Suyak shakllari: suyaklar 4 xil shaklda bo`ladi.
Naysimon suyaklar. Bular o`z navbatida ikki xil bo`ladi. Uzun naysimon suyaklar ularga yelka, bilak, son, boldir suyaklari kiradi. Kaltanaysimon suyaklarga esa qo`l va oyoqlarning kaft va barmoq suyaklari kiradi.
G`ovak suyaklar. Bular ham ikki xil uzun g`ovaksimon suyaklar bularga qovurg`a, to`sh, o`mrov suyaklari, kalta g`ovak suyaklarga esa umurtqa, qo`l va oyoqlarning kaft, kaft usti suyaklari kiradi.
Yassi suyaklar. Bu suyaklarga bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va chanoq suyaklari kiradi.
G`albirsimon suyaklar. Yuqori jag`, peshona, bosh suyagining pastki asos qismidagi ponasimon va g`albirsimon suyaklar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |