1-mavzu. O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. O’zbek xalqining etnik shakllanishi. Ajdodlarimizning ja’on tsivilizatsiyasiga qo’shgan xissasi


IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo hududidagi markazlashgan davlatlar



Download 219,6 Kb.
bet20/30
Sana24.03.2023
Hajmi219,6 Kb.
#921124
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Bog'liq
1 мавзу сиртқи

IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo hududidagi markazlashgan davlatlar.

Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayot.
Xalifalikda Tohir ibn Husayn katta hurmat va e’tiborga loyiq nufuzli kishi bo‘lib qoldi. 821 yilda u Xurosonning noibi etib tayinlandi. Movarounnahr ham Xuroson noibligi tarkibiga kirar edi. Tohir o‘z qo‘l ostidagi keng viloyatlarni mustaqil davlatga aylantirish uchun ochiqdan-ochiq harakat qildi. U noiblikka tayinlangan kundan bir yil o‘tar-o‘tmas, jome’ masjidida juma nomozida o‘qiladigan xutbadan xalifa nomini chiqarib tashlashga buyruq berdi. Bu o‘sha davr uchun xalifaga qarshi ko‘tarilgan isyon bilan teng edi. Bu voqeadan ko‘p vaqt o‘tmay Tohir ibn Husayn to‘satdan (822 yilda) vafot etdi.
Tohirning o‘limi haqida mish-mishlar tarqalgani uchun xalifa uning o‘rniga navbatma-navbat o‘g‘illari Talxa ibn Tohir (822-830) va Abdulloh ibn Tohir (830-844) ni Xuroson noibi qilib qo‘yadi. Shu bilan Xuroson va Movarounnahrda yangi Tohiriylar sulolasi hukmronligi boshlandi.
Abdullohning noibligi davrida (830-844) Xuroson xalifaga rasman qaram-vassal bo‘lsa-da, amalda mustaqil davlatga aylanib poytaxt Marvdan Nishopurga ko‘chirildi.
Tohiriy hukmdorlar, ayniqsa so‘nggi hukmdorlar: Tohir ibn Abdulloh (844-862), Muhammad ibn Tohir (862-873) davrida oddiy xalq ahvoli ancha og‘irlashadi. Ular haddan ziyod o‘lpon va soliqlar to‘lashga majbur etiladi. Jumladan, birgina 844 yilda ulardan olinadigan soliq miqdori 48 mln. dirhamni tashkil etgan. Bu holatlar tohiriylarga qarshi xalq g‘alayonlarini kuchayishiga sabab bo‘lgan.
Movarounnahrda Arab xalifaligi hukmronligidan so‘ng dastlabki mustaqil davlat Somoniylar davlatidir. Yuqorida aytganimizdek, xalifa Ma’mun o‘ziga sodiqlik bilan xizmat qilgan mahalliy hukmdorlarga bir qator huquqlar bergan edi.
Bunday huquqlar balxlik mahalliy hukmdor Somonxudot (Somon qishlog‘i oqsoqoli. Manbalarda bu qishloq Balx, Samarqand yoki Termiz atrofida joylashganligi haqida ma’lumotlar uchraydi) nabiralariga ham beriladi. Bu nabiralar: Nuhga Samarqandni, Ahmadga Farg‘onani, Yahyoga Shosh va Ustrushonani boshqarish huquqlari berilgan edi.
IX asr o‘rtalariga kelib Ahmad va uning katta o‘g‘li Nasr Somoniylar Movarounnahrning katta qismini birlashtirishga muvaffaq bo‘ladilar va Samarqandni poytaxt deb e’lon qildilar. Nasr Somoniy (856-888) darida Movarounnahr mavqeyi ancha kuchaydi.
873 yilda Tohiriylar taxtdan ag‘darilgach, uning tarkibiga kirgan Buxoro ham Somoniylar tasarrufiga o‘tadi. Nasr ukasi Ismoilni Buxoroga noib etib tayinlaydi (874) va Movarounnahr to‘liq Somoniylar qo‘liga o‘tadi.
Keyinchalik ikki aka-uka o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sababli 888 yilda urush kelib chiqdi. Bu urushda uka Ismoil Somoniy g‘olib chiqib, butun Movarounnahrni boshqarishni o‘z qo‘liga oldi.
Ana shu tariqa, Vatanimizda davlat mustaqilligi qayta tiklanib, yuksalib boradi. Buxoro davlat poytaxtiga aylanadi.
Somoniy hukmdorlar orasida aqlli odobli va tadbirkor Ismoil Somoniy taxtga erishgach (892 yil), arab xalifasi Mua’tazid (892-902) ga ham, Xuroson noibi Amir ibn Laysga ham yoqmagan. Buning isbotini xalifa Ismoilni Movaraunnahr taxtidan maxrum etib, xuroson noibini Movaraunnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi bilan ta’minlagani haqidagi farmonidan ham bilib olish mumkin. Bu farmon Xuroson hokimini Ismoilga qarshi gij-gijlash bilan uni yo‘qotishga qaratilgan bo‘lsa, noibni ham bu urushda zaiflashishi inobatga olingan. Ammo xalifa rejasi amalga oshmaydi. 900 yilda Balx atrofidagi jangda noib Ismoildan mag‘lubiyatga uchraydi. Xuroson yerlari Somoniylar tasarrufiga o‘tadi.
Ismoil Somoniy markazlashgan boshqaruv tizimini joriy etdi. Bu tizim asosini oliy hukmdor dargohi (saroy) va devonlar (vazirliklar) majmui tashkil etgan. Oliy hukmdor amir unvoniga ega edi. Ismoil tashkil etgan devonlar: moliya ishlari, davlat rasmiy hujjatlarini ishlab chiqish, soqchilar boshlig‘i, xat-xabarlar mutasaddisi, saroy ish boshqaruvchisi, davlat mulklari, muxtasib, vaqflar, qozilik ishlari kabi 9 ta devon birinchi bosh vazir devoni nazorati ostida ish olib borgan. Bosh vazir devoni butun ijroya hokimiyatni ham amalga oshirgan. Somoniylar davrida bu devon boshlig‘i lavozimiga zamonaning atoqli xonadonlari namoyondalari tayinlangan.



Download 219,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish