1-mavzu. O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. O’zbek xalqining etnik shakllanishi. Ajdodlarimizning ja’on tsivilizatsiyasiga qo’shgan xissasi


Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi



Download 219,6 Kb.
bet29/30
Sana24.03.2023
Hajmi219,6 Kb.
#921124
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
1 мавзу сиртқи

3. Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi.
Har ikkala tomon endi bo‘lg‘usi urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. 1219 yil sentabr oyida mo‘g‘ullar o‘zlarining birinchi zarbasini Xorazm davlatining chegara shahri bo‘lgan O‘trorga qaratdi. Shaharning yaxshi mustahkamlanganligi va uzoq mudofaaga tayyorlanganligini sezgan Chingizxon qo‘shinining bir qismini o‘z o‘g‘illari Chig‘atoy va O‘qtoy boshchiligida O‘tror qamaliga qoldirdi. Qolgan qo‘shinni uch qismga bo‘lib, bir qismini katta o‘g‘li Jo‘chi boshchiligida O‘trordan shimolda joylashgan Jand va Borchig‘lig‘kend qal’alarini egallashga, ikkinchi qismini Uloq no‘yon boshchiligida Binokat va Xo‘jand shaharlarini egallashga jo‘natdi. O‘g‘li To‘lixon va mashhur sarkardalari Jebe no‘yon va Subutoy Bahodir boshchiligidagi qo‘shinlari bilan o‘zi Movarounnahrga (Buxoro tomon) yo‘l oldilar.
Chingizxonning Turon zaminga, xususan, Xorazmshohlar davlatiga qarshi harbiy harakatlari qat’iy tus olgan edi. Bu hujum arafasida Sulton Muhammad ko‘zga ko‘ringan davlat arboblari, boobro‘ amirlar, yirik sarkardalar ishtirokida harbiy kengash o‘tkazdi. Kun tartibiga bitta masala, ya’ni yaqinlashib kelayotgan xavfli, nihoyatda makkor dushmanga qarshi qanday chora ko‘rish masalasi edi. Turli fikr-mulohazalar tinglandi. Shuni aytish kerakki, ushbu kengashda qabul qilingan qaror va choralar Xorazmshohlar saltanati taqdirini hal etdi.
Harbiy kengashda yagona to‘g‘ri taklifni (ko‘pchilik nomidan) Shaxobiddin al-Xivaqiy kiritdi. U 400 ming kishilik Xorazm qo‘shinini Sirdaryoning narigi tomoniga to‘plash, uzoq yo‘ldan charchab kelgan mo‘g‘ul qo‘shiniga dam olgani qo‘ymay, hujum qilib tor-mor etishni taklif qildi. Kengash ishtirokchisi shahzoda Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ul qo‘shinini Movarounnahrga kirib kelishiga yo‘l qo‘yish, keyinchalik mahalliy sharoitni bilganlikdan foydalanib, unga to‘rt tomondan hujum qilib, tor-mor etish taklifini o‘rtaga tashladi.
Chingizxoning Movarounnahrga yurishlari
1219 yil 200 ming lashkar





O‘tror qamali (o‘g‘illari O‘qtoy va Chig‘atoy)




Qizilqum orqali Xorazmga (katta o‘g‘li Jo‘chi)




Binokat va Xo‘jandga (katta bo‘lmagan qism)




Chingizxonning o‘zi o‘g‘li Tulu bilan Buxoroga, 1220 yilda esa Samarqandga qarab yurdi.

1219 yil 21 aprel kuni Jom shahri mo‘g‘ullar tomonidan jangsiz egallandi.


Temur Malik Xorazmda urushga qurbi yetadigan kattagina qo‘shin to‘plab, mo‘g‘ullarga qarshi kurash olib boradi. Hatto Sirdaryoning quyi oqimlaridagi Yangikent shahrini mo‘g‘ullardan tortib olishga ham erishadi. U keyinchalik Jaloliddin Manguberdi bilan birlashdi.
1220 yil fevralida Chingizxon katta kuch bilan qadim Buxoroni qamal qildi. Yirik ilm-fan markazi bo‘lgan Buxoro shahri himoyachilarining qattiq qarshiliklari ham foyda bermadi. Qisqa fursatda bu tarixiy shahar ham mo‘g‘ullar qo‘liga o‘tdi.
Chingizxon mart oyida Sharqning sayqal shahri, Markaziy Osiyoning qadimiy va yirik markazlaridan biri Samarqandga yurish boshladi. Qattiq va shiddatli hujumlar natijasida shahar qozisi va shayxulislom mudofaani to‘xtatib, taslim bo‘lishga qaror qilib, Chingizxonga o‘z vakillarini yubordilar. Shunga qaramay, shahar egallangandan so‘ng mo‘g‘ullar ommaviy qirg‘in o‘tkazdilar. Samarqand ham taslim bo‘layotganini eshitgan Sulton Muhammad Amudaryodan o‘tib Eron hududlariga-Tabaristonga qochadi. Kaspiy dengizning janubidagi kimsasiz orol (Ashurada oroli)da jon saqlashga majbur bo‘ldi va bu yerda kasallanib vafot etdi.
1220 yil kuzida mo‘g‘ullar qattiq hujumlar bilan Termiz shahrini egallab, uni talon-taroj qildilar. Endi Chingizxon xorazmshohlarning markazi, tayanchi bo‘lgan Urganch shahrini egallashga bel bog‘ladi. 50 ming mo‘g‘ul qo‘shini Urganchni qamal qildi. Shahar aholisi mudofaaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, mo‘g‘ullarga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Urganchga mo‘g‘ullar bostirib kelayotganini eshitgan Xorazmshohning o‘g‘illari Uzloqshoh va Oqshohlar shaharni tashlab qochgan edilar.
Mo‘g‘ullar bosqini o‘lkamiz xalqlarining moddiy va ma’naviy taraqqiyotini bir necha yuz yillar orqaga surib yubordi. Yozma manbalar, nodir va bebaho kitoblar yondirildi, oyoq osti qilindi. Ular xalqimizning turli sohadagi arboblari, olimu donolarini, ulug‘ kishilarining ko‘pchiligini qirib tashladilar. Umuman, taraqqiyotga shu qadar katta zarba berildiki, uni XIV asrning deyarli yarmiga qadar ham tiklash juda mashaqqatli kechdi.

Download 219,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish