1-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy
jarayonlar. (2-soat)
Reja
1.
1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar.
2.
Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi.
3.
I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi
va uning tarixiy ahamiyati.
4.
1991 yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet
davlatining tanazzulga yuz
tutishi.
Ushbu mavzuni yoritishda talaba 1989 yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-
siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar, mustabid sovet tuzumining siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy tanazzulga yuz tutish omillari, Sobiq sovet
davlati milliy siyosatining
inqirozi va millatlararo munosabatlardagi ziddiyatlar, O‘zbekiston iqtisodida paxta
monopoliyasi va uning Respublika aholisining ijtimoiy hayotiga salbiy ta’siriga
oid ma’lumotlarni o‘rganada.
Milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi, milliy manfaatlariga mos
keladigan ko‘p tomonlama faol tashqi siyosatini amalga oshirish - davlatimizning
mustaqillikka erishish, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini
yaxshilashning zarur shartiga to‘xtaladi.
Talaba O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi,
1990 yil 24
mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Abdug‘anievich
Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylanligiga, 1991 yil 29
dekabrda
muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti etib saylanligiga, Islom Abdug‘anievich Karimov 25 yil davomida
mustaqil O‘zbekistonni boshqarib, ochiq fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyotiga
asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishning chuqur o‘ylangan strategiyasini
ishlab chiqqan va uni amalga oshirgan buyuk davlat arbobi sifatida
mamlakatimizda va xalqaro maydonda yuksak obro‘-e’tibor qozonganligiga e’tibor
qaratadi.
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan Mustaqillik
deklaratsiyasi qabul qilingan. Bu
hujjatning tarixiy ahamiyati, eng avvalo,
mamlakatimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, erkin tafakkur asosida yashash,
fikrlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarga tayanib ish ko‘rish kabi jihatlar
bilan izohlanadi. Mustaqillik deklaratsiyasida mamlakatimiz
hududida asrlar
davomida shakllangan davlatchiliq fan-ta’lim va madaniy taraqqiyot borasidagi
boy tajriba va an’analari o‘z aksini topgan.
Talaba Mustaqillik deklaratsiyasi nafaqat huquqiy, balki jamiyat va davlat
hayoti hamda O‘zbekistonda yashovchi har bir fuqaroning bugungi munosib
hayotini va ertangi taqdirini belgilab beruvchi siyosiy hujjat ekanligini yoritadi.
GKCHP — bu SSSRda Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (FHDQ)
nomli
tuzilmaning ruscha qisqartma nomi. Gorbachyovni hokimiyatdan chetlatishga
qaror qilgan sovet yetakchilari o‘zini shunday deb atagan. GKCHPning e’lon
qilingan maqsadi Sovet Ittifoqini saqlab qolish va mamlakatda olib borilayotgan
islohotlarni to‘xtatish edi. Qo‘mita a’zolarining fikricha, qayta qurish va u bilan
bog‘liq islohotlar mamlakatni parokanda qilgan. Xususan, 1991 yilning 20
avgustiga SSSR respublikalari o‘rtasida yangi ittifoq
shartnomasini imzolash
belgilangan edi. Sovet Ittifoqining o‘rniga Suveren (Mustaqil) Davlatlar
Ittifoqi nomli konfederatsiya tashkil etilishi lozim edi va SSSRga a’zo
respublikalarning hammasi ham unga qo‘shilmoqchi emasdi.
GKCHP a’zolari bu to‘ntarishga urinishga uyushtirishiga sabab bo‘lgan omillardan
biri — ular o‘z lavozimlaridan ayrilishdan xavotirlangan, degan taxmin ham bor:
yangi ittifoq shartnomasi imzolangudek bo‘lsa, avvalgi SSSRning rahbariyati
hokimiyat tepasida qololmagan bo‘lardi. Xususan, Mixail Gorbachyov 1991
yilning iyulь oyida u RSFSR prezidenti Boris Yelьtsin bilan yangi ittifoq
shartnomasi imzolangach, SSSR vazirlar mahkamasi
tarkibini butkul yangilash
borasida kelishuvga erishib olgani haqida so‘zlab bergandi. Gorbachyovning
taxminiga ko‘ra, uning Yelьtsin bilan ushbu suhbati KGB xodimlari tomonidan
yozib olingan va GKCHP a’zolari uning mazmunidan xabardor bo‘lgan.
Talaba 1991 yil avgust voqealari, GKCHP, Sovet davlatining tanazzulga
yuz tutishi va mustaqillikni e’lon qilinishiga to‘xtaladi.