1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari



Download 376,92 Kb.
bet101/127
Sana04.02.2022
Hajmi376,92 Kb.
#431420
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127
Bog'liq
Moliya qismi ma\'ruza matni

Byudjetning joriy xarajatlari davlat byudjeti xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlardir.
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra, Davlat byudjetining xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xo’jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlariga bo’linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo’lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Byudjetning ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo’lgan xarajatlardir.
Davlat byudjeti iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga davlat tomonidan ta’sir o’tkazilishining muhim vositasi bo’lib, jamiyat hayotiga byudjet ta’sirining shakl va usullarini ham o’zgartirmoqda. Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti byudjet mablag’larini yo’naltirishga bog’liqdir. Byudjet xarajatlari aniq ko’rinishlarining rang-barangligi muayyan xususiyatlariga qarab tabaqalashtiriladi: takror ishlab tarmoq jarayonida ularning vazifasi, ijtimoiy yo’nalishi, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari, qaysi maqsadga yo’naltirilganligi hisobga olinadi. Davlat byudjeti xarajatlari ijtimoiy yo’nalishi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- ijtimoiy sohaga qilinadigan xarajatlar;
- xalq xo’jaligini rivojlantirishga qilinadigan xarajatlari;
- mudofaa xarajatlari;
- boshqaruv xarajatlari;
- boshqa xarajatlar.
Xo’jalik yuritishning bozor usullariga o’tish bilan byudjet mablag’larini taqsimlashdagi ustivor yo’nalishlar ham o’zgardi, davlatning ijtimoiy funksiyasi kuchaydi.
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti, ya’ni jamiyat a’zolarining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish yo’li tanlandi.
Ijtimoiy soha tarmoqlari – maktabgacha tarbiya, xalq maorifi, madaniyat, tibbiy xizmat, jismoniy tarbiya va sportga byudjet mablag’laridan ko’proq ajratilmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik vaziyatni yaxshilashga ketadigan xarajatlarni mablag’ bilan ta’minlash ham shular jumlasidandir.
Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini mablag’ bilan ta’minlash uchun ajratiladigan xarajatlar salmog’i kamayib boradi. Vaholanki, bunday ulush ma’lum vaqtgacha katta bo’lib turishi mumkin, chunki iqtisodiyotdagi tanglik holatini yengish uchun davlat tomonidan bu sohaga ancha-muncha mablag’ sarflash talab etiladi.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi byudjetning ijtimoiy yo’naltirilgan xarajatlarini ko’paytirish, fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirish hamda keng ko’lamli ijtimoiy dasturlarni, ularni mablag’ bilan ta’minlash manbalari bilan oqilona uyg’unlashtirib borishni taqozo etadi.
Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’nalitiriladigan xarajatlari pirovard natijada faqat ijtimoiy emas, balki iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ladi, chunki jamiyatning iqtisodiy salohiyatini oshirishga yordam beradi, shu o’rinda ta’kidlab o’tish lozimki, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan mablag’ sarflashdan butunlay voz kechishning iloji yo’q, chunki iqtisodiyotning davlat sektori saqlanib turadi, u esa davlat investisiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni, kapital sarflarning tarmoq va hududiy tuzilishilarini izga solib turishni talab etadi. Aniq maqsadli byudjet kreditlari ko’rinishida tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash ham saqlanib turadi. Bundan tashqari, davlat mulkchilikning muqobil shakllaridagi korxonalarning qimmatbaho qog‘ozlarini sotib olish va egalik qilishi ham mumkin.
Davlat byudjeti mablag’larining bir qismi mamlakatning mudofaa qobiliyatini qo’llab-quvvatlash sohasidagi tadbirlarni mablag’ bilan ta’minlashga yo’naltiriladi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga, uning moliyaviy imkoniyatlari va halqaro vaziyatga ham bog’liq bo’ladi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo’lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni, jumladan: xalq xo’jaligi ahamiyatidagi qurilish-montaj ishlarini, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zahiralarini mablag’ bilan ta’minlashga yo’naltiriladi. Mahalliy byudjetlardan uy-joy kommunal xo’jaligi va obodonlashtirish, maorif va sog’liqni saqlash muassasalari, ijtimoiy ta’minot sohasidagi tadbirlar mablag’ bilan ta’minlanadi.
Davlat byudjeti xarajatlarining kattagina qismi faoliyat ko’rsatishning o’ziga xos sohasi hisoblangan boshqaruv xarajatlariga to’g’ri keladi.
Davlat byudjetining xarajatlari va daromadlari bir biri bilan o’zaro bog’liqdir, ular bir biriga ta’sir etib turadi, bir birini muvofiqlashtirib borishi lozim. Davlat byudjeti xarajatlari kelib tushadigan byudjet daromadlarining hajmlariga karab kattik cheklanadi. Davlat byudjetining daromadlari esa davlatning iqtisodiy salohiyati bilan belgilanadi. Shuning uchun ham byudjet xarajatlarining muddati va hajmlarini kelib tushadigan daromadlarining muddat va hajmlariga muvofiq qilib belgilash juda muhimdir. Ayni paytda, ta’kidlab o’tish joizki, byudjet mablag’laridan foydalanishda ziddiyatli hollar ham bo’lib turadi. Byudjet xarajatlarini to’g’ri rejalashtirmasligi natijasida byudjet yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin.
Davlat byudjeti ijrosida qatnashuvchi hamma organlarda davlat byudjetining daromadlari va xarajatlarini hisobga olish asosida byudjet tasnifi yotadi. Byudjet tasnifi Davlat byudjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida byudjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalanish va u byudjet ma’lumotlari halqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlash maqsadida davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek ularning taqchilligini mablag’ bilan ta’minlash manabalarini guruhlash hisoblanadi. Byudjet tasnifi hamma byudjetlarni yagona davlat byudjetiga jamlash imkoniyatini yaratadigan asosiy tashkiliy funksiyani amalga oshirivchi hujjat bo’lib qolmasdan, u katta iqtisodiy ahamiyatga ham egadir. Tasnifda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari bir xil alomatlari bo’yicha guruhlashtiriladi va uning bo’linmalari deb yuritiladi. Bo’limlar, paragraflar, boblar va moddalar byudjet tasnifi bo’linmalari deb hisoblanadi.
Byudjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Hamma darajadagi byudjetlar yagona byudjet tasnifi ko’rsatkichlari doirasida shallantiriladi va ijro etiladi, ya’ni tasnif obyektlariga berilgan guruhlashtirish kodlari bo’yicha daromadlar va xarajatlar guruhlashtiriladi.
Davlatning jamiyat hayotida muhim vazifalarni bajarishi uchun ma’lum miqdorda xarajat qilish talab etiladi. Davdat xarajatlari – bu davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini davlat faoliyati bilan ehtiyojlarni qondirish uchun qilingan sarflar yig’indisidir.
Byudjetning barcha xarajatlari: joriy xarajatlar va kapital xarakteridagi xarajatlardan iborat bo’ladi. Mablag’ning asosiy qismi joriy xarajatlarga, qolgan qismi kapital xarajatlarga to’g’ri keladi. Shu o’rinda byudjet xarajatlarini tasnifini ko’rib chiqish lozim.
Byudjet xarajatlarining tasnifini 3 ta asosiy guruhga bo’lib o’rganib chiqish mumkin bo’ladi. Bular quyidagilardir:
A) Byudjet xarajatlarining vazifasi bo’yicha tasnifi;
B) Byudjet xarajatlarining tashkiliy tasnifi;
V) Byudjet xarajatlarining iqtisodiy tasnifi.

Download 376,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish