Tashkiliy ta’minot Vaziyat: “Qaysi mamlakatlarning moliya bozorlarini rivojlantirish tajribasini o’rganish aasosida O’zbekiston moliya bozorini rivojlantirish loyihasiga qanday taklif va tavsiyalar ma’qul?
Jahon iqtisodiyoti o’sishida tahminan 80 foizdan ortiq ulushga ega davlatlar moliya bozorlari moliyaviy globallashuvning shakli bo’lganligi sababli, rivojlangan (birinchi navbatda G7 formatidagi industrial mamlakatlar) va ilg’or rivojlanayotgan mamlakatlar(G20 va BRIKS formatlaridagi, jumladan Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlari, Malayziya, Singapur, Koreya Respublikasi)da moliya bozorlarni rivojlantirish tajribasini ularning xalqaro miqyosda integrallashgan moliya bozorlari (jumladan, segmentlari) rivojlanishini zamonaviy tendentsiyalariga va real aktivlar bo’yicha “puffak” muammosiga baho berish asosida tizimli o’rganib O’zbekiston uchun foydali xulosalar shakllantirish, davlatning global beqarorliklar sharoitidagi zamonaviy makroiqtisodiy siyosati kontekstida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va investitsion-innovatsion rivojlantirish siyosati amalga oshirilishi uchun samara beruvchi nazariy takliflar va amaliy tavsiyalar loyihasini ishlab chiqish ko’nikmlarini rivojlantirish.
Muammo. O’zbekiston Respublikasi global iqtisodiyotning ajralmas bo’g’ini bo’lganligi sababli, rivojlangan va ilg’or rivojlanayotgan mamlakatlarda moliya bozorlarni rivojlantirish tajribasini ularning xalqaro miqyosda integrallashgan moliya bozorlari (jumladan, segmentlari) rivojlanishini zamonaviy tendentsiyalariga va real aktivlar bo’yicha “puffak” muammosiga baho berish asosida tizimli o’rganish va samarali foydalanish yo’nalishlari va choralarini aniqlash.
Ushbu muammo quyidagilar bilan belgilanadi.
Jahon iqtisodiyoti tarkibida rivojlanayotgan mamlakatlar moliya bozorlarining sifat va miqdoriy o’sishi rivojlangan mamlakatlar moliya bozorlari va iqtisodiyoti tendentsiyalariga to’liq bog’liq. Bunda global moliya-kredit tizim tarkibidagi moliya bozorlari orasidagi bog’liqlik borgan sari kuchayib bormoqda. Demak, kelajakda milliy moliya bozorlari o’rtasidagi farqlar borgan sari kamayadi. Bunday bashoratiy tendentsiyalar O’zbekiston moliya bozorini moliyaviy globallashuv sharoitida jahon moliya bozoriga integratsiyalashuvi borasida davlat tomonidan amalga oshiriladigan ishlarda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |