Nazorat savollari:
Odamning qoni asosan necha guruhga bo’linadi?
Agglyutininlar nima va ular qayerda bo’ladi?
Qon guruhlari qanday aniqlanadi?
Aglyutinatsiya nima, uning qon quyishdagi ahamiyatini tushintirib bnring?
Siz tekshirgan qon qaysi guruhga kiradi?
2-amaliy mashg’ulot mavzusi. Oliy nerv faoliyati tipini aniqlash.
Oliy nerv faoliyatining tiplari. Katta yarimsharlar po'stlog'ining nerv hujayralari ta'siriga javoban tinch holatdan qo'zg'alish holatiga o'tadi. Bu har qanday to'qima yoki organning holati va faoliyatini o'zgartiradi. Qo'zg'alishni yo'qotishga olib keladigan unga qarama-qarshi jarayon tormozlanish deb ataladi. Bu jarayonlarning paydo bo'lishi, kechishi va almashinib turishi turli odamlarda turlicha bo'ladi. Ular reaksiyaning kuchi, bir jarayon ikkinchisiga o'tishining og'ir-yengilligi va ularning muvofiqlashganligi bilan bir-biridan farq qiladi. Buning natijasida odamlarda oliy nerv faoliyatining ko'p sonli turli-tuman tiplarini kuzatish mumkin.
Oliy nerv faoliyatining bu xususiyatlari tug'ma (genotipik) va turmushda orttirilgan (fenotipik) xossalar yig'indisi bilan belgilanadi. Hayvonlar ham, odam ham nerv hujayralarining kuchiga ko'ra, ikki tipga-kuchsiz va kuchli tipga; muvozanatlashgani bo'yicha-muvozanatlashgan va muvozonatlashmagan turlarga; harakatchanligi bo'yicha-harakatchan va sust turlarga bo'linadi. Nerv sistemasining bu uchala asosiy xossalari bir-biri bilan turli shaklda qo'shilib kelgani tufayli oliy nerv faoliyatining biri ikkirchisidan anchagina farq qiladigan to'rtta tipini ajratishga imkon yaratildi. I.P.Pavlov oliy nerv faoliyatining 4ta tip bayon etadi.
Kuchli, muvozanatlashmagan tip. Bunda quzg'alish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustun turadi.Bu tipga kiruvchi bolalar tinib – tinchimas, ser harakat boshqalar bilan tez o’rtoqlashib, tez urushib qoladigan,o’zidan o’zi kuladigan xususiyatga ega bo’ladi.Bunday bolalarnung zehni yaxshi bo’ladi-yu,ammo xulq –atvori jufa murakkab bo’lib,ularning tarbiyasi ota-ona, o’qituvchilar uchun ancha qiyinchilik tug’diradi.
2. Kuchli muvozanatlashgan harakatchan tip. Bu tip nerv jarayonlarining juda harakatchanligi bilan ifodalanadi.Bu tipga kiruvchi bolalar qobilyati, zehnli, ishchan, har bir ishni tezroq bajarishga intiladigan,atrofidagi kishilar va o’rtoqlariga yaxshi munosabatda bo’ladi.
3. Kuchli, muvozonatlashgan kam harakatchan tip. Bunda nerv jarayonlari kamroq harakatchanlik bilan ifodalanadi.bu tip vakillari qobilyatli, zehnli,yuvosh bo’ladi, har bir ishni nihoyasiga yetkazib, shoshmasdan bajaradi, xulq – atvori, atrofdagi kishilar va o’rtoqlari bilan munosabati yaxshi bo’ladi.
4. Kuchsiz tip. Bunda qo'zg'alish jarayoni, ayniqsa tormozlanish jarayoni sust kechadi.Bu tipdagi bolalar kam xarakat, ish yoqmas,qo’rqoq,mustaqil fikirga ega bo’lmagan,fikrlash qobilyati past bo’ladi.
Gipokrat odamlardagi to'rtta-xolerik, melanxolik, sangvinik va flegmatik temperamentlarni farq qilgan. Qo'zg'aluvchan tip-xolerik, tormozlanuvchan tip-melanxolik, kam harakat tip-flegmatik, harakatchan tip-sangvinik temperamentga mos keladi. Oliy nerv faoliyati mazkur tiplarining bir o'zi kamdan-kam uchraydi. Ko'pincha bitta individiuymda har xil tiplarga xos belgi va xususiyatlar bo'ladi. Oliy nerv faoliyatining yuqorida ko’rsatilgan turlari tug’ma, ya’ni nasldan naslga berilgan va bu belgilar, asosan, bolaning yoshlik davrlarida yaqqolroq ko’rinadi, yosh kattalashgan sari tashqi muhit, ota-ona, o’qituvchilar va atrofdagi kishilarning tarbiyaviy ta’siri natijasida o’zgaradi.
Nerv sistemasining tiplari bola tug'ilgan kundan boshlab, atrof-muhit va ijtimoiy sharoit ta'sirida shakllana boradi va hayot mobaynida o'zgarib turadi. Tabiiyki, bola xulq-atvori tug'ma bo'ladi va ijtimoiy sharoit ta'sirida ham shakllanadi. Shuning uchun ham bog'cha, kichik maktab yoshidagi bolani to'g'ri tarbiyalash ko'p jihatdan nervining tipiga va hulq-atvorining shakllanishiga bog'liq bo'ladi. Bola ulg'ayar ekan, miya po'stlog'idagi qo'zg'alish, tormozlanish jarayonlari, nerv jarayonlarining kuchi va harakatchanligi hamda boshqa xususiyatlari o'zgarib boradi.
Xolerik: O‘zini ushlay olmaydigan, betoqat, behalovat, serzarda, jizzaki. Insonlar bilan munosabatda keskin va shartaki. Muammoni echimini topa oladigan, bir maromda ishlamaydigan, tavakkalchi. Zo‘r qatiylikka ega, diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga etkazadi, ammo unga qiziqsa.
Flegmatik: Hissiy o‘zgaluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Katta kыngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, g‘ayrati, ishchanligi, chidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilishi bilan ajralib turadi. Faolligi, harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to‘playdi. Diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert.
Melanxolik: Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O‘ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, qo‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urib qo‘ya qoladi. G‘ayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Introvertlik xususiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |