Tayanch tushunchalar:
Fiziologiya, gigiyena, pedagog, sog’lom avlod,
o’sish,rivojlanish,geteroxroniya,akseleratsiya, irsiyat, muhit, dominanta, retsessiv,
xromosoma, gen, mutatsiya, irsiy kasalliklar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida Prezidentimiz
Islom Karimov: «Hayotimizning hal etuvchi muhim masalalari qatorida ta’lim va
tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko‘tarish
masalasini qo‘ydi. Shuning uchun mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi
qadamlaridanoq, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy
ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uni milliy zaminini mustahkamlash, zamon
talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida hozirgi zamon darajasiga chiqarish
maqsadida katta ahamiyat berib kelinmoqda».
Zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiy o‘sib, rivojlanib kelayotgan
avlodning turli davrlardagi fiziologik o‘zlashtirishlarini yaxshi bilib olgandagina
o‘quv-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil eta oladi. Tashqi muhit sharoitining bola
organizmiga ta’sirini gigienik ahamiyatini o‘rganishi esa bolalar salomatligini
saqlash va mustahkamlashda o‘qituvchiga yordam beradi.
Yosh fiziologiyasining vazifasi o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib
berish, bir butun organizm, uning tizimlari, organlari, to‘qimalari va hujayralarini
ishlash xususiyatlarini turli yoshga aloqadir davrlarda aniqlashdir. Yosh
fiziologiyasi
organizmning
individual
rivojlanish
jarayonida
funksiyalar
evolyusiyasini kuzatib boradi, fiziologik jarayonlarni o‘zaro munosabatlari va ular
o‘rtasida bog‘lanish sabablarini aniqlab beradi. Shu bilan birga yuksak darajada
tuzilgan materiya, ya’ni bosh miya po‘stlog‘ining organlar va umuman butun
organizm faoliyatida etakchi ro’l o‘ynashini tushunib olishga yordam beradi.
O’sib rivojlanib kelayotgan bola organizmining turli davrlarida, har xil organ
va tizimlarning faoliyati bir qator o‘ziga xos xususiyatlar Bilan harakterlanadi.
O‘qituvchi bolalar va o‘smirlarning anatomo-fiziologik xususiyatlarini o‘rgangan
ekan, ayrim tizim va organlarining (suyak-muskul, nafas olish organlari, qon
aylanishi, nerv sistemasi, sezgi organlari, oshqozon ichak trakti, ichki sekretsiya
bezlari, teri, ayiruv organlari) tuzilishi xususiyatlarini, hamda ularning faoliyatlarini
va gigiyenasi bilan tanishadi. Uyqu va aqliy mehnatni maqsadga muvofiq ravishda
tashkil qilish uchun nerv sistemasining ishlash qonuniyatlarini bilish ayniqsa
muhumdir.
Gigiyena – bola organizmini tashqi muhit ta’siriga o‘zaro bog‘liqligini
o‘rgatadigan fan bo‘lib, pedagogika va psixologiya fanlari bilan chambarchas
bog‘liqdir.
O‘sib va rivojlanib kelayotgan bolalar anatomiyasi va fiziologiyasini bilmay
turib, bolalar shaxsiy gigiyenasi, maktabdan tashqari ishlar gigiyenasi va o‘quv
tarbiyaviy ishlar gigiyenasi masalasini echib bo‘lmaydi.
Gigiyena predmeti bir qator vazifalarni o‘z ichiga oladi: shular jumlasidan,
tashqi muhit sharoitining bola organizmiga ta’siri (tabiiy, sotsial-ijtimoiy), jismoniy
rivojlanish, salomatligi va anotomik-fiziologik xususiyatlari, o‘qitishni gigienik
sharoitlari, o‘quvchilarning mehnat va dam olish tartibi, o‘quvchilar kasalliklarini
oldini olish va ko‘pgina boshqa vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
Organizmdagi har bir sistemaning gigiyenasi aniq tadbirlarni boshqarishni,
masalan: suyak-muskul sistemasining gigiyenasi-harakat rejimini, partada to‘g‘ri
o‘tirish, ishlash jarayonida gavdani to‘g‘ri tutish, yozayotganda qo‘l panjalarini
ishlatilishini normaga solish va hokazolarni talab etadi. Bu tadbir choralarni yo‘lga
qo‘yish, ularga rioya qilish, o‘sib rivojlanib kelayotgan bolalarni salomatligini
mustahkamlashga, uni muhofaza qilishga va turli kasalliklarni oldini olishga imkon
beradi.
Zamonaviy biologiyaning asosiy muammolaridan biri organizmning
rivojlanishini boshqarish yo‘llarini bilib olishdir. Irsiyat organizmlarning o‘z belgi
va hususiyatlarini nasldan-naslga O‘tkazish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmning
belgi - hususiyatlari nasldan-naslga o‘zgarmagan holda o‘tadi.
Organizm belgi - hususiyatlarining bir qancha avlodda turg‘un saqlanib
kelishi irsiyatning bir tomoni bo‘lib, ikkinchi tomoni organizmlarning
ontogenezida ma’lum moddalar almashinuvini harakterini va rivojlanish tipini
ta’minlashdir. Bularning hammasi irsiyat tufayli aniqlanadi.Irsiyat nasldan-naslga
qay tarzda o‘tishini bilish uchun hujayra haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak.
Barcha tirik organizm hujayralardan tashkil topgan.
1665 yilda R.Guk tomonidan sodda mikroskop ixtiro knlinishi hujayra
ta’limotining tug‘ilishiga olib keldi. U po‘kakdan yupqa kesma tayyorlab,
mikroskop ostida kuzatganda mayda katakchalarni ko‘rdi va ularga hujayralar deb
nom berdi. Elektron mikroskop kashf etilishi bilan hujayraning tarkibi va
hujayradagi moddalar almashinuvi o‘rganila boshlandi. Hujayralar sharsimon,
duksimon, prizmasimon shakllarda bo‘ladi. Har bir hujayrassitoplazmatik
membrana,sitoplazma, yadro va hujayra organoidlaridan tashkil topgan.
Tuzilishi, kelib chiqishi ia funksiyasi bir-biriga o‘xshash bo‘lgan hujayralar
to‘plami to‘qima deb ataladi .Organizmdagi hamma to‘qimalar 4 guruhga: epiteliy
(qonlovchi), biriktiruvchi (tayanch-grafik), muskul(mushak) ia nerv to‘qimalariga
bo‘linadi.Epitelty to‘qimasi bir ia ko‘p qavatli bo‘lib, yupqa plastinka shaklidagi
hujayralardan tashkil topgan. Biriktiruvchi to‘qima asosan o‘rganizmning ichki
qismini tashkil etib, qon va limfa to‘qimasi,tog‘ay va suyak to‘qimasi, silliq
muskullar to‘qimasiga bo‘linadi.
Hujayra ko‘p hujayrali organizmlarning funksional va genetik oddiy
tuzilmasidir. Har bir hujayra yadro, sitoplazma va hujayra membranasidan tashkil
topgan bo’ladi. Hozir hujayraning tuzilishini o‘rganishda bir necha ming marta katta
qilib ko‘rsatadigan elektron mikroskopdan foydalaniladi.
Hujayra membranasi uch qavat tuzilishga ega bo‘lib, har bir qavati taxminan
25A qalinlikda bo‘ladi. Tashqi va ichki qavatlari bir qator joylashgan oqsil
molekulalaridan tuzilgan. o‘rta qavati ikki qator joylashgan lipid molekulalaridan
tuzilgan. hujayrada moddalar almashinuvida ishtirok etadigan suv, aminokislotalar,
glyukoza, mineral tuzlar ana shu membrana orqali hujayra ichiga o‘tadi.
Sitoplazma yarim suyuq muhit bo‘lib, elektron mikroskopda qaralganda,
uning mayda donador strukturasi aniq ko‘rinadi. Sitoplazmada yadro va hujayraning
barcha organoidlari universal va maxsus organoidlarga bo‘linadi. Universal
organoidlar barcha organizmlar hujayrasida bo‘ladi. Maxsus organoidlar ba’zi
hujayralardagina uchraydi. Universal organoidlarga mitoxondriyalar, Gol’ji
apparati, endoplazmatik to‘r, ribosomalar, lizosomalar va hujayra markazi kiradi.
Maxsus organoidlarga muskul hujayralarini qisqartiruvchi miofibrillar, nerv
hujayralaridagi neyrofibrillar va harakat organoidlari- xivchinlar, kiprikchalar
kiradi. Yadro hujayraning asosiy qismi bo‘lib, bo‘linish xususiyatiga ega. Yadroning
shakli ko‘pincha hujayra shakliga o‘xshab ketadi. Yadro tashqi va ichki membrana
orqali sitoplazmadan ajralib turadi. Membranada teshikchalar (poralar) bo‘lib, oqsil
molekulalari, aminokislotalar, nukleotidlar ana shu teshikchalardan o‘tadi, natijada
sitoplazma bilan yadro o‘rtasida aktiv moddalar almashinuvi sodir bo‘lib turadi.
Yadroning ichi suyuklik (shira) bilan to‘lgan bo‘lib, bu yerda xromosomalar,
yadrochalar (bitta yoki ko‘p) joylashgan. Yadro shirasi tarkibida oqsillar, nuklein
kislotalar, uglevodlar va boshqa moddalar bo‘ladi.
Lizosoma yumaloqroq shaklda bo‘lib, membranasi uch kavatdan tuzilgan.
Uning tarkibidagi fermentlar ta’sirida oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar
parchalanadi.
Endoplazmatik to‘r membrana bilan chegaralangan murakkab tuzilgan
kanallar va sisternalardan iborat. Kup hujayralarda endoplazmatik to‘r membranasi
yuzasida ko‘p granulalar joylashgan bo‘ladi. Ular ribosomalardeb yuritiladi.
Ribosomalar hujayrada juda mayda bo‘lib, sitoplazmada erkin holda ham bo‘ladi.
Yadroda joylashgan ribosomalarda yadro oqsillar sintezlanadi.Endoplazmatik to‘rda
joylashgan ribosomalar oqsillarni sintezlashda aktiv rol o‘ynaydi.
Golji apparati yadro atrofida joylashgan, qo‘sh qavat membranali murakkab
to‘r shakldagi tuzilmalardan iborat.
Mitoxondriyalar boshqacha qilib hujayraning kuch stansiyalari deb ham
yuritiladi. Ular oval, yumaloqroq, bir oz chuziq yoki tayoqchasimon, ipsimon
shakllarda bo‘ladi. Hujayrada 50 tagacha, ba’zi hujayralarda 900 tagacha
mitoxondriyalar bo‘ladi. Mitoxondriyalar membranasi ikki kavatdan iborat.Ular
tarkibida oksillar, lipidlar nuklein kislotalar borligi kuzatilgan. Shuningdek, ular
tarkibida hujayradagi energiya almashinuvida ishtirok etuvchi ko‘pgina fermentlar
saqlanadi. Mitoxondriyalarda ATF (adenozintrifosfat kislota) hosil bo‘ladi.
Muskul to‘qimasi. Bu to‘qima tolalarida qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan
miofibrillar bo‘ladi. Shu bilan u boshqa to‘qimalardan farq qiladi. Organizmda silliq
va ko‘ndalang yo‘lli muskul to‘qimalari bor.
Nerv to‘qimasi tashqi muhit tasirida ichki organlarda ro‘y beradigan, tasirotni,
yani nerv impul’slarini o‘tkazish funksiyasini bajaradi. Nerv to‘qimasi neyron va
neyroglildan tuzilgan. Organizm irsiyatini o‘rganmay turib, nasldan - naslga
o‘tuvchi kasalliklarning oldini olish va davolash mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |