1 mavzu: O‘qituvchi kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar



Download 188,67 Kb.
bet8/8
Sana26.05.2022
Hajmi188,67 Kb.
#609197
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ZvwfYEMz8e1E9EcGEOz1JvGbFj8oiiNvRPf361ZQ

10. Konstruktiv qobiliyat - o`quv-tarbiya iShlarini rejalaShtiriSh va natijasini oldindan aytiSh qobiliyati. Bu qobiliyat tarbiyalanuvchi Shaxsning rivojini loyihalaShga, o`quv- tarbiya mazmunini, Shuningdek, tarbiyalanuvchilar bilan iShlaSh metodlarini tanlab oliShga imkon beradi.uningdek zamonaviy ta`lim beruvchi o`zida aqli doniShlik qobiliyati, iymon- e`tiqodga, faol hayotiy pozitsiyaga yo`naltiriSh qobiliyati va taShabbusga, ijodga ilhomlantiriSh kabi qobiliyatlari bo`liShi zarurligi ko`zda tutilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim kontseptsiyasida mutaxassis vazifalari quyidagicha belgilangan: «mutaxassis o`z faoliyati, sohasidan qat`i nazar, ijodiy jamoalarda ishlay olish qobiliyatiga, menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo`lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo`jalik, ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qmla olishi kerak». Ushbu fikrlar o`qituvchilarga ham bevosita ta’aluqli. Chunki jamiyatimizda sodir bo`layotgan tub o`zgarishlar,
bozor munosabatlariga kirib borishimiz o`qituvchidan nafaqat kasbiy bilimlarni, balki iqtisodiy, yuridik, texnikaviy bilimlardan ham xabardor bo`lishni hamda bunday yangiliklarni o`zining pedagogik faoliyatiga bolalarni har tomonlama kamol toptirishga doir ijodkorona (kreativ) foydalana bilishni taqozo qilmoqda. Bu o`rinda boshlang`ich sinf o`qituvchisi xususida alohida to`xtalmoq zarur. Chunki boshlang`ich sinf o`qituvchilari boshlang`ich sinf bolalarining yosh, individual hamda psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o`zlarining pedagogik faoliyatlarini olib borishi talab etiladi. Vaholanki, bola shaxsning shakllanishida pedagogik hamda psixologik mexanizmlar faol ishtirok etadi. Ya`ni shaxsning shakllanishida irsiyat, muhit, tarbiya, faoliyat bilan bir qatorda insonning iski kechinmalari, tushunchalari, ruhiyati, havotorlari va qiziqishlari kabi ko`plab psixologik hususiyatlar, holatlar va jarayonlar xam asosiy o`rinni egallaydi. Shu nuqtay nazardan aytish joizki, bola shaxsiga ta`sir etayotgan turli xil omillar, albatta, insonning ruhiyati, sezgilari, his-xayajonlari, fikr-muloxazalari chizgisida namoyon bo`ladi. Boshlang`ich sinf o`qituvchilarining kreativligi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilishda ko`zga tashlanadi. Xar bir fanning o`z ob’ekti, o`rganadigan soxasi mavjud. Masalan, zoologiya hayvonlar, ular organizmining to`zilishi, yashash sharaitini o`rgansa, astronomiya osmon jismilari, ularning xususiyatlarini o`rganadi.
Psixologiya ham alohida fan bo`lib, voqelikning alohida soxasi bo`lgan psixik (ruxiy) xayotni o`rganishi bizga ma`lum. Chunki “Psixologiya” so`zining o`zi yunoncha psyuxe (rux, jon) va logos (so`z, ilm) degan ikki so`zdan olinib, «rux haqidagi ilm» degan ma`noni bildiradi. Lekin uning bu ma’nosi xozirgi zamon psixologiyasining asl mazmunini ochib bera olmaydi. Chunki hozirgi psixologiya fani psixika, uning zoxir bo`lishi va rivojlanish konuniyatlari haqidagi fandir (Goziev E). Psixologiya psixik xolatlar, psixik jarayonlar va ularning mexanizmlarini o`rganadigan fandir (A.V.Petrovskiy).
Xar birimizda mavjud bo`lgan sezgilar, idrok, diqqat, xotira, xayol, nutk,


tafakkur, xissiyot, idora kabi psixik jarayonlar mavjud. Bulardan tashqari xar bir shaxs o`zigagina xos bo`lgan kizikish, xavas, qobiliyat va istedod, temperament va xarakter kabi psixik xususiyatllar egasidirdir. Psixik jarayonlarning umumiy majmuyini bir so`z bilan psixika deb yuritamiz.
Psixika organik hayotning yuksak formalaridan bo`lib, u hayvonlar va insonga xosdir.
Download 188,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish