Amaliy topshiriqlar:
Masala
Korxona nominal qiymati 1000 birlikka teng, qoplash muddati 10 yil, yillik kupon stavka 10% va bir yilda bir marta to’lanadigan obligatsiya muomalaga chiqardi. Emissiya hajmi - 100 000 dona. Obligatsiyalar nominalga nisbatan 93,2% kurs bo’yicha joylashtirilgan. Har bir obligatsiyani muomalaga chiqarish bo’yicha xarajatlar 50 birlikni tashkil etgan. Foyda solig’i stavkasi 20%. Qarz mablag’i qiymatini aniqlang.
Masala
Kompaniya nominal qiymati 750 birlik bo’lgan jami 30 000 birlikka teng imtiyozli aksiya muomalaga chiqardi. Imtiyozli aksiya bo’yicha dividend miqdori bir yilga 80 birlik qat’iy belgilab qo’yilgan. Bitta aksiyani muomlaga chiqarish uchun xarajatlar 50 birlikni tashkil etgan. Aktsiyalar nominal qiymati bo’yicha joylashtirilgan. Ushbu kapital qiymatini aniqlang.
Masala
Korxona nominal bahosi 1000 birlik bo’lgan jami 250 000 birlikka teng bo’lgan oddiy aksiyalar muomalaga chiqargan. Har bir aksiya bo’yicha kutilayotgan dividend 100 birlik bo’lib, uning o’sish sur’ati 10%. Bitta aksiyani muomalaga chiqarish xarajatlari 85 birlikni tashkil etgan. Chiqarilgan aksiyalar qiymatini aniqlang.
Masala
Tarmoqda hammasi bo’lib 1000ta raqobatlashuvchi korxona bo’lib, ulardan biri bozorda bir xil miqdorda mahsulot taklif qiladi deb faraz qilamiz. Bu bizga bitta korxona taklif qilgan mahsulot miqdori 1000ga ko’paytirib, taklif umumiy yoki bozor hajmini hisoblab chiqish imkonini beradi. Endi muvozanatli narx aniqlash uchun taklifning umumiy hajmini harakterlovchi ma’lumotlarini talabning umumiy hajmi to’g’risidagi ma’lumotlar bilan taqqoslash zarur.
Masala
Korxona faoliyatigi qarz kapitali kredit jalb qilgan, yillik 12% ga olingan. Foyda solig’i stavkasi 20%, korxona olgan kredit qiymatini soliqlar to’lovidan keyin qiymatini aniqlang.
Masala
Korxona oddiy aksiyasi bozor bahosi 1000 birlik. Keyin yil dividend to’lovi 50 birlik kutilmoqda. Dividendlar o’sish sur’ati 7%, aktsionerlik kapital qiymatini aniqlang.
Masala
Korxona quyidagi kapital turlariga ega: kredit, oddiy aksiyalar, obligatsiyalar. Kredit hajmi 100 000 birlik, 12%lik, oddiy aksiyalar 1600 000 birlik, 1,9%lik, obligatsiyalar 800 000 birlik, 0,6%lik. Korxona o’rtacha tortilgan kapital qiymatini
aniqlang.
Masala
Korxona soliqlar to’lagandan so’ng 200 000 birlik daromadga ega. Oddiy aksiyalar soni 5000 dona. Bir aksiyaga to’g’ri kelgan daromadlilik normasini aniqlang.
Masala
Korxona yil davomida sotuvlar hajmi 200 000 birlik, sotilgan mahsulot tannarxi 120 000 birlik, xarajatlar 20 000 birlik, aylanma kapital 100 000birlik, zahira 10 000birlik, debitor qarzdorlik 2000 birlik, qisqa muddatli kreditor qarzdorlik 25 000 birlik, uzoq muddatli qarz kapitali 30 000birlik aktivlarga ega bo’lgan. Korxona kapital aylanuvchanlik koeffitsientlarini aniqlab toping.
Masala
Korxona emissiya qilgan obligatsiyalarning nominal bahosi 5000 birlik, kupon stavkasi 15%, obligatsiya so’ndirilish muddati 3 yil, bozor stavkasi 12%, korxona chiqargan qarz kapital qiymatini aniqlang.
Masala
Korxona qarz kapitali 1000 000 birlikni tashkil etadi. Qarz kapitalidan foydalanganlik uchun 10%ni tashkil etadi. To’lov muddati 10 yil, foyda solig’i stavkasi 20%, qarz kapitali qiymatini aniqlang.
Masala
Korxona imtiyozli aksiyalari bo’yicha har yili 120 birlik dividend to’lanadi.
Imtiyozli aksiya bahosi 960 birlik. Imtiyozli aksiyaning daromadliligini toping.
Masala
Korxona oddiy aksiyasi bahosi 100 birlik, yil oxirida aksiya bahosi 105 birlik kutilmoqda, dividend to’lovi 10 birlik bo’lishi nazarda tutilgan. Korxona xususiy kapitaldan foydalanganlik uchun to’lovlar summasini aniqlang.
Masala
Korxona xusuiy kapital bo’yicha to’lovlari 300birlik, xususiy kapital hajmi 300 000birlik, foizlar 8%ni tashkil etadi. Xususiy kapitalning ichki daromadlilik normasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |