1-Mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja


Farg’ona voqealarini kelib chiqishining sabablari va oqibatlari



Download 97 Kb.
bet3/4
Sana13.07.2022
Hajmi97 Kb.
#785090
1   2   3   4
Bog'liq
1-seminar

3. Farg’ona voqealarini kelib chiqishining sabablari va oqibatlari.
M.S.Gorbachyov hokimiyati davrida (1985—1991) qatag’onga uchragan, zo’rlab ko’chirilgan xalqlar taqdiri masalalari yuzasidan bir qator komissiyalar tashkil etilgan bo’lsa-da, aslida vaziyat deyarli o’zgarishsiz qolaverdi. Bir necha o’n yillar davomida yechilmay, turg’un holda qolib kelgan muammolar millatlararo munosabatlar zamirida ham o’z aksini topdi. O’zbekistonda bu holatni «Farg’ona voqealari» va boshqa voqealar jarayonida ko’rish mumkin bo’ladi.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Farg’ona fojialari haqida shunday degan edi: «Farg’onadagi voqealar va undan keyingilar turli millat kishilari o’rtasida ishonchsizlik tug’dirdi. Bularning hammasini kimlar boshladi? Imonim komilki, ushbu voqea-hodisalarning markazi respublikadan tashqaridadir. Bozor munosabatlariga o’tish davrida ittifoqdosh respublikalarning ahvoli tang bo’lishi kimlargadir juda zarur. Ana shunday vaziyatda istalgan payt-da ularning ichki ishlariga aralashish va masalani xohlagan tarafga qarab hal etish mumkin bo’ladi»1.
1989- yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali voqealar sodir bo'ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o'z yeridan badarg'a qilingan mesxeti turklarini o'zbek xalqi o'z bag'riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub joy aholi bilan mesxeti turklari o'zaro qardoshlik rishtalarini bog'lab, inoq yashardilar.
Biroq 1989-yil 20-mayda Quvasoyda mahalliy aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o'rtasida mushtlashuv sodir bo'ldi. Respublika rahbariyatining voqeani to'g'ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko'rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to'kilishiga olib keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloqda, so'ng Marg'ilonning mesxeti turklari zich yashaydigan «Komsomol» suv xo'jaligi quruvchilari posyolkasida ur-yiqit, uylarga o't qo'yish, qotillik, vaxshiylik sodir bo'ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari Farg'ona shahri, uning atrofiga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo'l stansiyasiga, aloqa uzeliga, militsiya binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda respublika hukumat komissiyasi tuzildi. 4-iyundan boshlab komendantlik soati joriy etildi. Farg'onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo'shinlarining 13 ming kishilik bo'linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7- iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo'qon shahriga, Rishton, O'zbekiston va Kirov (hozirgi Beshariq) tumanlariga tarqaldi. 8- iyunda Qo'qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vaziriigi qo'shinlari tomonidan o'qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 200 dan ortig'i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar natijasida jami 103 kishi halok bo'ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo'ldi. SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo'shinlarining 137 xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo'ldi, militsiya xodimlaridan biri vafot etdi. 757 ta uy, 27 ta davlat binosi, 275 ta avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi.
Voqealarning keng miqyosda va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma'muriy organlar mesxeti turklarini Farg'onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko'chirildi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo'lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg'ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko'chirib olib borib joylashtirildi.
Farg'ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi? O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989-yil 23-iyunda bo'lgan XIV Plenumida Farg'ona fojiasi bilan bog'liq masalalarni o'rganish uchun maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989- yil 29-iyulda bo'lgan XV Plenumi tomonidan ma'qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi.
Farg'ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotla-rining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo'ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatni kuchayishi xavfini o'z vaqtida anglab yetmadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstremistlarga, poraga sotilganlarga o'z vaqtida zarba berolmadilar.
Farg'ona viloyatida o'n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo'jalik strukturasi buzilgan, tarmoqlar xom-ashyo yetishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari ko'rilmasdi.
Kadrlar tanlash, munosib ish bilan ta'minlash ishlari buzilgan, poraxo'rlik, xizmat mavqeyini suiste'mol qilish avj olgan edi.Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqachon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko'rilgan reja asosida jg'vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar.
Farg'onada sodir bo'lgan siyosiy ig'vogarlik Tbilisi, Tog'li Qorabog', Bokuda tashkil etilgan ig'vogarliklardan biri edi. Keyinchalik, 1990- yil fevral-mart oylarida Bo'ka va Parkent, 1990-yil iyunda O'sh va O'zganda ham shunday urinishlar bo'ldi. Yovuz kuchlar o'z maqsadiga erisha olmadilar. O'zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
O’zbekistonda bu fojialarni tekshirish uchun 1989-yil 23- iyunda tashkil etilgan komissiya xulosalarida esa Farg’onada yuz bergan voqealar yoshlar o’rtasida kelib chiqqan mojarolarning tasodifiy natijasi emas, balki ijtimoiy, iqtisodiy ildizlarga ega bo’lganligi ta’kidlandi, uning sabablari qatorida partiya tashkilotlarining aholi o’rtasida keng ko’lamda tarbiyaviy, tashkiliy ishlar olib bormagani, xalqlar do’stligini mustahkamlashga e’tibor bermagani, ma’muriy organlar xodimlari esa sarosimaga tushib, mojaro boshlangan birinchi kundanoq janjalning oldini olish uchun chora-tadbirlar ko’rmagani ko’rsatildi. SHuningdek, nizolar mahalliy millat o’rtasida kuchaygan «ashaddiy millatchilik» kayfiyatining natijasi bo’lib, bu respublikada yashayotgan xalqlarni bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga qaratilgani ham qayd qilib o’tilgani holda, «vodiyda turk mesxetilari xatti-harakatlariga nisbatan ancha befarqliklar bo’lgani, ular orasidagi ayrim shaxslar Gruziya SSRning janubiy rayonlariga tezroq qaytish muammosini hal etish maqsadida vaziyatni keskinlashtirishga uringani, bu esa vaziyatni ancha chigallashtirib yuborgani» ko’rsatib o’tiladi. Shubhasiz, bu xulosa tarixiy haqiqatga birmuncha mos kelsa-da, mesxeti turklari o’z talablaridan «kelib chiqqan mojarolar»da O’zbekiston rahbariyati, O’zbekiston SSR Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligini mojarolarning oldini ololmaganlikda ayblash markazning yordami hamma vaqt kerak bo’lishini «isbotlab» qo’yish uchun qulay imkoniyat ham edi.
1989- yil 15- iyunda respublika partiya xo’jaligi faollari yig’ilishida harbiy mashq zonasiga joylashgan mesxeti turklarini boshqa yerlarga ko’chirish masalasi ko’rib chiqildi. SSSR Ministrlar Sovetining Raisi N.I.Rijkov ma’ruzasida «Farg’ona yaqinidagi qochoqlar lagerida yashayotgan turk millatiga mansub grajdanlarga, ularning oila a’zolariga agar ixtiyor qilsalar, Rossiyaning noqoratuproq rayonlariga jo’nab ketish imkoniyati berilganligi» va bu «vaqtincha tadbir» ekanligi, ko’chirish uchun zarur bo’lgan barcha choralar boshlangani ta’kidlab o’tildi.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o‘zgarishlar, hamda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Mana shunday jarayonda o‘zbek xalqiga munosib yo‘lboshchi zarur edi. 1989-yil 23-iyun kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A.Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o'zbek xalqining milliy o'zligini anglashi kuchayib borayotganligi birinchi bor etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo'l olindi.
Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatdorlik ustivorligi ta'minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o'z mavqeyini yo'qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimlariga ko'tarildi.Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o'zgarish shundan iborat bo'ldiki endi O'zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko'tarish amaliyotiga chek qo'yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o'z qo'Iiga oldi.
Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo'lib, siyosiy mutelikdan qutilish tomon tashlangan muhim qadam bo'ldi.O'zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko'rildi, to'qib chiqarilgan «o'zbek ishi», «paxta ishi»ga tamomila chek qo’yildi. Bu bilan bog'liq ishlar qayta ko'rildi, aybsiz qamalgan minglab kishilar oqlandi, o'z oilasiga qaytdi, adolat tiklandi.
XX asrning 80 – yillari oxirlariga kelib SSSRning parchalanishi real obektiv haqiqatga aylanib qoldi. Bu jarayonni о‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi ayniqsa tezlatib yubordi. 1989- yil 21- oktabrda О‘zbekiston Oliy Sovetining XI sessiyasi «О‘zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi Qonunni qabul qildi. О‘zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi. Ish yuritish sekin – asta о‘zbek tiliga о‘tkazila boshlandi, uni о‘rganishni yaxshilash yuzasidan aniq chora – tadbirlar belgilandi. Ayni vaqtda rus tilini va respublikada yashovchi boshqa xalqlarning tillarini о‘rganish uchun shart – sharoitlar yaratilishi lozim edi, tilni о‘rganishning ixtiyoriyligi va uni tanlash huquqi qonunda belgilab qо‘yildi. Bu qonunning qabul qilinishi о‘zbek xalqi, shu xalq milliy о‘z-о‘zini anglashining о‘sishi, respublikada millatlararo hamjihatlikning saqlanib qolishi uchun juda katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganidan sо‘ng milliy о‘zlikni anglash, milliy davlatchilikni tiklash yо‘lida respublikada yana bir tarixiy ahamiyatga ega bо‘lgan muhim siyosiy qadam qо‘yildi.
1990 yil 23 martda О‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumida respublika siyosiy tizimi tо‘g‘risidagi masala kо‘rib chiqildi. Unda О‘zbekistonda hokimiyatning Prezidentlik boshqaruvi shakliga о‘tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta’kidlandi.
1990 yil 24 mart kuni О‘zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 1 – sessiyasi SSSR doirasida birinchi bо‘lgan siyosiy hujjatni — «О‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi ta’sis etish tо‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi va О‘zbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi Islom Abdug‘aniyevich Karimov О‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa, О‘zbekiston — SSSR respublikalari ichida birinchi bо‘lib о‘zining milliy huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi.
О‘zbekistonning mustaqillikka erishishida qо‘yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri bu – 1990 yil 20 iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qilinishi edi. Mazkur hujjat О‘zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’minladi. Shu bilan birga, «Mustaqillik Deklaratsiyasi» О‘zbekistonning 1991 yil 31 avgustga qadar mavjud bо‘lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’minladi, barcha sohada mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. Deklaratsiyada har bir millatning о‘z taqdirini о‘zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib О‘zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi.
Deklaratsiyaning qabul qilinishi bilan О‘zbekistonda respublikaning iq­tisodiy va siyosiy h­ayotiga doir masalalar musta­qil tarzda ­hal q­ilina boshlandi.
Shunday bir tarixiy sharoitda sobiq SSSRdagi siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. XX asrning 90 – yillari boshlarida Ittifoq tarkibidagi kо‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni о‘zgartirishni talab qilisha boshladi. 1990 yil bahorida Sovet Sotsialistik Respublikalari hisoblangan Boltiqbо‘yidagi Litva (11 mart), Latviya (4 mayda), Estoniya (8 may), keyinroq Gruziya (oktabr) va Ozarbayjon (1991 yil fevral) Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildi. Bu holat SSSRning davlat butunligiga jiddiy ta’sir kо‘rsatdi.
1991 yil aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belorus, О‘zbekiston, Qozog‘iston respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bо‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yо‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu hujjatni Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bо‘ldi.
1991 yilga kelib О‘zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish borasida dadil ishlar qilina boshlandi. 1991 yil 15 fevralda О‘zbekiston Oliy Kengashi «О‘zbekistonning davlat ramzlari tо‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi.
О‘zbekistonning о‘z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaati ifoda etilganligi bilan ajralib tura boshladi. Xususan, 1991 yilning 22 iyo’lida О‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining «О‘zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bо‘ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini О‘zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga о‘tkazish» tо‘g‘risida qabul qilgan qarori ham О‘zbekiston SSR Prezidenti I.A. Karimov, О‘zbekiston SSR Oliy Kengashi va hukumati О‘zbekistonning siyosiy – iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti uchun dadil qadamlar tashlaganligining isboti edi.
1991 yilning aprel oyiga kelib, Markaz о‘zining ta’sir doirasini saqlab qolish maqsadida mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intildi. 1991 yil aprelda Novo – Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S. Gorbachevning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bо‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bо‘lmaydigan choralar tо‘g‘risida» qо‘shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9 + 1» (9 respublika + Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr – mulohazalarga rozi bо‘lganini kо‘rsatadi.
1991 yil 3 iyunda Novo – Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari о‘rtasida uchrashuv bо‘ldi. Uchrashuvda Mustaqil davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi tо‘g‘risida keskin munozara bо‘ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr – mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar ittifoqi tо‘g‘risida shartnoma» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jо‘natildi.
Mazkur shartnoma loyihasi О‘zbekiston Oliy Sovetida 1991 yil 14 iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga u Respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991 yil iyul oyining oxirlarida Novo – Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil – kesil tayorlash uchun Markaz vakillari va Respublika rahbarlarining uchrashuvi bо‘ldi. Markazni ham, Respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi tо‘g‘risida shartnoma» loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bо‘lgani holda «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi tо‘g‘risidagi shartnoma»ni imzolash 1991 yil 20 avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S. Gorbachev Qrimga dam olish uchun jо‘nab ketdi.
Biroq ittifoqning kompartiya va markaziy davlat apparatidagi bir necha nufuzli rahbarlar markazning yakka hokimligini cheklaydigan va kamida olti respublikani Ittifoqdan chetda qoldiradigan bu shartnomaga qо‘shila olmadi. Bu rahbarlar oliy hokimiyat mahkamalaridagi asosiy lavozimlarni egallab turar edi. Prezident M. Gorbachev dam olishga ketganidan foydalanib, ular 1991 yil 18 avgust kuni tayyorlangan va 19 avgustda matbuotda e’lon qilingan «Sovet rahbariyatining Bayonoti»da M.S. Gorbachevning salomatligi yomonlashdi, shu sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yо‘q, degan soxta axborot bilan chiqdilar. Bayonotda Prezident vakolatlari vitse – prezident G.I. Yanayevga о‘tkazilganligi e’lon qilindi. Aslida esa Prezident M.S. Gorbachyov sog‘ – salomat edi, ammo о‘zini himoya qila olmadi. Fitnachilar noqonuniy ravishda uni о‘z vazifasidan chetlashtirdi va mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qо‘ygan edi. Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun SSSRda Favqulodda holat davlat qо‘mitasi (GKCHP) tuzildi.
1991 yil 18 avgustda mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. Favqulodda holat davlat qо‘mitasi faoliyatiga qarshi B.N. Yelsin boshchilik qildi. Uning farmoni bilan 1991 yil 22 avgustda KPSS faoliyati tо‘xtatiladi, keyinchalik taqiqlab qо‘yiladi. Ammo KPSS Markaziy Qо‘mitasi joylardagi partiya qо‘mitalaridan tо‘ntarishni qо‘llab – quvvatlashni talab qildi. Moskva va boshqa bir necha yirik shahar kо‘chalariga qо‘shinlar, shu jumladan tanklar kiritildi, deyarli barcha markaziy gazetalar ta’qiqlab qо‘yildi, markaziy televideniyaning birinchi kanalidan boshqa barcha kanallari, deyarli barcha radiostansiyalar ishi tо‘xtatildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakat aholisining kо‘pchiligi Favqulodda holat davlat qо‘mitasidan yuz о‘girdi, armiya payt poylash pozitsiyasida turdi. 20 avgustdayoq qarshilik markaziga aylangan RSFSR Oliy Kengashi binosi atrofida barrikadalar paydo bо‘ldi, ularda о‘n minglab kishilar himoyada turdi. Harbiy bо‘linmalarning bir qismi mudofaachilar tarafiga о‘tdi. 21 avgustda fitnachilar mag‘lubiyatga uchradi, 22 avgustda esa Favqulodda holat davlat qо‘mitasi (GKCHP) a’zolari qamoqqa olindi. Shundan sо‘ng tо‘ntarishni qо‘llab – quvvatlagan KPSS rahbariyati bu partiyaning obrо‘sini uzil – kesil yerga urdi. Favqulodda holat davlat qо‘mitasining mag‘lubiyatidan sо‘ng mamlakatda kommunizmga qarshi ommaviy namoyishlar bо‘lib о‘tdi. KPSSning faoliyati tо‘xtatib qо‘yilgach, partiyaning qariyb 15 million a’zosidan birontasi bu qarorga qarshi norozilik bildirish uchun kо‘chaga chiqmadi. Bu, mazkur partiya 1991 yil yozidagi qiyofasida umri tugaganidan dalolat beruvchi ramziy holat edi.
Moskvada fojiali hodisalar rо‘y bergan paytda О‘zbekiston birinchi prezidenti I.A. Karimov rasmiy safar bilan Hindistonda edi. U 1991 yil 19 avgustda safardan qaytib keldi va shu kuni kechqurun Toshkent shahrining faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda О‘zbekiston nuqtai nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati Markazdan beriladigan qonunga xilof bо‘lgan har qanday kо‘rsatmalarni bajarishni man etdi. 20 avgustda О‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va О‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qо‘shma majlisi bо‘ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muhokama qilinib, О‘zbekistonning mustaqillikka erishish yо‘li о‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi.
1991 yil 21 avgust kuni О‘zbekiston birinchi prezidenti I. Karimovning Farmoni bilan Favqulodda holat davlat qо‘mitasining О‘zbekiston Konstitusiyasi hamda qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e’lon qilindi.
Islom Karimov Favqulodda holat Davlat Qо‘mitasi faoliyatiga о‘z munosabatini bildirmagan, qо‘rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qо‘mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr – qimmatini zarba ostiga qо‘yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommunistlarini chalg‘itishga va davlat tо‘ntarishini qо‘llab – quvvatlashga majbur qilishga urinish bо‘lganini oshkora aytdi. I. Karimov bundan buyon KPSS Markaziy Qо‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi tо‘g‘risida bayonot berdi. Mazkur bayonotni О‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qо‘mitasi byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi.
О‘zbekiston birinchi Prezidentining 1991 yil 25 avgustdagi Farmoniga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qо‘mitasi qonuniy ravishda О‘zbekiston tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qо‘shinlari bevosita О‘zbekiston Prezidentiga bо‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qо‘mitasi, prokuraturasi, adliya organlari, ichki qо‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qо‘shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O’zbekiston mustaqilligi haqida Qonun qabul qilish masalasini keskin qo`ydi. Chunki har bir milliy respublikaning chinakam teng huquqliligi va mustaqilligi ta'minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun mustaqillik yolidagi barcha to‘siglar olib tashlanishi, har bir respublika so`zda emas, balki amalda tenglar orasida teng lozim edi.
Ayni shu maqsadlarni ko`zlab, O’zbekistonOliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o`z ishini boshladi. O`zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlash lozim. Unda «O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to`g`risida»gi hamda «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to'ggrisida»gi masalalar kun tartibiga qizg`in muhokama qilindi. O’zbekistonRespublikasining davlat mustaqilligi to`g`risida birinchi prezident I. Karimov ma'ruzasi tinglandi. U o`z nutqida 1991-yil o`rtalarida markaziy hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil 19-21-avgust kunlari Moskvada Favqulodda Holat Davlat Komiteti a'zolarining fuqarolar boshiga azob-uqubatlar solishga intilishganini, butun-butun xalqlarning ozodligini, respublikalar mustaqilligini yana kishanlamoqchi bo'lganliklarini ro`yi rost ochib tashladi. Alg`ov-dalg`ovli kunlarda ham O`zbekistonning o`z yo`li va maqsadi borligini, bu xalq manfaatiga mos yo'l ekanligini, qan-day qilib bo'lmasin, undan qaytmaslik lozimligini aytdi. Shuningdek, ma'ruzada mustaqil davlatlar maqomiga to`xtalib: «Bo`lajak Mustaqil davlatlar... erkin, mustaqil va teng huquqli bogib qolishlari, o'ziarining milliy davlat tuzish, tashqi bozorga chiqish, o'zi ma'qul topgan barcha mamlakatlar bilan xalqaro munosabat o`rnatish, diplomatik va konsullik alogalari masalalarini mustaqil hal etishlari kerak. Yana ta'kidlab aytaman, bu hech kimning buyrug'isiz va aralashuvisiz mustaqil amalga oshirilishi kerak. Mana shu sharoitga, sabablarga asoslanib, xalqimiz xohish-irodasini bajo keltirib, Oliy Kengash diqqatiga faqat bir masalani qo`ymoqchiman: O`zbekistonning mustaqilligi haqidagi Qonunni muhokama etish va uni qabul qilishni taklif etaman. Bu qonunda qadimiy va yangilanayotgan diyorimizda istiqomat qilayotgan barcha kishilarning xohish-irodasi o`z ifodasini topgan. Xalqimizning bu ezgu xohish-irodasi biz uchun muqaddasdir», — degan fikr bildirildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so`ng «O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to`g`risida»gi qonunni qabul qildilar.
So`ngra Respublika Davlat Mustaqilligi to`g`risidagi Bayonot qabul qilindi. O’zbekiston SSRning nomi O’zbekiston Respublikasi deb o`zgartirildi. Mustaqillik e' lon qilingan kun 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni, deb e'lon qilindi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o`zbek xalqining asriy orzusi ro`yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo'ldi.

Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish