1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari



Download 376,92 Kb.
bet3/127
Sana04.02.2022
Hajmi376,92 Kb.
#431420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
Moliya qismi ma\'ruza matni

Zahira fondi – jamoat zahiralari, sug’urta mablag’laridan iborat.
Istemol fondi – fan ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlashni moliyalashtirishga qaratilgan bo’lib, davlatning amal qilishini ta’minlovchi fond hamdir. Ushbu fond orqali mamlakatning xavfsizlik, mehnatga haq to’lash kabi sarflarini ham o’z ichiga oladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning ko’p ukladli shakllarini paydo bo’lishi va bozor iqtisodiyotining amal qilishi to’liq iqtisodiy mustaqillikni ta’minlovchi demokratik tizimni shakllantirishni obyektiv zarur qilib qo’yadi. Bunday sharoitda iqtisodiy subyektlar faoliyatining moliyaviy natijalari, ya’ni tadbirkorlik foydasini taqsimlash ular tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarga bog’liqdir.
Taqsimot jarayoni jamiyat hayotining barcha jabhalari (moddiy ishlab chiqarish, muomala, iste’mol)ni, jumladan iqtisodiyotni boshqarishning barcha bo’g’inlari (respublika, mahalliy boshqaruv)ni ham qamrab oladi. Bu jarayonda taqsimotning xo’jalik bo’yicha, tarmoq bo’yicha, tarmoqlararo va hududiy shakllari vujudga keladi.
nazorat funksiyasi – moliyaning boshqa muhim funksiyasi nazoratdir. U taqsimlash funksiyasi bilan uzviy bog’liqdir. Moliya munosabatlarining turli tarkibi orasida pul fondlarining shakllanishi va ishlatilishi nazorati bilan bog’liq bo’lmagan birorta ham munosabat yo’qdir. Shu bilan birga faqatgina nazorat bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy munosabat ham yo’q. Moliya ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni shakllantirish, taqsimlash va ishlatishning barcha bosqichlarida nazoratni amalga oshiradi. Nazoratni bosh maqsadi – ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, xalq xo’jaligining barcha bo’g’inlarida ishning sifatini yaxshilash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlaridan oqilona foydalanishga erishishdir.
Moliyaning nazorat funksiyasi korxonalarni barcha xo’jalik faoliyatlarida namoyon bo’ladi. So’m orqali nazorat qilish ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari ustidan, bu xarajatlarning daromadlarga mos kelishi ustidan, asosiy fondlar va aylanma mablag’larning shakllanishi va ishlatilishi ustidan amalga oshiriladi. Mazkur nazorat mablag’lar aylanishining barcha bosqichlarida - moliyalashtirish va kreditlashtirishda, naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda, byudjet va moliya tizimining boshqa bo’g’inlari bilan o’zaro aloqalarda amal qiladi. So’m orqali nazorat yordamida mahsulot realizasiyasi jarayoniga, shartnoma bo’yicha shartlarni bajarilishiga, rentabellikka, foydaga, fond qiymatiga, aylanma mablag’lar aylanishiga ta’sir o’tkazadi.
Shunday qilib, nazorat – daromadlar o’sishini, mablag’lar va moddiy boyliklar oqilona sarflanishini rag’batlantiradi, korxonalarni kamchiliklarni bartaraf etishga, xo’jalik faoliyatini yaxshilashga, uning samaradorligini oshirishga, mablag’larning manzilli sarflanishini ta’minlaydi. Nazorat funksiyasining muhim xususiyati shundaki, u mablag’lar kelib tushishi va ishlatilishi jarayonida uzluksiz davom etadi va maxsus tekshiruv hamda kuzatishlar bilan bevosita bog’liq bo’lmay, mustaqil ahamiyat kasb etadi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining moliyaviy ko’rsatkichlari nazorat funksiyasining obyektidir. Moliyaviy nazoratning samaradorligini oshirish ko’proq korxonada buxgalteriya hisobi, moliyaning qay darajada yo’lga qo’yilganligini, moliyaviy axborotning haqqoniyligi, moliyaviy intizom, buxgalteriya-hisobi hisobotini xolis yuritilishiga bog’liq. Shundagina nazoratning samarasi iqtisodiyotdagi vaziyatni tahlil qilish va xolis baholash hamda takror ishlab chiqarish jarayonining samarali borishini muvofiqlashtirish imkonini beradi. Ayniqsa, bunda davlat soliq xizmatining o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Shuning uchun ham moliya soliq munosabatlari bilan uzviy holda o’rganiladi va amal qiladi. Moliyaning taqsimot va nazorat funksiyalari yaxlit holda moliyaviy mexanizmni vujudga keltiradi

Download 376,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish