13-mavzu: Xalqaro moliya
KEYS №1: “Olmos” korxonasining eksport salohiyatiga baho berish
Kirish
Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy iqtisodiyotni yangi davr darajasiga ko’tarish, eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarini vujudga keltirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga jadal kirib borish xalqaro moliya munosabatlarini barqaror rivojlantirishni taqozo etadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy texnika-texnologiyalarni joriy qilish va shu asosda raqobatbardoshlikka erishish, jahon bozorlaridan mustahkam o’rin egallash, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan bevosita bog’liq. Mazkur masalalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o’rin tutadi.
Xalqaro moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishda, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda qo’shma korxonalarning ahamiyati benihoyat kattadir. Qo’shma korxonalarning xalqaro aloqalarini amalga oshirishda vujudga keladigan muammolarni oldini olish yo’llarini ishlab chiqishda “Keys study”ga asoslanagan o’qitish texnologiyasining qo’llash talabalarga mavzuni tahlil qilish, o’z fikrini bayon qilish va muammoni yechimi bo’yicha mustaqil qaror chiqarishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu texnologiya amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o’rganilgan o’quv mavzusi bo’yicha bilimlarni mustahkamlashga, muammolarni tahlil qilish va qirralarni yakka tartibda yoki guruhlarda qabul qilish ko’nikmalarini egallashga, ijodiy va o’rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o’z-o’zini nazorat qilishga yordam beradi.
Ushbu keysda “OLMOS” qo’shma korxonasining statistik ma’lumotlari asosida korxonaning ishlab chiqarish quvvati, eksport faoliyati, korxona faoliyatiga xorijiy investitsiyalar jalb qilishning ahamiyati bo’yicha muayyan vaziyat har tomonlama tahlil qilish va baholashga imkon bo’ladi.
Berilgan keysni yechish natijasida quyidagi o’quv natijalariga erishish mumkin:
o’rganilgan mavzu bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlash;
muammoni alohida va guruhlararo tahlil qilishga hamda asosli boshqaruv qarorlarini qabul qilishga o’rganish;
mustaqil qaror qabul qilishga o’rganish;
o’quv ma’lumotlarini o’rganish darajasini tekshirish.
korxonalarning statistik ma’lumotlarini tahlil qilish, eksport mahsulotlar hajmini oshirish yo’llarini izlab topish va shu asosida iqtisodiy holatiga baho berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |