1-mavzu. O’zbek davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. O’zbek xalqining etnik shakllanishi. Ajdodlarimizning ja’on tsivilizatsiyasiga qo’shgan xissasi


O‘zbek xalqi shakllanishining tugallanish bosqichlarida O‘rta Osiyodagi etnik jarayonlar



Download 219,6 Kb.
bet15/30
Sana24.03.2023
Hajmi219,6 Kb.
#921124
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
1 мавзу сиртқи

3.O‘zbek xalqi shakllanishining tugallanish bosqichlarida O‘rta Osiyodagi etnik jarayonlar.
O‘zbek xalqi kelib chiqishi bo‘yicha ikki xil tilda so‘zlashuvchi qabila va elatlarning aralashishi va qorishuvidan tarkib topgan ekan, bu ikki tilda so‘zlashuvchi jamoalarning etnik jihatdan dastlabki aralashuvi arxeologik va antropologik materiallarga ko‘ra, so‘nggi bronza davrida yuz berdi. Bu davr o‘zbek xalqi etnogenezining birinchi bosqichidir.
So‘nggi bronza davridan boshlangan assimilyatsiya jarayoni antik davriga kelib, o‘zbek xalqiga xos iqtisodiy xo‘jalik, etnomadaniy va antropologik tip birliklarini o‘zida mujassamlashtiruvchi, o‘troq hayotga moslashtirilgan turkiy hududiy maydon tarkib topdi, o‘zbek xalqiga xos antropologik tipning makon va zamoni aniqlandi. Bu hududiy maydon Sirdaryoning o‘rta havzasi bo‘lib, milodiy I-II asrlarda mana shu hududda o‘zbek xalqiga xos antropologik tip-“Markaziy Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi” shakllandi. Bu hududda turkiy va sug‘diy tilli qabilalar ittifoqi asosida Qanxa (Qang‘) davlati tashkil topdi. Ushbu mintaqada iqtisodiy-xo‘jalik va etnomadaniy hayotidan guvohlik beruvchi “Qavunchi madaniyati” shakllandi. “Qavunchi madaniyati”ni shakllanishida turkiy zabon xun qabilalari va qang‘liklar katta rol o‘ynaganlar. Bu o‘zbek xalqi etnogenezining ikkinchi bosqichi bo‘lib bu bosqichda, ya’ni milodiy I-II asrlar davomida turkiygo‘y qang‘ar elati ham tashkil topdi.
O‘zbek xalqi etnogenezining uchinchi bosqichi ilk o‘rta asrlar davrini o‘z ichiga oladi. Ilk o‘rta asrlar davri kushonlar imperiyasi va Qang‘ davlatining inqirozi bilan boshlandi. Markaziy Osiyo hududlariga turkiygo‘y xiyoniylar, kidariylar, eftaliylar va Turk hoqonligi kirib keldi va ular bilan birga kirib kelgan qabilalar tarkibida qarluq, chig‘il, tuxsiy, arg‘un, turk, kaltatoy, musabozori kabi turkiy zabon qabilalar ko‘p edi. Ularning ko‘pchiligi mahalliy tub joyli aholi bilan aralashib yashay boshladi, ularga xos an’anaviy hayot tarzi O‘rta Osiyoning tog‘ oldi mintaqalarida yarim o‘troq yarim ko‘chmanchilik bilan kun kechirayotgan turkiylarda davom etadi, badavlat chorvadorlar esa yangi yaylovlar qidirib keng dashtlarga qaytadilar. Ilk o‘rta asrlarda turkiy qabilalarning bu zaminga kirib kelishining keti uzilmaydi. O‘zbek xalqi etnogenezining bu uchinchi bosqichi jarayonlarida deyarlik yuz yil hukmronlik qilgan Turk hoqonligi davlati ham muhim rol o‘ynadi. Ular hukmronligi davrida o‘lkamizning turkiylar kirib kelmagan biror joyi qolmadi.



Download 219,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish