Ritorika grekcha soz bolib notiqlik sanati mazmunini beradi. Notiqlik nazariyasi, notiqlik sanati haqidagi fan, notiqlik sanati haqidagi talimot manolarini esa notiqlik sanatining keng rivoj topib, nutq madaniyatining alohida sohasi sifatida shakllangandan keyin olgan. U filologiyaning stilistika uslubshunoslik yonalishida organiladi.
Uning nazariy asoslari Aristotelning «Ritorika» asarida bayon qilingan. Siseron, Dimosfen, Kvintilian kabilar bu sanatning yirik vakillari sanaladi.
Notiqlik sanati, yani ritorika eramizdan avvalgi III-II asrlarda Yunonistonda shakllangan bolib, keyinchalik Rimda tarqalgan. Bu davrlarda Yunonistonda demokratik jarayonlar barq urib rivojlangan bir paytda davlat arboblarining obro-etibori va yuqori mansablarga kotarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bogliq bolib qoldi. Notiqlik sanati sarkardalik sanati bilan bar-baravar uluglandi. Ana shu ikki sanatni mukammal egallagan arboblargina yuqori lavozimlarga saylanadigan boldi. Masalan, mamlakat hayotiga oid muhim masalalar demokratik yol bilan hal qilinadigan xalq majlislari va besh yuzlar Kengashida sozini otkaza olgan kishigina xalqni boshqarishga loyiq deb topilgan. Aynan ana shu Kengash dunyoda notiqlik sanatining rivojlanishiga zamin yaratdi. U demokratik jarayonlarda insonning faol ishtirok etish ehtiyojiga aylandi. Masala shu mazmunda talqin etilsa, mustaqil Ozbekistonda demokratik islohotlar yanada jadallashib borayotgan bir sharoitda bu nodir sanatning ahamiyati naqadar muhim ekanligini anglash qiyin emas.
Shu orinda mashhur notiqlar tarixidan ayrim namunalar keltirish joiz. G.Z.Apresyanning «Notiqlik sanati» asarida keltirilishicha67, taniqli davlat arbobi va notiq Demosfen (meloddan avvalgi 384-322-yillar) falsafani Platondan, notiqlik asoslarini Isokratdan organgan. Ustozi Isey oz notiqlik maktabini tort yil davomida boshqalar uchun yopib qoyib, faqat u bilan shugullangan. Besh yuzlar Kengashi va xalq majlislarida nutq sozlashni ahd qilgan Demosfenni dastlab sozga chiqqanda unga hyech kim quloq solmagan, xalq topolon qilib minbardan tushirib yuborgan. Oz xatolarini tushungan Demosfen esa bu sanat bilan jiddiy shugullanishga kirishgan. Mashq qilish uchun maxsus yertula qazigan. 2-3 oylab yertuladan chiqmasdan shugullangan. Uning boshini magrur tuta olmaslik, yelkasini hadeb yuqoriga kotaraverish, ayrim tovushlarni talaffuz qila olmaslik, mimikadan foydalana olmaslik kabi kamchiliklarini ana shu tinimsiz mashqlar tufayli bartaraf etgan.
Kunlardan bir kuni jabrlangan bir kishi Demosfenga kelib, ozini urgan kishini sudga berganligini aytgan va undan himoya qilishni iltimos qilgan. Demosfen esa, gaping yolgon, seni hyech kim urgan emas, tuhmat qilayapsan, degan. Shunda haligi odam jon-jahdi bilan baqirgan: - Hoy, Demosfen! U qanday qilib meni urmagan bolsin?! Ana endi men jabrlangan kishining ovozini eshitayapman, -debdi Demosfen.
S.Inomxojayev «Notiqlik sanati asoslari» kitobida bu faktlarga asoslanib, quyidagi xulosani bayon qiladi: «1. Demosfen professional notiq sanatkor sifatida nutq imkoniyatlari, xususan, ovozning ifodaviy koloritlarini shu qadar mukammal organganki, u kishi qalbini, psixologiyasini, ichki hissiyotini ovozi orqali ham aniqlab bera olgan. 2.Yurist va grajdanin sifatida u birovning ustidan tuhmat qiluvchilar ishini zimmasiga olmagan. Oz mijozining chindan ham jabrlanganini bilib olgandan keyingina osha ishga advokat(
)lik qilgan»
Notiqlikda oziga xos uslub egasi bolgan Demosfen eskirgan sozlardan qochgan, latif va jozibali sozlarni qollamagan, gohi-gohida xalq hikmatlaridan foydalangan, xolos. Sinonimlarni, talaffuzda uzun va choziq boginlarni qollashni maqul korgan. Gapning oxiriga muhim mano anglatadigan sozni qoygan va unga urgu bergan. Nutqi tuzilishi jihatdan mukammal bolgan. Ifodada qaytariqlarni, qarama-qarshilikni yoqtirgan, ritorik soroqni kop ishlatgan. Jest va mimikalardan, kishining diqqatini tortadigan, hayajonlantiradigan usullardan unumli foydalangan68. Oqibatda bularning hammasi Demosfenni buyuk yunon siyosiy notigi darajasiga olib kelgan.
Ritorika tarixida qadimgi Gresiyadan keyingi orinni Rim egallagan bolib, notiqlik sanatida ozining alohida orni va mavqyeiga ega bolgan Mark Tulliy Siseron (106-43) nomi bilan bogliq69. Zamonasining zabardast notigi Lusiy Lisiniy Krassdan talim olgan va asosan sud notiqligi bilan shuhrat qozongan. U notiqlik sanatiga oid «Brut (rim notiqligi tarixi haqida)», «Mashhur notiqlar haqida», «Notiqlarning eng yaxshi avlodi haqida», «Notiq», «Notiq haqida» nomli asarlar yozgan va bu sanatning buyuk nazariyotchisiga aylangan.
Siseron notiqlikda tinglovchida zavq uygotish va uni oziga rom etishni asosiy fazilat deb hisoblagan. U Demosfendan farqli olaroq balandparvoz soz va iboralarni ishlatishni yoqtirgan, yuqori uslubga moyil bolgan, mubolagadan keng foydalangan, artistizm imkoniyatlaridan keng foydlangan. Siseron kishi shoir bolib tugiladi, ammo notiq bolib yetishadi, degan hikmatni olga surgan. S.Inomxojayev: «Siseron nutq tekstining ravonligi, gozalligi, ifodaliligi va musiqiyligiga alohida ahamiyat bergan. U lotin prozasida birinchi marta vazn sistemasini qollab, bu sohada katta yutuqlarni qolga kiritgan»70.
Sharq manaviyatida notiqlik sanati voizlik sanati deb nomlangan. Manbalarda qayd etilishicha, qadimda podshohlar turli bayram va marosimlarda mamlakat va xalq hayotiga oid mavzularda vaz aytganlar. Keyinchalik esa bu vazifani hukmdorlar nomidan maxsus tayyorgarlik korgan soz ustalari amalga oshirishgan. Shu tarzda Sharqda ham notiqlik voizlik sanatining oziga xos maktabi vujudga kelgan.
Orta Osiy madaniyati tarixida Bahovuddin Valad (XII), Jalodiddin Rumiy (XIII), Husayn Voiz Koshifiy (XV), Muni Voiz Haraviy (XV) singari onlab soz ustalarining nomlari malum. Bu sohaning nazariy va metodik asoslarini tahlil qilishga bagishlangan Muhammad Rofi Voizning «Avbob ul-jinon», Voiz Qazviniyning «Zilolu maqol», Voiz Shirvoniyning «Ahsan ul-ahodis», Muhammad Bobir binni Muhammad Voizning «Hidoyat ut-taqdim», Quraysh Sindiyning «Anis ul-voizin», Mulla Kalon Voiz Samarqandiyning «Ravzat ul-voizin», Qozi Ushiyning «Miftoh un-najoh», Husayn Voiz Koshifiyning «Dah majlis», «Mahzan ul-insho» va boshqa asarlar yozilgan71.
Qadimda notiqlik sanatining dabirlik, xatiblik, muzakkirlik, nadimlik, qissagoylik, masalgoylik, badihagoylik, qiroatxonlik, muammogoylik, goyandalik, maddohlik, qasidaxonlik singari koplab turlarining mavjud bolganligi bu sanatning xalqimiz manaviyati va madaniyati tarixida naqadar ildiz otganligidan dalolat beradi.
Shu orinda «Ozbek Milliy ensiklopediyasi»da bayon qilingan quyidagi fikrlarni ham tolaligicha keltirishni lozim topamiz: «Voizlik sanati jamoat oldida nutq sozlash, notiqlik sanati; ilmiy-siyosiy maruza,bahs, munozara, targibot va tashviqotning asosiy vositasi sifatida keng ijtimoiy mavqyega ega bolgan sanat Yunonistonda voizlik- ritorika deyilgan. Qadimda Sharq mamlakatlarida hukmdor shaxsan ozi jamoat oldiga chiqib, oz siyosatida xalqaro ahvol va boshqalar haqida nutq sozlagan. El oldiga chiqish, ayniqsa juma namozi, hayit, navroz kunlari va boshqalarda, mamlakatlararo urush boshlangandagi yiginlarda odat tusiga kirgan. 9-asrga kelib, bu muhim ishni xushovoz, tasirchan gapiradigan, ishontira oladigan maxsus kishilar - voizlarga topshirganlar. Shunday qilib, voizlik sanati shakllangan. Rivoji jarayonida dabirlik (davlat ahamiyatidagi yozishmalarni insho etish va oqib berish), xatiblik (diniy, siyosiy mayldagi notiqlik), muzakkirlik (diniy-ahloqiy masalalarni sharhlab berish) kabi tarmoqlari vujudga kelgan. Voizlik sanatining nutq matnlari tinglovchilarning bilimi, ijtimoiy mavqyei va boshqa xususiyatlarga kora turli maqom (qism)larga bolingan:
Sultoniyot (yuqori tabaqa uchun),
Xutubu jihodiya (jangovor nutqlar),
Faribona maqom (oddiy xalq uchun) va boshqalar.
Voizlik sanati ijtimoiy va badiiy jihatdan muhimligi tufayli asrlar davomida rivojlana bordi. Orta asrlarda voizlik sanatining nazariyasi va talqin uslublarini, yorituvchi ilmiy, uslubiy va xrestomatik asarlar yaratildi. Voizlik santini orgatuvchi maxsus soha kalom ilmi baloga ilmi yuzaga keldi. Voizlik sanati otmishda katta ijtimoiy qudrat kasb etgan, hozirgi notiqlik sanati rivojida muhim rol oynagan72.
Afsuski, ozbek nutqi madaniyatining hozirgi bosqichida notiqlik sanatining mavqyeini sezmaymiz. XX asr ozbek tilshunosligi taraqqiyotini organishda bu masalaga hyech kim etibor bermadi. Aslida bu masalani kun tartibiga qoyishga imkon ham bolgan emas. Deyarli barcha yigilishlar rus tilida olib boriladigan bir paytda ozbek notiqlik sanati bilan shugullanish, uni takomillashtirish choralarini korish haqida bosh qotirilmagan.
Mamlakatimiz qolga kiritgan mustaqillik esa ritorikani rivojlantirishni yana mantiqiy asosga qoydi. Demokratik tamoyillar asosida rivojlanish yolidan borayotgan mamlkatimizda Prezident va davlat siyosatini, milliy istiqlol goyasini xalqimiz ongiga singdirishda notiqlarga bolgan ehtiyoj goyatda katta bolayotganligiga qaramasdan, bu borada talimning barcha tizimida amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida emas. Notiqlar bugun faqatgina sanat sohasida emas, balki talim jarayonida, davlatni boshqarishda, mafkuraviy ishlarni amalga oshirishda nihoyatda zarur. Bu vazifani kasb darajasida kotaradigan maktablar esa mavjud emas. Lekin ularni shakllantirish hayot talabidir.
Notiqlik sanatining ijtimoiy hayotdagi mavqyei bu sanatning qamrovi darajasini ham belgilaydi. Uning ijtimoiy-siyosiy, akademik, maishiy va diniy notiqlik kabi turlari orasida sud notiqligi alohida oringa ega.
Sud jarayoni oziga xos bir munozara maydoni bolib, unda umuminsoniy axloq meyorlariga mos keladigan, xalq va davlat, ayni paytda, ayblanuvchi va jabrlanuvchi manfaatini himoya qiladigan adolat va haqiqat tushunchalari hukmron boladi. Bu jarayondagi barcha vositalar, jumladan nutq ham ana shu adolat va haqiqatning tantanasiga qaratilgan boladi.
Togri, sud jarayonida tomonlar manfaatini himoya qiluvchi qarashlar va nuqtai nazarlar ortasidagi malum ziddiyatlar bir-biri bilan toqnash keladi. Ammo oxir oqibatda bu ziddiyatlar asl haqiqatning ochilishiga komaklashadi. Shunday ekan, sud notiqligining mohiyatini chuqur anglash va puxta ozlashtirish huquqshunos-talabalar uchun nihoyatda zarurdir.
Mavjud ilmiy adabiyotlarda sud jarayonida ijro etiladigan nutqlarning quyidagi korinishlari mavjudligi takidlanadi: prokuror nutqi, advokat nutqi, jamoatchi-qoralovchi nutqi, jamoatchi-oqlovchi nutqi, ayblanuvchining oz-ozini himoya qilish nutqi. Ularning har biri tomonlar manfaatini himoya qilish mohiyatidan kelib chiqib, muayyan oziga xosliklarga ega. Bu oziga xosliklar nutqda til birliklarini tanlash, gap qurilishi, sudda hakamlik qiluvchiga nisbatan murojaatning oziga xos lingvistik va ekstralingvistik usullaridan foydalanishda korinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |