7.
Ota 45000 so`m pulni to`rtta o`g`liga bo`lib berib, pul ishlab kelish uchun yubordi.Birinchi
o`g`li 2000 so`m foyda, ikkinchisi 2000 zarar ko`rdi. Uchinchisi qancha puli bo`lsa, yana
shuncha pul ishladi.To`rtinchisida esa pulining yarmi qoldi.O`g`illar uyga kelib sanashsa,
hammalarining puli teng bo`lib qolibdi. Ota o`g`illarining har biriga necha so`mdan pul
bergan?
3-MAVZU:YUZLIK MAVZUSIDA ARIFMЕTIK AMALLARGA O`RGATISH
METODIKASI.NOLLAR BILAN TUGAYDIGAN SONLARNI BIR XONALI SONGA
OG‘ZAKI KO‘PAYTIRISH VA BO‘LISH USULLARI
.
Reja:
1.Yuzlik mavzusida hisoblash ko`nikmalarini shakllantirishning umumiy masalalari.
2. Yuzlik mavzusida qo`shish va ayirishni og`zaki va yozma usullari.
3. Yuzlik konsentrida ko`paytirish va bo`lishni o`rgatish.
4.Jadval ichida ko`paytirish va bo`lishni o`rgatish usullari.
Boshlang`ich sinflar uchun dastur talablariga binoan 100 ichida sonlarni qo`shish va
ayirishni o`rganishda o`quvchilar hisoblash usullari bilan bir qatorda, nazariy bilimlarning ham
ma'lum kompleksini o`rganishlari kerak. O`quvchilar 1-sinfda o`rgangan amal xossalari asosida,
100 ichida qo`shish va ayirishning barcha hollari uchun hisoblash usullari kiritiladi. Xossalar va
tegishli hisoblash usullarini ochib berishda avval tayyorgarlik ishini bajarish kerak. Bunda
o`quvchilar sonlar yig`indisi va sonlar ayirmasi ifodalarini o`zlashtirib, qo`shtengliklar bilan
tanishadilar, ifodalarni qavslar yordamida yozishni o`rganishadi, shuningdek, 2 xonali sonlarni
ularning xona qo`shiluvchilari yig`indisiga almashtirishni bilib olishadi.
Yuzlik mavzusida o`quvchilar bir qator xossalarni(yuz ichida o`nlikdan o`tib qo`shish va
ayirish, 18 ichida o`nlikdan o`tib qo`shish va ayirish, sondan yig`indini ayirish, yig`indidan sonni
ayirish, songa yig`indini qo`shish, yig`indiga sonni qo`shish, yuzdan bir va ikki xonali sonni
ayirish) o`rganishadi.
Amaliy topshiriqlar:
1.
53+28-37=, (68+23)-84= ko`rinishdagi misollarni murakkabligiga ko`ra hisoblashlarni
o`rgatish-ning nechanchi bosqichiga kiritamiz va shunday 5 ta misol keltirib bajarib ko`rsating.
2.
15-(5+7)=, 82-(22+19)= ko`rinishdagi misollarni murakkabligiga ko`ra hisoblashlarni
o`rgatish-ning nechanchi bosqichiga kiritamiz va shunday 5 ta misol keltirib bajarib ko`rsating.
3.
59-20=, 90-27= ko`rinishdagi misollarni murakkabligiga ko`ra hisoblashlarni
o`rgatishning nechanchi bosqichiga kiritamiz va shunday 5 ta misol keltirib bajarib ko`rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |