Ilmiy-texnika inqilobi (ITI)
Fan va texnika doimo taraqqiy etib keldi. Biroq bu taraqqiyot XX asrdan boshlab misli
ko‘rilmagan darajada o‘sib ketdi. Shu tufayli adabiyotlarda ilmiy-texnika inqilobi (ITI) iborasi
ishlatila boshlandi. Xo‘sh, ilmiy-texnika inqilobi nima o‘zi?
Ilmiy-texnika inqilobi - bu XX asrda fan va texnikada ro‘y bergan olamshumul kashfiyotlar
tufayli fanning bevosita jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanganligi. Bu xodisa ITI moxiyatini
tashkil etadi. ITI fan bilan texnikaning, fan bilan ishlab chiqarishning chatishib ketishiga olib keldi.
Bu chatishuv, o‘z navbatida, kashfiyotlarning ishlab chiqarishga joriy etilishi muddatining
qisqarishini ta’minladi.
ITI ishlab chiqaruvchi kuchlarning hamma komponentlarini (energiya, lazerlar, robotlar,
texnika, mexnat materiallari, texnologiya) va, xatto, odamning o‘zini ham o‘zgartirib yubordi.
Chunonchi, energiya manbayiga oshib borgan extiyoj mutlaqo yangi manba - atom elektr
stansiyalari barpo etilishiga olib keldi. Shuningdek, Quyosh, okean, chuqur er osti energiyasidan
foydalanishning ham kashf etilishini ta’minladi.
Ishlab chiqarish kompleks avtomatlashtirildi. 1946 yilda amerikalik olimlar J. Mashli va J.
Ekkert birinchi kompyuterni yaratdilar. Tez orada kompyuter tizimlari bilan boshqariladigan
texnologiya joriy etildi. Bu, aslida, odamsiz boshqariladigan texnologiya edi. Biroq ITI qanchalik
qudratli bo‘lmasin, u inson omilini ishlab chiqarish jarayonidan siqib chiqara olmadi. Aksincha, u
insonni o‘ta mukammal va murakkab texnika hamda texnologiyani o‘zlashtirib olishga undaydi.
Bu esa insonning o‘z bilimi, malakasini zamon talabi darajasida o‘stirib borishini zaruratga
aylantirib qo‘ydi. Binobarin, insonning intellektual qobiliyati, ongi, dunyoqarashi jadal o‘zgarib
bormoqda. Bugungi ishchi, muxandis XX asr boshlaridagi ishchi yoki muxandis emas. Bugungi
ishchi (xodim) mashina elementi emas, balki mashinani nazorat etuvchisidir.
ITI, o‘z navbatida, ishlab chiqarishga mutlaqo yangi texnologiyaning (chunonchi, materialga
lazer, gaz plazmasi, elektron-nur, ultra tovush yordamida ishlov berish) joriy etilishiga olib keldi.
ITI, ayni paytda, axborot industriyasining yaratilishiga ham olib keldi. Bu esa, o‘z navbatida, fan-
texnika taraqqiyotini yanada jadallashtirishning qudratli omiliga aylandi.
ITI kompyuterlarning mutlaqo yangi avlodlari yaratilganligi bilan ham ajralib turadi.
Bugungi kompyuter ijtimoiy hayotning deyarli barcha soxalarini qamrab oldi. ITI ilmiy bilimlar
jamg‘arilishining misli ko‘rilmagan sur’atini ta’minladi. Masalan, XX asr boshlarida kimyo
bo‘yicha millionta yangi malumot 30 yildan ortiq vaqt ichida to‘plangan bo‘lsa, hozir shuncha
malumot to‘plash uchun 4 yil kifoya bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |