2. Sug’urta bozori
Sug’urta bozori – sug’urta hodisasi ro’y berganda jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy mafaatlarini sug’urtalanuvchilarning pul mablag’lari hisobidan himoya qilishda aks etuvchi sug’urta xizmatlari oldi-sotdisi bo’yicha iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
Sug’urta bozorini amal qilishining asosiy sharti sug’urta xizmatlariga ehtiyoj (talab) va bu ehtiyojlarni qondirishga layoqatli sug’urtalovchilarning mavjudligi bilan izohlanadi.
Sug’urta bozori tarkibiy jihatdan tashkiliy-huquqiy va hududiy belgilar bo’yicha tasniflash mumkin.
Tashkiliy-huquqiy jihatdan aksiyadorlik, xususiy va davlat sug’urta tashkilotlaridan iborat bo’ladi.
Hududiy jihatdan milliy, mintaqaviy va halqaro sug’urta bozorlariga bo’linadi.
1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |