1: Mavzu: O‘simliklarning areallari reja O`simliklar geografiyasi faniga kirish


Areallarning chegaralari va iqlimiy izoliniyalar



Download 201 Kb.
bet6/11
Sana21.07.2022
Hajmi201 Kb.
#832924
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1.Mavzu.O‘SIMLIKLARNING AREALLARI

Areallarning chegaralari va iqlimiy izoliniyalar. Alohida turlarning tarqalish chegaralari ayrim xollarda iqlimiy izoliniyalarga mos keladi. Bu izoliniyalar qaysidir haroratga, yog‘ingarchilik miqdorlariga, u yoki bu iqlimiy omillarning ta’sir etish muddatlariga va shu kabilar bo‘lishi mumkin.
Yonbag‘irlikni ta’siri. Bizning sharoitimizdagi tog‘larni shimoliy va janubiy yonbag‘irligi, iqlimiy, edafik, gidrologik jihatidan ancha farqlanadigan xususiyatlarga ega. Bunday xolatni Yer sharining turli mintaqalaridagi tog‘ tizmalarida ham kuzatish mumkin. Shimoliy va janubiy yonbag‘irlikda harorat doimo farqlanadi. Janubiy yonbag‘irlikda harorat yuqori, namlik kamligidan bu joylardagi o‘simliklarning bo‘yi past muayyan maydondagi soni kam, ayniqsa turlarning sistematik tarkibi shimoliy yonbag‘irlikdagidan katta farq qiladi. Har ikkala yonbag‘irlikda o‘sayotgan o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish davrining uzoqligida ham farqlar bor. Janubiy yonbag‘irlikda bahorda quyosh nuri va haroratning ta’sirida o‘simlik una boshlaganda shimoliy yonbag‘irlikda qor saqlangan bo‘lishi yoki xali o‘simlikni unganligini bilinmaydi.
Balandlik mintaqalari. Hozirgacha biz o‘simliklarning tarqalishini tekislik-gorizantal bo‘yicha ifodaladik. O‘simliklarning vertikal ya’ni balandliklar bo‘yicha tarqalishida ham o‘ziga xos tomonlari bor. Tog‘ga chiqqan odamlar balandlikka ko‘tarila borgan sari o‘simliklarning er yuzasini qoplaganida, ularning bo‘yini balandliklarida gullarining rangi, shaklidagi farqlariga ko‘ra turlar tarkibini o‘zgarib borayotganligini ko‘radi. Geografik xaritada bunday o‘zgarishlarni ifodalash qiyin, shart ham emas desak ham xato bo‘lmaydi. Bu xolatni ifodalab ko‘rsatish uchun profil-kesma sxemadan foydalaniladi.
O‘simliklarning balandlik mintaqalari bo‘ylab tarqalib taqsimlanishi iqlimiy omillar bilan bog‘lab ifodalanadi.
Flora va o‘simliklarning balandlik mintaqalari bo‘ylab tabaqalashgan xolda namoyon bo‘lishi Yer yuzasining hamma joylarida ro‘y beradi u avvalo iqlim omillarini o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ilmiy adabiyotlarda 6 ta balandlik mintaqasi farqlangan.
Quyi mintaqa-tekislik mintaqasi, undan keyin tepaliklar, keyin tog‘ mintaqasi. Bundan keyin oreal (grekcha Oreales-tog‘) mintaqa baland tog‘larni; yuqorigi o‘rmonlar tarqalgan chegara, subalp va alp mintaqa. SHunday balandlik mintaqalari hamma joyda bo‘lsa ham er sharining turli joylarida turlicha qabul qilinadi. O‘zbekistonda prof. Q. Zokirov taklif etgan balandlik mintaqalari: cho‘l, adir (quyi, yuqori), tog‘ (quyi, yuqori) va yaylov mintaqalariga botaniklarimiz amal qilishadi. Bu mintaqalarning floristik tarkibi ham har xil.

Download 201 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish