1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari


Davlat qarzlarining turlari va tasniflanishi



Download 323,77 Kb.
bet60/94
Sana06.02.2023
Hajmi323,77 Kb.
#908192
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94
Bog'liq
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

Davlat qarzlarining turlari va tasniflanishi. O’zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to’g’risida”gi qonuniga asosan dav­lat tomonidan ichki va tashqi mablag’larni jalb qilishda qarz majburiyatlarining: (1) qisqa muddatli (bir yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan), o’rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo’lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat qimmatli qog‘ozlari; (2) kreditlar (qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli); (3) O’zbekiston Respublika­sining kafolatlari; (4) byudjet daromadlari bilan xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik tafovvutni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar hamda (5) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlaridan foydalanish mumkin5.
Davlat qarz majburiyatlari – bu davlat­ning o’z kreditorlariga bo’lgan qarz majburiyat­larining so’mmasidir. Davlat qarzlari joriy va mukammal, ichki va tashqi qarz majburiyatlariga bo’linadi. Davlatning joriy qarz maj­buriyatlari – bu joriy yilda qaytariladigan qarzlar va muayyan vaqtda barcha chiqarilgan zayomlar bo’yicha hozirgi davr ichida to’lanishi lozim bo’lgan foizlar so’mmasidir. Davlatning umumiy qarz majburiyatlari – bu zayomlar bo’yicha to’lanishi kerak bo’lgan barcha qarzlar va foizlarning umumiy so’mmasidir.
Davlat qarz majburiyatlari o’zining manba­lari bo’yicha 2 turga (ichki va tashqi qarzlarga) bo’linadi:
Davlat ichki qarz majburiyatlari – bu davlat tomonidan ichki mablarni jalb qilish natijasida vujudga kelgan davlat­ning majburiyatlarini yig’indisi.
Dav­lat tashqi qarz majburiyatlari – bu davlat tomonidan xorijdan mablag’lar jalb qilish nati­jasida vujudga kelgan davlatning majburiyatlari yig’indisi. Xorijdan jalb qilingan mablag’larga:
– davlat yoki O’zbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan zayomlar, tovarlar yoki xizmatlarni import qilish shaklida kreditlar jalb etilishi;
– norezidentlar mablag’larining O’zbekiston Respublikasining moliyaviy institutlari tomonidan depozitlarga jalb etilishi;
– lizing operatsiyalari;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va rezidentlarining obligatsiyalar, veksellar hamda boshqa xil qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xorijiy bozorlarda joylashtirishi hamda boshqa tur va shakllardan foydalanish yo’li bilan jalb qilinadi6.

Xorijdan mablag’ jalb qilish – bu O’zbekiston Respublikasi yoki uning rezidenti tomonidan xorijiy davlatlar yoki norezi­dentlar aktivlarining (kreditlar, zayomlar va boshqalarning) mazkur xorijiy davlatga yoki norezidentga yoxud ularning talabiga ko’ra uchinchi shaxsga shartlashilgan davrda adekvat aktivlarni, shu jumladan, aktivlardan foydalanganlik uchun to’lovlarni taqdim etish majburiyatini o’z zimmasiga olgan holda jalb etilishidir.
Davlatning xorijdan mablag’ jalb qilishi – bu aktivlarni chet el manbalaridan (xorijiy davlatlar, ularning yuridik shaxslaridan va halqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (zayomlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishidir.
Davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb qilish – bu aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O’zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o’z kreditlarini (qarzlarini) to’lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishidir.

Download 323,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish