Davlat boshqaruvi
Devoni mustavfiy – davlatning daromadi va xarajatini nazorat qilgan
|
|
Devoni arrasoil-rasmiy hujjatlarni tayyorlash bosh boshqarmasi
|
|
Devoni mushrif – saroy xarajatlari va xazina chiqimlari ustidan umumiy nazoratni amalga oshirgan
|
|
Bosh devon
xo‘jai buzrug – davlatning markaziy boshqaruvini amalga oshirgan
|
|
Devoni az-ziyo, ya’ni davlat yer-mulklari devoni
|
|
Qozi devonini bosh qozi boshqargan
|
|
Devoni shurat – qo‘shin boshqaruvini amalga oshirgan
|
|
Vaqf devoni – davlat va boshqa musulmon muassasalarining mol-mulklari ustidan nazorat qilgan
|
|
Devoni muhtasib – bozordagi savdogarlarlarning tarozilarini nazorat qilgan
|
|
Devoni barid-soqchilar boshqarmasi
|
Somoniylar davrida yer mulkchiligi turlari
1. Mulki sultoniy – sultonga tegishli yerlar, undan tushgan soliqlar davlat xazinasiga yuborilganligi bois davlat yerlari deb atalgan.
|
2. Mulklar – xususiy yerlar hukmron sulola a’zolariga, turk lashkarlariga din peshvolariga, savdogar va haokazolarga tegishli bo‘lgan.
|
3. Mulki xos – oliy martabali ruhoniylar va sayyidlarga qarashli yerlar.
|
4. Vaqf yerlari – doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun musulmon muassasalari – masjid, madrasa, maqbaralarga berilgan yerlar.
|
5. Jamoa yerlari.
|
Qoraxoniylar 990 yillardan e’tiboran Movarounnahrda o‘z hokimiyatlarini o‘rnatish uchun astoydil harakat qiladilar. 990 yilda ular Farg‘onani egallab bu yerda o‘z tangalarini zarb qilganlar. Eng qudratli hukmdorlardan biri bo‘lgan Hasan Xorun Bo‘g‘roxon Isfijob (Sayram) ni o‘ziga tobe qilib olgach, 992 yilda Buxoroga hujum boshlaydi. Xasan va Nasr Bug‘roxonlar yetakchiligidagi qo‘shin (992-996 va 999 yillarda) Somoniylar qarshiligini yengib, Buxoroni egallaydi. Somoniylar sulolasining so‘nggi vakili Ismoil al-Muntasr (1000-1005) hukmronligi barham topadi.
Qoraxoniylar bepoyon katta davlatga asos soldilar. Ularning mulklari g‘arbda Buxoro va Sirdaryoning quyi oqimidan, sharqda Yettisuv va Qashqargacha cho‘zilib ketgan edi. Qoraxoniy xonadonlari o‘rtasida 1016 yildayoq boshlanib ketgan urug‘chilik adovati urushlari tufayli 1041 yilda xonlik ikkiga bo‘linib ketdi. G‘arbiy xonlik tarkibiga Movarounnahr va Xo‘jandgacha bo‘lgan Farg‘onaning g‘arbiy qismi kirgan. Sharqiy xonlik tarkibiga Talas, Isfijob, Shosh, Farg‘onining sharqiy qismi, Yettisuv va Qashqar vohalari kirgan.
Qoraxoniylar davlati hududlari katta bo‘lganligi sabab, hir bir yirik hudud yoki viloyat elekxonlar (mahalliy hukmdorlar) tomonidan nisbatan mustaqil holda boshqarilgan. Ular har yilgi xiroj va to‘lovlarni markaziy hokimiyat hukmdori – Tamg‘achxonga yuborib turganlar.
Qoraxoniylarning Movarounnahrdagi hukmronligi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyatda, turli sulolaviy urushlar, ziddiyatli jarayonlar girdobida kechgan. Ayniqsa, Samarqand, Buxoro, Balx va Termiz kabi shaharlar uchun saljuqiylar bilan bir necha bor urushlar sodir bo‘lgan.
Alptegin poydevor qo‘ygan va Sabuqtegin tomonidan hukmron sulolaga asos solingan bu davlat tarixda G‘aznaviylar nomi bilan qoldi.
G‘aznaviylar hukmdori Sabuqtegin 997 yilda vafot etgach, avvaliga taxtga biroz muddat uning o‘g‘li Ismoil va 998 yildan esa davlat va sulolaning qudrati va shuhratini oshirishga katta hissa qo‘shgan boshqa farzandi – Mahmud (Mahmud G‘aznaviy) chiqadi. Mahmudning hukmronligi davrida (998-1030)da Xorazm, Xuroson, Seyiston, Qobul, G‘azna, Shimoliy Hindiston kabi viloyatlar ularning izmida bo‘lgan. Aynan shu farzand hukmronligi davrida Xorazm egallangach, allomalarimizning ayrimlari G‘azna poytaxtiga olib kelingan va u yerda ilmiy izlanishlar olib borishga majbur qilingan. Bu hukmdorga xalifa al-Qodir (991-1031) tomonidan “Yamin ud-davla” (davlatning o‘ng qo‘li) faxriy unvoni ham berilgan.
Mahmud 1001 yilda o‘z davlatining chegaralarini aniqlash maqsadida qoraxoniylar hukmdori Nasr bilan muzokaralar olib bordi va shartnoma tuzdi. Asosiy chegara chizig‘i qilib Amudaryo belgilandi. 1005 yilda so‘nggi somoniy Ismoil Muntasr qatl etilgach, ilgarigi somoniylar davlati o‘rnida ikkita mustaqil davlat paydo bo‘ldi: bittasi-Qashg‘ardan Amudaryogacha cho‘zilgan sharqiy Turkistonning bir qismini, Yettisuv, Shosh, Farg‘ona va qadimgi So‘g‘d hududlarini ham o‘z ichiga olgan Qoraxoniylar davlati, ikkinchisi-shimoliy Hindiston chegarasidan to Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarigacha cho‘zilgan hozirgi Afg‘oniston va shimoliy-sharqiy Eron viloyatlarini ham o‘z ichiga olgan G‘aznaviylar davlati.
Mahmud G‘aznaviy vafoti (1030 yil)dan so‘ng saltanat inqirozi yanada kuchaydi. Natijada, saljuqiylarning Xurosonga egalik qilish harakati kuchaydi. Soliqlar, majburiyatlardan norozi bo‘lgan aholi ham saljuqiylarni qo‘llab-quvvatlay boshladi.
Saljuqiylar 1035 yildagi Nisa yonidagi jangda, 1038 yildagi g‘aznaviylar bilan bo‘lgan jangda Xurosonning katta qismini egallab, Nishopurni ham qo‘lga kiritdi.
1040 yilda Mahmud G‘aznaviyning o‘g‘li Mas’udni Marvdan sakson kilometr masofadagi Dandonikan degan joyda saljuqiylar hukmdori To‘g‘rulbek tor-mor keltirib, G‘aznaviylarning oldingi mavqeiga chek qo‘ydi.
1041 yilda Mas’ud ukasi tomonidan qatl qilinadi. Tez fursatda hokimiyatni egallagan Mavrud (Mas’udning o‘g‘li) ham kuch to‘plab saljuqiylar bilan urushdi. Ammo mag‘lubiyatga uchradi. 1059 yilda saljuqiylar tomonidan G‘aznaviylarning so‘nggi tayanchi Balxning egallanishi bilan G‘aznaviylar tarix sahnasidan tushdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |