1-MAVZU. O’ZBEK DAVLATCHILIGINING SHAKLLANISHI VA DASTLABKI TARAQQIYOT BOSQICHLARI. O’ZBEK XALQINING ETNIK SHAKLLANISHI. AJDODLARIMIZNING JA’ON TSIVILIZATSIYASIGA QO’SHGAN XISSASI
1.1-mavzu. O‘zbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy-metodologik asoslari, manbalari va uni o‘rganishning ahamiyati. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining qadimgi o‘choqlaridan biri.
(2 soat)
1.1.I.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” deb nomlangan kitobida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish asoslarining ishlab chiqilishidan kelib chiqqan holda, fanning maqsadi va vazifasi.
1.2.O‘zbekiston tarixi predmeti va uni o‘rganishning ahamiyati. O‘zbekiston tarixini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslari va uni o‘rganish tamoyillari.
1.3. O‘zbekiston qadimgi sivilizatsiya va madaniyat beshigi. O‘rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi, uning davrlari va o‘ziga xosligi.
1.4.Zardushtiylikning vujudga kelishi. «Avesto» - Vatanimiz tarixini o‘rganishda muhim manba.
Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: aqliy hujum, guruhlarda ishlash, blis-so‘rov.
Tayanch so‘z va iboralar: Tarix. Fanning predmeti. Metodologik tamoyillar. Tariximizni davrlashtirish. Tarixiy manbalar: moddiy va yozma manbalar. Barkamol avlod tarbiyasi. Vatan tirixining o‘rni va ahamiyati. I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlari. Haqqoniy tarixni yoritish va o‘rganish.
I.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” deb nomlangan kitobida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish asoslarining ishlab chiqilishidan kelib chiqqan holda, fanning maqsadi va vazifasi
Tarix - aslida arabcha so‘z bo‘lib, “o‘tmish”, “o‘tgan voqealar haqida aniq hikoya qilish”ni anglatadi. Tarix odamzotning eng qadimgi davridan bugungi kungacha kechgan hayotini, bu o‘tmish hayotdagi tarixiy jarayonlarni, turmush tarzini, avloddan–avlodga meros bo‘lib, doimo rivojlanib, boyib borayotgan ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy–madaniy, davlat qurilishi sohalaridagi tajribalarini, o‘z xalqiga bosh bo‘lib, ularga yetakchilik qilgan tarixiy shaxslar faoliyatini tartibga solib o‘rganuvchi va tasvirlovchi fandir.
Mustaqillik yillaridagi “O‘zbekistonning yangi tarixi markazi” haqidagi, “O‘zbekiston FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlar, “O‘zbekiston tarixini yaratish konsepsiyasi”ning ishlab chiqilishi, Prezident I.Karimovning 1998 yil iyun oyidagi bir guruh tarixchilar bilan uchrashuvi, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kabi ko‘plab asarlari O‘zbekiston tarixini zamonaviy o‘rganishning nazariy-metodologik asoslarini shakllantirishga turtki bo‘lib xizmat qildi.
E’tibor berish lozimki, tarixning yaratuvchisi va ijodkori xalqdir. Bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar, voqelik va hodisalar, islohotlarni xalqsiz va tarixiy shaxslarsiz tasavvur etish aslo mumkin emas. Tarix xalqning fikr hamda tafakkuri va dunyoqarashining hosilasidir. Aynan shuning uchun ham – tarix ibrat maktabi bo‘lib, o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan nuqsonlarni anglash va ulardan tegishli saboq chiqarish, xushyorlik va ogohlikni targ‘ib etuvchi, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi turishga undovchi, milliy birlik, hamkorlik va bag‘rikenglikka chaqiruvchi beqiyos ahamiyatli maktabdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |