1-MAVZU: NOMANFIY BUTUN SONLAR USTIDA ARIFMЕTIK AMALLARNI
O‘RGATISH VA HISOBLASH KO`NIKMALARINI TARKIB TOPTIRISH
MЕTODIKASINING UMUMIY MASALALARI. O`NLIK VA YUZLIK KONSENTRIDA
OG`ZAKI VA YOZMA HISOBLASH MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH USUL VA
METODLARI.
Reja:
1.Hisoblash ko`nikmasini tarkib toptirish metodikasi.
2. Arifmetik amallarni bajarishni o`rgatishning umumiy masalalari.
3. Hisoblashning og`zaki va yozma usullarini o`rgatish metodlari va ularning bir-biridan farqi.
4.O`nlik konsentrida arifmetik amallarni bajarishni o`rgatish metodlari.
5. O`nlik konsentrida hisoblashlarni o`rgatishda 1-sinf darsligi bilan ishlash.
6. O`nlik mavzusida qo`shish va ayirishni o`rgatishning og`zaki usulini o`rgatish bosqichlari.
7. Yuzlik konsentrida arifmetik amallarni bajarishni o`rgatishning umumiy masalalari.
8. Yuzlik mavzusida qo`shish va ayirishni o`rgatishning yozma va og`zaki usullari.
9. Mavzuni o`rgatishning darslik asosidagi tahlili.
1.Hisoblash ko`nikmasini tarkib toptirish metodikasi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida arifmetik amallarni o`rganish hamda og`zaki va yozma
hisoblash ko`nikmalarini tarkib toptirish matematik dasturining asosiy yo`nalishlaridan biri
hisoblanadi.
Arifmetik amallarni bajarishni o`rgatish metodikasi o`zaro bog`liq bo`lgan
bir necha
bosqichga ajratiladi.
I-bosqich.
Dastlab amallarni ma’nosi ochib beriladi. Har bir ishoraning mazmunini
tasavvur qilib olinadi. Bunda turli amaliy masalalar va o`quvchilar
hayotiy faoliyatidan
foydalanganlik asosida ishlar olib boriladi. Bu bosqichdagi ishlarni amalga oshirishda
ko`rgazmalilik tamoyili va to`plamlar nazariyasidan foydalanamiz.
Arifmetik amallarni o`rganishdan oldin o`quvchilar ongiga uning ma'nosini, mazmunini
yetkazish kerak. Bu ish narsalarning har xil to`plamlari bilan amaliy
ishlar bajarish asosida
o`tkaziladi. Xususan, o`quvchilarni qo`shish va ayirish amallarining ma'nosi bilan tanishtirish ikki
to`plam elementlarini birlashtirishga oid va berilgan to`plamdan uning qismlarini ajratish kabi
amaliy ishlar asosida olib boriladi. Yaxshi o`zlashtirilgan qo`shish amali-ko`paytirish uchun asos
bo`lib xizmat qilishi kerak. Ko`paytirishni, uning komponentlari
bilan natijalari orasidagi
bog`lanishlarni o`rganish o`z navbatida bo`lish amalini o`rganishga asos bo`lib xizmat qiladi.
II-bosqich.
Bu bosqichda ifodalarni bajarishni o`rgatish va takomillashtirish ishlari
o`rgatiladi.To`rt amalni ham dastlabki bajarish ishlari o`rgatiladi
va mashqlar yordamida
takomillashtirilib, rivojlantiriladi.Bunda hisoblashlarni og`zaki va yozma usullari har xil
vositalardan foydalangan holda qo`llaniladi lekin, hisoblashning bu ikki usulini nazariy jihatdan
tushuntirish ishlari amalga oshirilmaydi.