1-mavzu: O‘quv reja va o‘quv dasturlarining ahamiyati
O‘quv rejasi.O‘quv rejasi ta'lim oluvchi bilimi va kasbiy tayyorgarlik mazmunining yetarli va zarur darajasini ta'minlaydigan o‘quv jarayoni va o‘quv yuklamalari xajmi, muddatlari va tayyorlanuvchi mutaxassis sifati, nazorati shakllarini belgilab beruvchi huquqiy-me'yoriy xujjatdir.
Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun mo‘ljallangan yangi o‘quv rejalari kuyidagi 7 ta bloqdan iborat qilib tuzilgan (bloklar va ularga ajratilgan vaqt mikdori ish beruvchilarning talablari. fan-texnika taraqqiyoti, ilgor ishlab chikarish texnologiyalari, talim muassasalarining mustakillik darajalari va boshka shu kabi omillarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin).
Davlat ta'lim standartlari asosida o‘quv rejalari ishlab chiqiladi. O‘quv rejasi har bir yo‘nalish uchun aloxida tuzilib, vazirlik tomonidan tasdiklanadi. Unda kuyidagilar o‘z ifodasini topadi:
1.Tayyorlov yo‘nalish (ixtisoslik) kodi vauning nomlanishi;
2.O‘quv muddati;
3.Tugatgandan so‘ng olinadigan akademik darajasi;
4.Ta'lim shakli;
5.O‘quv davrining taksimoti (jadvali);
6. O‘quv jarayonining rejasi;
7. O‘rganiladigan o‘quv predmetlari: xar bir o‘quv predmetini o‘rganish
uchun ajratilgan umumiy vaqt mikdori;
8.O‘rganish uchun ajratilgan vaktni ma'ruza, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishlari, seminarlar, kurs loyixalari va mustakil ta'limga kanday nisbatda taksimlanganligi;
9.O‘quv predmetini qaysi bosqichda, semestrlarda xaftasiga qancha soatdan o‘rganish tartibi;
Davlat attestatsiyasi.
Tanlov fanlarining ro‘yxati;
Izox kabilar. Shu o‘rinda o‘quv rejalarining tayanch, namunaviy va
ishchi turlari bo‘lishi mumkinligini yodda tutib, ularni bir-biridan farqlay olish zarur. O‘kuv rejalari o‘z navbatida o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga asos bulib xizmat qiladi.
O‘quv dasturi shu nom bilan nomlangan o‘quv predmetiga tegishli bo‘ladi. O‘quv predmeti ta'lim muassasasida o‘rganish uchui fan- texnika, san'at ishlab chiqarish faoliyatini muayyan soxasidan tanlab olingan bilim, ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar xaqidagi ma'lumotlar tizimidir.
Dastur o‘quv predmetining mazmuni. uni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi me'yoriy hujjatdir. O‘quv dasturlari namunaviy va ishchi dasturlarga bo‘linadi. Namunariy o‘quv dasturi shu o‘quv predmetiga oid ishchi o‘quv dasturi, yillik takvimiy mavzular rejasi, darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son Qarori.
Student Learning Assessment and the Curriculum: issues and implications for policy, design and implementation. Current and critical issues in the curriculum and learning; n° 1; 2015. By By Joshua A. Muskin, IBE-UNESCO Consultant, Non-Resident Senior Fellow, The Brookings Institution
http://www.ibe.unesco.org/en/ibedocs/curricular-resources
https://www.edglossary.org/curriculum/
Do'stlaringiz bilan baham: |