Bolalarda vaqtga hosil qilinadigan shartli reflekslar. Yangi tug'ilgan bolada hayotining 7-8-kunidan boshlab, emish vaqtiga shartli refleks hosil bo'la boshlaydi. Bola sutkaning ma'lum vaqtlarida onasining emizishidan oldin uyg'onib, emish va boshqa harakatlarni qiladi. Vaqtga nisbatan shartli refleks ichki organlardan, to'qimalardan yoki tashqi reseptorlardan nerv sistemasiga boradigan impulslarning so'z ta'sirotlari bilan bog'lanishi tufayli vujudga keladi. Bunday reflekslarga maktab yoshidagi bolaning ma'lum vaqtda uxlashi, belgilangan vaqtda dars tayyorlashi, ovqatlanishi va boshqalar misol bo'ladi.
Bu reflekslarning barqarorligi nerv sistemasining tipiga, qo'zg'aluvchanligiga, diqqatni to'play olishiga va mashq qilishga bog'liq bo'ladi va uzoq vaqt davomida asta-sekin takomillashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |