1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funktsiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Download 173,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana29.06.2021
Hajmi173,38 Kb.
#105102
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 maryza

4. Moliya genezisi (taraqqiyoti) 

 

Ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiyalar  (tuzumlar)  bir-biridan  ishlab  chiqarish 



munosabatlari 

bilan 


farqlanadi. 

O’z  navbatida,  yangi  ishlab  chiqarish 

munosabatlari  ishlab  chiqarish  kuchlarining  rivojlanish  darajasidan  kelib  chiqadi. 

Yangi  ishlab  chiqarish  munosabatlariga  davlat  tuzilmasi  ham  mos  kelishi  kerak. 

Alohida 

olingan 


davlatda 

o’zgarishlar  yuqoridagidek  ketma-ketlikda  va 

bog’liqlikda  sodir  bo’lmasligi  mumkin.  Lekin  bu  jarayondagi  umumiy  qonuniyat 

xususiy  holatlarga  bog’liq  bo’lmaydi.  Har  bir    ijtimoiy  formatsiya  va  shunga 

muvofiq  ravishda,  shu  formatsiyadagi  (tuzumdagi)  davlatga  mahlum  bir  moliyaviy 

tuzilma  javob  beradi  (mos  keladi).  Turli  ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiyalarda 

(tuzumlarda)  moliyaning  farqlanishi  quyidagi  sabablar bilan  belgilanadi: 

• har  qanday  ijtimoiy  formatsiyaga  (tuzumga)  jamiyatning  o’z  sinfiy  tuzilmasi 

mos  keladi.  Bunda  moliya  MDni  taqsimlash  munosabatlarini  hisobga  olib, ularning 

davlat foydasiga qayta taqsimlanishini  tashkil  qiladi; 

• har  qanday  ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiyada  (tuzumda)  moliya  hukmron 

sinfning  manfaatlarini  himoya  qiluvchi  davlatning  maqsadlari  va  vazifalariga 

bo’ysunadi; 



• ishlab  chiqarishning  yangi  usuli  xo’jalik  munosabatlarining  yangi  tizimini 

vujudga  keltiradi.  Masalan,  quldorlik  va  feodal  formatsiyalarda  (tuzumlarda) 

natural  munosabatlar  xos  bo’lgan  bo’lsa,  shunga  mos  ravishda  davlat 

daromadlarini  shakllantirish  ham  natural  xarakter  kasb  etgan.  Kapitalistik  xo’jalik 

tovar-pul  munosabatlariga  tayanadi.  SHunga  muvofiq  davlat  daromadlarini 

shakllantirish  ham pul shaklida  amalga  oshiriladi; 

• agar  davlat  boshqaruv  organi  sifatida  tarkib  topgan  ishlab  chiqarish 

munosabatlari  va  sinfiy  tuzumning  vazifalariga  xizmat  qilsa,  shu  vazifalarga 

moliya  ham xizmat  qiladi; 

• XX asr tajribasi  ogohlantiradi  (o’qitadi, tahlim  beradi, tarbiyalaydi): 

- aniq sinflarga  bo’lingan davlat mavjud  bo’lmaydi; 

- turli  ijtimoiy  tuzilmaga  ega  bo’lgan  davlatlar  bir  tarixiy  davrda  bo’lishi 

mumkin; 

- bir  ijtimoiy-tarixiy  formatsiyadan  (tuzumdan)  ikkinchisiga  o’tish  asrlar 

davomida sodir bo’lishi mumkin; 

- faqat  ijtimoiy  tuzilma  va  texnologiyalarning  emas,  balki  moliyaning  ham 

eksport qilinish  ehtimoli  mavjud. 

Natural  munosabatlar  ustunlik  qilgan  paytlarda  hatto  nisbatan  rivojlangan 

mamlakatlarda  ham  pul  o’zining  barcha  funktsiyalarini  bajaraolmagan.  SHunga 

mos  ravishda  pul  munosabatlarining  tizimi  sifatida  moliya  ham  eng  umumiylik 

kasb  etaolmagan.  Ibtidoiy-jamoa  tuzumining  xo’jalik  tuzilmasi  to’g’risida  aniq 

mahlumotlar  mavjud  bo’lmaganligi  uchun  gumon  (taxmin)  qilish  mumkinki, 

doimiy  davlat  apparati  yo’q  bo’lganligi  uchun  ana  shunday davlatning daromadlari 

va  xarajatlarini  shakllantirish  ham  bo’lmagan.  Davlat  apparatining  shakllanishi, 

unga  tegishli  bo’lgan  funktsiyalarning  kengayishi,  xususan,  doimiy  qo’shinlarga 

asos  solinishi,  yo’l  qurilishining  jorish  etilishi  bilan  moliyaning  roli  oshib  borgan. 

Quldorlik  davlatlari  daromadlarining  asosiy  manbalari  kontributsiyalar,  harbiy 

o’ljalar,  natural  soliqlar  va  boshqalar  hisoblangan.  Mahlum  bir  mamlakatda 

mahlum  bir  davr  mobaynida  aholining  qandaydir  guruhlari  pul  ko’rinishidagi 

soliqlarni  to’lagan  bo’lishi  mumkin.  SHunday  bo’lishiga  qaramasdan,  quldorlik 

formatsiyatsiyasida  (tuzumida)  pul  ko’rinishdagi  soliqlar  faqat  tasodifiylik 

xarakteriga  ega  edi.  Xuddi  shuningdek,  natural  xo’jalik  yuritishga  asoslangan 

feodalizmda  ham pullik  soliqlar  ustuvorlik  kasb qilishi  mumkin  emas edi. 

SHuni  idrok  etish    (tushunish)  eng  muhimki,  jamiyatning  tovar-pul 

munosabatlariga  o’tishi  munosabati  bilan  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  moliya 

umumiylik  xarakteriga  ega  bo’ladi.  Biroq,  hatto  ana  shunday  sharoitda  ham  davlat 

ehtiyojlarini  qondirishning  pulsiz  xarakterga  ega  bo’lgan  metodlari  saqlanib  qolishi 

mumkin.  Buning  mumtoz  misoli  sifatida  yoppasiga  harbiy  majburiyatni  ko’rsatib 

o’tish mumkin. 

 Moliyaning  tarixiy  xarakterga  ega  ekanligi  har  qanday  davlat  o’z 

funktsiyalarini  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo’lgan  fondlarni  shakllantirish  va 

ulardan  foydalanishning  tizimini  yaratadi,  degan  xulosani  chiqarishga  imkon 

beradi.  Bunda  fondlarni  shakllantirish  va  ulardan  foydalanishning  shakllari  va 

metodlari 

bir-biridan 

keskin 


farq 

qilishi 


mumkin. 

Biroq, 


fondlarni 

shakllantirishning  manbalari  cheklangan  va  hech  bir  davlat  o’z  ehtiyojlarini 




qondirish  uchun  daromadlarning  yangi  manbalarini  ixtiro  qilish  mumkin  emas.  Bu 

yerda  gap  undirishning  shakllari  to’g’risida  emas, balki uning obhektlari to’g’risida 

ketayapti.  Ana  shunday  obhektlar  sifatida  har  doim  mulk  va  daromad  maydonga 

chiqadi.  Undirish  shakllari  to’g’risida  gapiriladigan  bo’lsa, u holda hatto antik grek 

davlatlaridayoq    to’g’ri  (bevosita)  soliqlar  bilan  birgalikda  egri  (bilvosita)  soliqlar 

ham  paydo  bo’lgan.  To’g’ri  (bevosita)  soliqlar  yer  va  mol  egalaridan  olingan. 

Urush  davrlarida  esa  mulkiy  soliq  joriy  etilgan.  Egri  (bilvosita)  soliqlar  bojxona 

bojlari  va savdoga soliq shakllarida  maydonga chiqqan. 

Rim  imperiyasida  armiyada  pulli  to’lanmalar  (yollanmalar  va  ofitserlar 

uchun)  joriy  etilgan.  Bu  va  shunga  o’xshash  boshqa  ehtiyojlar  (tamoshalarni 

tashkil  etish,  ishsiz  fuqarolarga  yordam  ko’rsatish  va  boshqalar)  pulli  xarajatlarni 

talab  etgan.  SHuning  uchun  ham  harbiy  o’ljalar  va  kontributsiyalarga  qo’shimcha 

ravishda  pulli  soliqlar  joriy  etilgan.  Qulni  sotish  va  sotib  olish  uchun  to’lanadigan 

soliq  ana  shunday  soliqlarning  dastlabkisidir.  Nooziq-ovqat  buyumlarini  sotganlik 

uchun  (1%  miqdorida)  ham  soliq  undirilgan.  Urushlar  davrida  har  bir  fuqaro  mol-

mulkdan  undiriladigan  favqulodda  soliqni  ham  to’lagan.  5%  miqdorida 

undiriladigan  merosdan  olinadigan  soliq  joriy  etilgan.  Ijtimoiy  tuzum  sifatida 

feodalizm  yo  qullarga  egalik  qilish,  yo  patriarxal  tuzum  asosida  rivojlangan.  Biroq 

bu  yerga  xususiy  egalik  va  dehqonlarning  krepostnoyligiga  (biriktirilganligiga) 

asoslangan  ijtimoiy  tuzumga  keskin  tahsir  ko’rsatmagan.  Krepostnoy  (biriktirilgan) 

dehqonlar bo’lmagan joyda  feodalizm  ham mavjud  bo’lmagan. 

Har  bir  mamlakatda  markazlashtirilgan  hukumatning  roli  va  uning 

funktsiyalari  feodallarning  tahsiri  ostida  belgilangan.  Feodal  o’zi  egalik  qiladigan 

joy  chegaralari  doirasida  o’z  soliqlarining  tizimini  joriy  etgan.  Markaziy  hokimiyat 

xo’jalik  hayotiga,  xususan,  aholini  soliqqa  tortish  masalalarini  faqat  feodal  bilan 

muvofiqlashtirilgan  chegara  doirasida  aralashuvi  mumkin  edi.  Yevropada  feodal 

bo’linuvchanlikka  birinchi  marta  salb  yurishlari  orqali  kelib  chiqqan 

ritsarliklarning  kuchsizlanishi    oqibatida    barham  berilgan  .  Alohida  olingan 

davlatlar  o’rtasidagi  urushlar  boshqalarga  nisbatan  urushlar  tufayli  boyigan 

mamlakatlarda  qirollik  hokimiyatini  mustahkamlagan.  Yer  egalarini  saqlashga  sarf 

qilingan  to’lanmalardan  tashqari  dehqonlar  yo’llar,  qasrlar,  qalhalar  qurish  va 

armiyaga  xizmat  qilish  bilan  bog’liq  bo’lgan  boshqa  ishlarni  ham  bajarishga 

majbur  bo’lganlar.  Hunarmandlar  feodal  va  shahar  hokimiyatlariga  soliqlarni  faqat 

o’zlarining  buyumlari  bilan  emas,  balki  pullari  bilan  ham  to’laganlar.  Savdogarlar 

feodalga  sovg’alar  va  daromadlaridan  to’lovlardan  tashqari  tranzit  va  boshqa 

bojlarni  to’laganlar.   

O’rta  asrlarning  boshlarida  har  bir  hukmdor  o’z  soliqlari  va  o’lponlarini  joriy 

etgan.  Hatto  davlatning  ichida  ham  soliq  va  o’lponlarni  unifikatsiya  qilish 

to’g’risida  gap  bo’lmagan.  Absolyutizmning  mustahkamlanishi  va  ishlab  chiqarish 

kuchlarining  rivojlanishi  pulli  soliqlarga  o’tishga  sabab  bo’ldi.  Jamiyatda  tovar 

munosabatlari  qancha  yuqori  bo’lsa,  pulli  soliqlarning  salmog’i  ham shuncha katta 

bo’la  borgan.  Feodalizmning  o’rta  va  so’nggi  davrlariga  xos  bo’lgan  yagona 

umumiy  belgi  sifatida  sotib  olish  tizimining  mavjudligini  ehtirof  etish  mumkin. 

Sotib  oluvchilar  xazinaga  kelishilgan  yoki  qayd  etilgan  summani  to’lab, 

daromadlarning  katta  qismini  o’z  ixtiyorlariga  qoldirganlar.  SHuning  uchun  ham 



sotib  oluvchilar,  savdogarlar,  hunarmandlar  feodal  munosabatlarni  burjua 

munosabatlariga  aylantirishda  eng  asosiy  manfaatdorlar  shaklida  maydonga 

chiqqanlar. 

Soliqqa  tortishning  sotib  olish  tizimi  sotib  oluvchilarning  qo’lida  katta 

miqdordagi  pul  resurslarining  to’planishga  imkon  berdi.  Ular  zavodlar,  fabrikalar 

va 


banklarning  birinchi  mulkdorlariga,  burjuaziyaning  birinchi  vakillariga 

aylanganlar.  Turli  soliq  imtiyozlari  va  preferentsiyalari,  to’siqli  bojxona  bojlari  va  

soliq  immunitetlari  kapitalning  jamg’arilishiga  olib  keldi.  Ishlab  chiqarish 

kuchlarining  rivojlanishi  bilan  jamg’arilgan  kapital  endigina  tug’ilib  kelayotgan 

sanoat  sari  yo’l  olib,  kapitalistik  munosabatlarning  rivojlanishiga  o’z  tahsirini 

ko’rsatdi.  Va  nihoyat,  hukumat, uzluksiz feodal urushlarini olib borib, qurol-yaroq, 

harbiy  inshootlar,  flotni  qurishning  buyurtmachisi  sifatida  maydonga  chiqib,  MDni 

soliq 


tizimi 

orqali 


qayta 

taqsimlab 

kapitalning 

sanoatda 

to’planishiga 

(jamg’arilishiga)  olib  keldi  (imkon  berdi).  Kapitalning  jamg’arilishiga    sanoatning 

rivojlanishini  rag’batlantirgan,  burjuaziyaning  mustahkamlanishiga  sharoit  yaratib 

bergan mustamlakalarning  bosib olinishi  ham yordam berdi. 

SHaharlar  va  sanoatning  rivojlanishi  ishchi  kuchi  oqimini  talab  etgan. 

Ishchilar  salmog’ining  aholi  umumiy  soniga  nisbatan  ortib  borishi  jamiyatdagi 

natural 

munosabatlarni 

qisqartirdi. 

Bularning 

barchasi 

kapitalistik 

munosabatlarning  rivojlanishiga  o’z  tahsirini  ko’rsatdi.  Burjuaziya  tomonidan 

hokimiyatning 

qo’lga 

kiritilishi 

monarxiyaning 

yemirilishi 

yoki 

uning 


hokimiyatchilik 

vakolatlaridan 

mahrum 

bo’lganligini  anglatadi.  Hokimiyat 

tepasiga  kelib,    burjuaziya  “soliq  zulmi”ni  pasaytirishga  emas,  balki  feodallarga 

tegishli  bo’lgan  imtiyozlarga  barham  berishga  va  soliqlarni  mehnatkashlarning 

zimmasiga  yuklashga  intildi.  Davlatdagi  umumiy  soliq  yuki  yengillashmaydi. 

Turlicha  tarzda  tahsir  etadigan  omillarning  tahsiri  ostida  burjuaziya    kapitalni 

yanada  jamg’arish  va  o’z  foydasini  yanada  o’stirish    uchun  o’zini  tegishli 

imkoniyatlar  bilan  tahminladi. 

Kapitallar  harakatidagi  milliy  chegaralarga  barham  berilishi  bilan  banklar, 

birjalar  va  mustamlkachilik  urushlari  bunday  vaziyatning  instrumentlari  bshlib 

qoldi.  Burjuaziya  ekspluatatsiya  qilishning  butun  og’irligini  bosb  olingan 

mustamlakalar  ishchilari  gardaniga  yuklab,  o’z  mamlakatlari  ishchilarining 

ashaddiy  himoyachilariga  aylandi.  O’z  daromadlari  uchun  ishchilar  sinfining 

qarshi  kurashi  burjuaziya  qo’lida  kapitalning  yanada  kontsentratsiyalashuviga 

(to’planishiga)  imkon  beruvchi  yangi  moliyaviy  institutlarning  paydo  bo’lishiga 

olib  keldi.  Bu  yerda  gap  tibbiy  va  sotsial  sug’urta,  mol-mulk    va  hayot  sug’urtasi 

tizimlari  to’g’risida  ketayapti.  Barcha  mamlakatlarda  burjuaziya  davlat  tufayli 

soliqlarning  juda  katta  qismini  o’z  qo’liga  qurol-aslahaga, transport qurilishiga, uy-

joy qurilishiga  va h.k.larga  buyurtmalar  orqali  to’playdi (kontsentratsiya  qiladi). 

Xususiy-tadbirkorlik  printsiplariga  asoslangan  tizim  sifatida  kapitalizmning 

taraqqiy  etishi  bilan  xalqaro  mehnat  taqsimoti  jarayonining  kuchayishi  va  shu 

asosda  kapitalning  rivojlangan  mamlakatlarda  kontsentratsiyalashuvi  kuzatiladi. 

Na  faqat  soliq  imtiyozlari  va  hukumat  buyurtmalari,  balki  bojlar,  imtiyozli 

kreditlar  tizimi,  norentabelli  korxonalar  va    butun  tarmoqlarni  sotib  olish,  noishlab 

chiqarish  infratuzilmani  moliyalashtirish  va  h.k.lar  orqali  davlat  har  doim  milliy 



burjuaziyaning  pozitsiyalarini  mustahkamlashda  hal  qiluvchi  rolni  o’ynaydi. 

Iqtisodiy  tanazzullar  va  iqtisodiyotning  stagnatsiya  davrlarida  soliqlar,  kreditlar  va 

buyurtmalar  bilan  manipulyatsiya  qilish  asosida  o’zining  tartibga  soluvchilik 

(regulyatorlik)    rolini  faollashtiradi.    Buning  mumtoz  misoli  sifatida  1929  yildagi 

iqtisodiy  tanazzul  paytida  AQSH  hukumatining  yurgizgan  siyosatini  ko’rsatish 

mumkin.   

Bugun  kundalik  turmushga  “finansq”  (“moliya”)  atamasini  ilk  bor  kiritgan 

muallifni  aniqlash  juda  murakkab.  Bu  atamaning    birinchi  muallifi  sifatida    1577 

yilda  “Respublika  xususida  olti  kitob”  asarini  nashr  ettirgan  frantsuz  olimi 

J.Bodenni qoldirish  (hisoblash) mumkin. Undan so’ng bu atama dunyoning barcha 

boshqa  tillariga  kirib  borgan.  Biroq  ayrim  adabiyotlarda  bu  atamaning  lotin  tilidan 

olinganligi  to’g’risida  isbotlanmagan  qarashlar  ham  mavjud.  Bu  nashrda  «finansq» 

(«moliya»)    atamasi  davlat  va  takror  ishlab  chiqarish  munosabatlarining  boshqa 

subhektlari  o’rtasidagi  munosabatlar  tizimini  ifodalash  uchun  foydalanilgan. 

Hozirgi  nuqtai-nazardan  bu  munosabatlarni  moliyaga  kiritish  maqsadga  muvofiq 

emas.  CHunki  ular  pulli  xarakterga  ega  bo’lmagan.  Biroq,  natural  munosabatlar 

ustuvorlik  qilgan  iqtisodiy  formatsiyalardagi  (tuzumlardagi)  natural  soliqlar  va 

shaxsiy  to’lanmalarning  iqtisodiy  mohiyati  tovar-pul  munosabatlari  rivojlangan 

iqtisodiy  formatsiyalardagi  (tuzumlardagi)  pulli  soliqlarning  iqtisodiy  mohiyati 

bilan  bir xildir. 





Download 173,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish