1-mavzu. O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. O’zbek xalqining etnik shakllanishi. Ajdodlarimizning ja’on tsivilizatsiyasiga qo’shgan xissasi


Turkiy tilli xalqlar va ularning o‘zbek xalqi etnogenezidagi o‘rni. Turkiy xalqlarning shakllanishi



Download 219,6 Kb.
bet14/30
Sana24.03.2023
Hajmi219,6 Kb.
#921124
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
1 мавзу сиртқи

2.Turkiy tilli xalqlar va ularning o‘zbek xalqi etnogenezidagi o‘rni. Turkiy xalqlarning shakllanishi
“O‘zbek” deb nomlangan xalqimizning kelib chiqishi tarixini o‘rganishda bir qator taniqli tarixchi, arxeolog olimlarimiz samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar. Bular orasida A.Asqarov, K.Shoniyozov1 kabi akademik olimlarimizning mehnatlarini alohida qayd etmoq lozim. So‘nggi yillarda A.Asqarov bir qator ilmiy asarlari va maqolalarida xalqimizning kelib chiqishi xususida bir qator ilmiy xulosalar ham berdi. Bu ilmiy xulosalarga ko‘ra har bir xalqning kelib chiqish tarixi ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich-etnogenez, ikkinchi bosqich-etnik tarixdan iborat. Xalq tarixining etnogenez qismi uning elat, xalq bo‘lib shakllanguniga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Xalq etnogenezi juda uzoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon. Uning ibtidosi qabila va qabila ittifoqidan boshlanadi. Qachonkim, aynan o‘rganilayotgan xalqning etnogenizi yakunlangach, uning etnik tarixi boshlanadi. Etnik tarix ham juda uzoq davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon bo‘lib, etnik tarix o‘z rivojining ma’lum nuqtasiga yetgach, uning millat bo‘lib shakllanish jarayoni boshlanadi. Mana shu ilmiy-metodologik asosdan kelib chiqqan holda xalqlarning etnogenezi va etnik tarixi o‘rganiladi. Har bir xalq hozirda yashab turgan hududlari bilan azaldan bog‘liqdir. Dunyoda biror xalq yo‘qki, o‘zining etnogenez bosqichida mintaqadagi boshqa etnik birliklar bilan aralashmagan bo‘lsa. Bundan o‘zbek xalqi ham mustasno emas. Shunday ekan, Movaraunnahr va qadimgi Xorazm hududlarida yashagan qadimiy qabila va elatlarning uzoq yillar davomida aralashuvi, qorishuvi jarayonida o‘zbek elati xalq bo‘lib shakllandi.
Etnogenez va etnik tarixni o‘rganishda birinchi navbatda o‘rganayotgan xalq etnogenezining qachondan boshlanganligini aniqlab olmoq lozim. Chunki, etnos faqat kishilik taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo‘ladi. Etnogenezning boshlang‘ich nuqtasi esa etnosning qadim zamonlarda yashagan “ajdodlari”ga borib taqaladi. O‘zbek xalqining qadimgi ajdodlari Movaraunnahr va qadimgi Xorazmning ikki til lahjalarida so‘zlovchi tub joyli o‘troq va chorvador aholisi bo‘lib, bu qabila va elatlarning birinchi bor bir-birlari bilan aralashish jarayoni o‘zbek etnogenezining boshlanishi, dastlabki nuqtasi hisoblanadi.



Download 219,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish