. Qur’on.
1.Xioniylar va kidariylar. Markaziy Osiyo hududlariga ko‘chmanchi qabilalarning yurishlari.
IV asrning o‘rtalarida kushon, eftaliy va xioniylar qabilalari birlashganlar. Arman tarixchilari bu qabilani “Xonlar” deb nomlashgan bo‘lsa, Vizantiyalik tarixchilar esa bu qabilani Xioniylar nomi bilan ataganlar.
Xioniylar qabilasi 356 yilda Eron sosoniylari podshosi Shopur II (309-379) tomonida turib Amida (Suriya) shahri qamalida qatnashgan. Keyin sosoniy podshoh Varaxran V (418-438) esa bularga qarshi kurash olib borgan. Xioniylarga qarshi kurash sosoniy podshoh Yazdigard II (438-457) davrida ham to‘xtamagan. Sosoniylarning ikkinchi yurishi paytida (453-454) Yazdigard qo‘shini xioniylar tomonidan tor-mor keltiriladi va shoh qatl etiladi.
V asr boshlarida massaget qabilalari ittifoqidan yana bir qabilaviy guruh-Kidariylar ajralib chiqadi. Ular ham bir necha bor sosoniylar Eroniga qarshi hujumlar uyushtirganlar. Ammo 456 yilda ular yengilib, o‘z podsholari Kungas boshchiligida Hindiqush orqali Qandahor (Peshovar)ga ketadilar va Shimoliy Hindistondagi Gupta podsholigini o‘zlariga bo‘ysundiradilar. (Ular bu yerda 75 yil hukmronlik qilganlar). Vizantiyalik va arman tarixchilari asarlarida Kidariylarni eftaliy, kushonlar bilan bir bo‘lgan deb yoziladi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, bu qabilalar o‘rtasidagi farq etnik xarakterda bo‘lmay, sulolaviy farqdir. Kidariylarning birinchi boshlig‘i va podshosi Kidar bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |