MUAMMOLI VAZIYAT
2010-yilda O’zbekiston va Germaniya investorlari mablag’lari evaziga “Olmos” qo’shma korxonasi tashkil etildi. Mazkur korxona asosan charm-poyafzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga va o’z mahsulotlarini eksport qilishga mo’jallangan. Korxona yangi tashkil etilganligi, ishlab chiqarish quvvatlari yuqoriligiga qaramay mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish joriy yilda o’tgan yilga nisbatan pasayganligi aniqlandi. Korxona rahbari A.Shermatov korxona rahbari o’rinbosari O.Jalilov va marketalog J.Xasanovga ishlab chiqarish natijalarni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimini tahlil qilishni, eksport hajmini oshirish bo’yicha mavjud bo’lgan ichki imkoniyatlarni, ishlab chiqarishni pasayishiga sabab bo’lgan omillarnihamda ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha korxonaning iqtisodiy holatiga baho berishni topshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |