Bolalar oliy nerv faoliyatining yoshga xos xususiyatlari. Bolalarda shartli reflekslarni tekshirish usuli. Yangi tug'ilgan chaqaloqda ovqatlanish, himoya, aksa urish, yo'talish va boshqa shartsiz (tug'ma) reflekslar mavjud bo'ladi. Bu reflekslar bolaning hayotida muhim biologik ahamiyatga ega bo'lib, shular asosida shartli reflekslar shakllanadi.
Ovqat bilan o'tkazilgan tajribada qo'l harakatlarini ko'rmaslik uchun bolaning ko'zi bog'lanadi yoki yuzining yuqorigi qismi oq ekran bilan to'sib qo'yiladi. Ovqatlanish shartsiz refleksida shartli ta'sirlovchi sifatida bolaning emish harakatlari olinadi. Uni mustahkamlash uchun sut yoki sutli aralashma beriladi. Himoya refleksini hosil qilishda bola ko'ziga havo purkalganda qovoqlarini yumish reaksiyasi e'tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |