3-Mavzu Vinchester bilan ishlash
Vinchester – Hard Disk Drive – Qattiq
Disk Yurituvchi – doimiy xotira
qurilmasi asosan kompyuterdagi
ma`lumotlarni saqlab turish uchun
mo’ljallangan. Uni operetiv – tezkor
xotiradan farqi shundaki, undagi ma`lumotlarni saqlab turish elektr
tokiga bog’liq bo’lmagan xodisa
hisoblanadi. Shu bilan birga uni xajmi
ancha katta bo’ladi va operativ-
tezkor xotiradan farqli o’laroq u
Motherboard – Ona plataga ulanadi, o’rnatilmaydi. Qattiq diskni quyidagi asosiy
parametrlari bor: 1 Interfeys - bu asosan
vinchesterni asosiy turini ajratish
uchun ishlatiladigan parameter.
Masalan siz ona plata sotib olaman
deyotganingizda undagi qattiq
disk razyomi qanday ekanligini so’raysiz, aynan ana shu
interfeysni belgilab beradi. Masalan
avvalroq ishlab chiqarilgan ona
platalarda ATA yoki UATA – (Ultra
ATA) vinchesterlari uchun IDE
portlari ishlatilar edi. Keyingi chiqarilayotgan ona platalarda esa
SATA- (Serial ATA) portlari ishlatila
boshlandi. Bularni farqlash oson,
Ata(yoki UATA) vinchesterlari
uchun IDE portlariga ulanishda
katta shleftlardan foydalaniladi va ularni razyomi ham katta bo’ladi.
Bunda bitta shlefdan bitta IDE
portiga 2 ta vinchester ketma-ket,
yoki 2 ta diskovot, yoki bitta
vinchester + bitta diskovod
(CD,DVD-ROM/RW) ulash mumkin bo’ladi. Ana shunda shlefdagi
yo’lni ikkiga bo’lish uchun -
master/slave larni ajratish kerak
bo’ladi va buning uchun
Jumperlardan foydalaniladi.
Quyida mavjud interfeyslarni keltiramiz:
- ATA (IDE va PATA),
- SATA,
- eSATA,
- SCSI,
- SAS, - FireWire,
- SDIO
- Fibre Channel.
2 Xotira xajmi - xotira xajmi
vinchesterda ma`lumotlarni
saqlash xajmini beradi. Ma`lumki kompyuterda ma`lumotlar 0 va 1
lardan iborat. Vinchesterda esa
shunga mos tarzda signal
qaytaruvchi nuqta va signal
qaytarmaydigan nuqta olinadi.
Ya`ni vinchesterni ichida ma`lumot saqlovchi joy bo’lib alyuminiy
qoplamali disklar xizmat qiladi.
Ularni yuzasiga juda ignichga
yozish kallakli golovka orqali
ketma-ket chuqurchali va
chuqurchali emas nuqtalar qo’yiladi. Ana shu nuqtachalar
ketma-ketligi 0 va 1 larni berib
ma`lumotlarni aks ettiradi.
Ma`lumki 8 ta 0 va 1 ketma-ketligi
1 bayt. 1024 bayt- 1Kbayt. 1024
Kbayt- 1 Mbayt. 1024 Mbayt – 1 Gbayt. 1024 gbayt – 1 Terabayt ni
tashkil qiladi. Lekin vinchester
ishlab chiqarishda 1 Gbayt – 1000
Mbayt qilib olinadi. Shuning uchun
masalan, 200 Gb = 186.2 Gb ga
teng bo’lib qoladi. Boshqa xajmlarda ham shunday. Hozirda
bir necha Terabayt o’lchovli
vinchesterlar ham ishlab chiqarildi.
3 Fizik o’lchami – bunda asosan
vinchesterni alyuminiy diskini
kattaligi olinadi. Ko’p xollarda oddiy Shaxsiy Kompyuterlar
uchun mo’ljallangan
vinchesterlarda va notebooklarda
3,5 va 2,5 dyumli disklar ishlatiladi.
Bundan tashqari yana 1,8 dyumli,
1,3 dyumli, 1 dyum va 0,85 dyumlilarini ham ishlab
chiqarishadi. Bunday diskli qattiq
disklarga misol qilib USB orqali
ulanadigan tashqi xotira
qurilmalari (Tashqi vinchesterlar) ni
keltirishimiz mumkin. 8 и 5,25 dyumlilarini esa hozirda ishlab
chiqarish to’xtatilgan.
4 Murojaat etish vaqti- yani
golovkani kerakli joyga yetib
borish vaqti va o’qish/yozishga
kirishishi. Bu vaqt 2,5 dan 16 mikrosekundgacha bo’lishi
mumkin.
5 Disk silindirini aylanish vaqti -
yani minutiga aylanishlar soni. Bu
parametr murojaat etish vaqti va
ma`lumot uzatish vaqtiga ham tasir etadi. Hozirda notebooklarda:
4200, 5400 va 7200 rpm 5400,
5900, 7200 и 10 000 ShKlarda va
10 000 – 15 000 katta serverlarda
o’lchamlari bor. 6 Ishonchliligi. – bu vinchesterni
biror qismida xatolik yuz
beradigan bo’lsa shuni aniqlash,
diagnostika qilish qobiliyatidir.
Ko’pchilik vintlarda bu kattalik
S.M.A.R.T. texnologiyasi deb ham ataladi. Bu texnologiya
vienchesterni xatoliklarini test
qilishni o’z ichiga oladi. Masalan,
sektorlardan birortasi zararlanib
qolsa, uni o’rnini zararlanmagan
boshqa sektorga almashtiradi. 7 Sekundiga kiritish/ chiqarish
operatsiyalari soni, yani
vinchesterga yozish va undan
o’qishlar uchun ketadigan vaqt,
ma`lumotlarni o’qib olish yoki
yozib qo’yish tezligi hisoblanadi. Bu ko’rsatkich 50 operatsiya/
sekund dan 100 operatsiya/
seekundgacha boradi.
8 Energiya iste`moli.
9 Zarbalarga bardoshliligi.
10 Ma`lumot uzatish vaqti: asosan ikkiga bo’linadi:
-Diskni ichki zonasida : 44,2 dan
74,5 Мб/с gacha;
-Diskni tashqi zonasida: 60,0 dan
111,4 Мб/с gacha.
11 Bufer xajmi. Buffer xotira asosan o’rtadagi xotira
xisoblanadi. Masalan diskga
ma`lumot yozish kerak bo’lsa
operativ xotiradan ma`lum
miqdorda olinib, so’ng uni
maydalab diskga yoziladi, yoki xuddi shunday tarzda uzatiladi.
Ana shu olingan ma`lum
miqdordagi ma`lumot buffer
xotirada saqlanadi. Hozirda 8 dan
16 Mb gacha bo’lgan buffer xotirali
vinchesterlar bor. Vinchesterni ishlab chiqaruvchi
firmalar: Fujitsu
Hitachi America, Ins
IBM
Quantum corporation
Segate technology, Inc
Maxtor corporation Storage technology corporation
Western digital corporation
Samsung.
Namuna:
HDD Maxtor 250Gb SATA
Do'stlaringiz bilan baham: |