1-Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Organizm va muhit. Asosiy savollar



Download 26,31 Kb.
bet2/2
Sana12.07.2022
Hajmi26,31 Kb.
#780454
1   2
Ikkinchi savol bayoni.
O‘sish va rivojlanish akseleratsiyasi. Akseleratsiya - tezlashuv degan ma’noni beradi. Butun dunyo olimlarining fikricha insonlarnnng o‘sib borishi ancha tezlashmoqda:
- bo‘yin uzunligi 1930-40 yillarga nisbatan 1sm.ga oshgan.
- Bolgariyada 18 yoshli o‘g‘il va qiz bolalarning bo‘yi keyingi 24 yil ichida 3,9 - 4,9 sm.ga oshgan.
- Angliyada keyingi 40 yil ichida o‘g‘il va qiz bolalarning bo‘yi 13,0 -17,5 sm ga oshgan.
- Bir yoshli bolalar bundan 50 yildan oldingidan 1,5-2 kg.ga og‘irligi aniqlanilgan.
- Moskvaliklar vazni bundan 40 yil oldingi holatdan 9 kg ortgan.
Lekin bu holat ko‘p ovqat iste’mol qilish va jismoniy mehnat bilan ham kam shug‘ullanish tufayli bo‘lsa kerak.
O‘g‘il va qiz bolalarning jinsiy yetilishi ham 1900 yillarga nisbatan 2 yoshga tezlashgan.
Akseleratsiya 2 xil nazariya bilai tushuntirishga harakat qilishgan:
1. Elementar nazariya bo‘lib, ovqatlanish jarayonining yaxshilanishi bilan tushuntiriladi.
2. Urbonizatsiya nazariyasida shahar sharoitidagi intensiv hayot bilan bog‘lanadi.
Korsevskiy fikricha, uning asosiy sababi bolalar orasidagi kasalliklarning kamayishi, ovqatlanish sifati va turmush sharoitining yaxshilanishidir.
Shunday qilib akseleratsiya va ruhiy o‘zgarishlar pedagoglar va tarbiya-chilar oldiga yangidan-yangi vazifa qo‘yadi.

Odam umrining davrlarga bo‘linishi


Odam umrining davrlarga bo‘linishi. Odam organizmining rivojlanishi doimiy to‘xtovsiz jarayondir. Ko‘pgina davlatlarda odam umrini quyidagi davrlarga bo‘lish qabul qilingan:
1. Endi tug‘ilgan (chaqaloq, davri) - 1-10 kun.
2. Emizikli davri (ko‘krak yoshi davri) – 10 kundan 1 yoshgacha.
3. Dastlabki bolalik davri - 1-3 yoshli.
4. Birlamchi bolalik davri - 4-7 yosh.
5. Ikkilamchi bolalik davr - 8-12- o‘g‘il bola, 8-11- qiz bola.
6. O‘smirlik davri - o‘g‘il bola -13-16 yosh, qiz bola -12-15.
7. Navqironlik davri - o‘qil bola -17-21, qiz bola- 16-20 yosh.
8. Yetuklik davri - erkak -22-35, ayollar - 21-35 yosh (I-davr) - erkak -36- 60, ayollar -36-55 yosh (II-davr).
9. Keksalik davri - erkak -61-74, ayollar - 56-74 yosh.
10. Qariyalik davri - 75- 90 yosh.
11. O‘ta qariyalik - 91 yoshdan katta.
Ko‘rinib turibdiki odam tug‘ilgandan, keksayguncha bir nechta davrlarni bosib o‘tadi va shu davr ichida bir qancha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Shuning uchun shaxsning rivojlanishida uning kamol topishida ta’lim va tarbiyaning ahamiyati nihoyatda katta.
Irsiyat deganda tirik organizmlarning o‘zidan keyingi avlodga o‘zidagi belgilarini qoldirish xususiyatlari tushuniladi.
Erkak va ayolning jinsiy xujayralari genetik materialining birlashishi va taqsimlanishi jarayonlari irsiy belgilar asosini tashkil etadi. Barcha irsiy belgilar DNK molekulasida joylashgan bo‘lib har bir belgiga DNKning bir xil oqsil moddasini sintez qilishga ma’lum qismi javobgar. DNK xujayra yadrosining xromosomalari tarkibida bo‘ladi. Bitta belgini vujudga keltiruvchi xromosoma (DNK)ning qismi Gen deb ataladi.
Xromosomalar soni doimiy va turga oid belgi hisoblanadi. Odamning somatik xujayralarida xromosomalarning diploid soni 46 ga teng. Bu xromosomalarning 22 ta autosoma bo‘lib, 2 tasi jinsiy xromasoma bo‘ladi. Erkaklarda XY, aellarda XX xromosomalar bo‘ladi. Urug‘lanish paytida erkakdagi XY xromosomalarning ayol xromosomalari bilan erkin birikishi natijasida xomila qiz (XX) va o‘g‘il (XY) bo‘lishi mumkin. Tuxum va spermatazoidning qo‘shilishi urug‘lanish deb ataladi. Bunda gaploid xromosoma naboriga ega bo‘lgan tuxum xujayrsi spermatozoiddagi xromosomalarning kelib qo‘shilishidan diploid nabor vujudga keladi. Organizmdagi irsiy faktorlar yig‘indisiga genotip deyiladi. Irsiy belgilarning o‘zgarishi DNKdagi irsiy axborotning o‘zgarishiga olib keladi, bu esa ko‘rlik, karlik kabi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Irsiy belgilar-ning o‘zgarishi noto‘g‘ri mashq qilish, chekish, ichish va hokazo xatti harakatlar natijasida kelib chiqishi mumkin.
Xujayra haqida umumiy tushuncha. Bircha tirik organizmlar xujayralardan tashkil topgan. U murakkab tuzilishga ega bo‘lib, oqsillar, nuklyein kislotalar, lipidlar, uglevodlar, tuzlar va suv uning tarkibiga kiradi. Funksiyalar jihatdan bir-biridan farq qilsa ham, uning har birida qobiq, sitoplazma, yadro va har xil a’zooidlar mavjud.
- Mitoxondriya - energiya stansiyasidir. Bir xujayra tarkibida 50 dan 5000 gacha bo‘ladi.
- Lizasomalar - tarkibida makromolekulalarni parchalovchi enzimlar bo‘ladi.
- Golji apparati - yangi memebranalar hosil qiladi.
- Ribosomalar - enzimlar (oqsillar) sintez qiladi.
Yadro - genetik informatsiya markazi irsiy belgilarni avloddan-avlodga o‘tkazadi.
DNK - molekulasi nukleotid zanjirlaridan iboratdir. Nukleotidlarning ma’lum go‘rintirovkasi genlarni tashkil qiladi. Odamlarda umumiy genlar soni 6 mln. atrofidadir. Bitta genda 500-1500 nuklyeotid mavjud. Umuman olganda bu kislotalar (DNK va RNK) irsiy belgilarning avloddan-avlodga berilishini ta’minlaydi.
Muhokama uchun savollar:

  1. Akseliratsiya nima?

  2. Irsiyat nima?

  3. Irsiy belgilar organizmning qaysi a’zolarida joylashgan?

  4. Irsiy belgilar mujassamlangan murakkab organik birikmani xarakterlab bering.

  5. Genotip nima?

  6. Gen nima?

Download 26,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish